O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti
Download 0.8 Mb.
|
Notiqlik. Lotin 12.01.2021 (6)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Alisher Navoiy
Burhoniddin al-Marg‘inoniy
(1123-1197) Buyuk faqih Ali ibn Abu Bakr ibn Abd ul-Jalil al-Farg‘oniy ar-Rishtoniy al-Marg‘inoniy 1123-yil 23-sentyabrda tug‘ilgan. Islom huquqshunosligi bo‘yicha ko‘plab asarlar yaratgani uchun “Burhon ad-din va il-milla va Burhonuddin al-Marg‘inoniy – islom dinining dalili” degan unvon berilgan. “Kitob ul-mashoyix”, “Bidoyat al-muntahiy” (“Boshlovchilar uchun dastlabki ta’lim”), “Kifoyat al-muntahiy”, “Nashr ul-mazxab”, “Kitob ul-mazid”, “Majma ul-navozil”, “Kitob ul-faroiz”, “Hidoya” asarlari mashhur. “Hidoya” asari huquqiy masalalarning yechimi haqidagi o‘z davri uchun, umuman, islom fiqhshunosligi uchun muhim manba hisoblanadi. U 1197-yilda vafot etgan. Olimning ta’lim-tarbiyaga, axloqqa oid asarlarida so‘z san’ati, so‘z qudrati haqidagi qarashlari bugungi kun uchun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Amir Temur (1336-1405) Amir Temur ibn Amir Tarag‘ay 1336-yil 9-aprelda Kesh (Shahrisabz) viloyatining Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida tug‘ilgan. Uning hayoti va faoliyatini ikki davrga bo‘lish mumkin. Birinchi davri (1360-1385) Movarounnahrni mo‘g‘ul xonliklaridan ozod qilib, yagona markazlashgan davlat tuzish, o‘zaro urushlarga barham berish. Ikkinchi davri (1386-1405) boshqa mamlakatlarga yurishi bilan xarakterlanadi. Amir Temurning jamiyatga, ijtimoiy-siyosiy hayotga qarashi, birlashgan qudratli davlatning siyosiy va axloqiy qoidalari aks etgan. “Temur tuzuklari” asari mashhur. Amir Temur haqida Nizomiddin Shomiy “Zafarnoma” (1404), Rui Gonsales de Klavixo “Samarqandga Amir Temur saroyiga sayohat kundaligi” (1403-1406), Sharafiddin Ali Yazdiy “Zafarnoma” (1425) Hafizi Abro‘ “Zayli Zafarnoma” kabi asarlarda Amir Temur haqida qimmatli ma’lumotlar bor. Ulug‘ sarkarda va mutafakkir Amir Temur kitob, adabiyot, san’at haqidagi qarashlarini vasiyatlarida, kitoblarida aks ettirgan. Amir Temur so‘z ustasi, yaxshi notiq, bir so‘zli, qattiqqo‘l rahbar bo‘lgan. Alisher Navoiy (1441-1501) Nizomiddin Mir Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda Hirotda tug‘ilgan. Hirot shahri XV asrda Sohibqiron Amir Temur asos solgan ulug‘ saltanatning ikkinchi poytaxti edi. Alisher Navoiy yuksak aql-zakovat egasi, iqtidorli, iste’dodli shoir edi. Uning “Badoyi ul-bidoya” (“Badiiylik ibtidosi”), “Xamsa”, “Navodir un-nihoya” (“Behad nodirliklar”), “Zubdat ut-tavorix” (“Tarix qaymog‘i”), “Xamsat ul-mutahayyirin” (“Muhabbat shabbodasi”), “Lison ut-tayr”, “Muhokamat ul-lug‘atayn”, “Mahbub ul-qulub” asarlarida so‘z, so‘zning kuchi, muomala madaniyati, so‘z san’ati, notiqlik, nutq haqidagi hikmatli gaplari, qarashlari aks etgan. Alisher Navoiy – eski o‘zbek adabiy tilining asoschisidir. Jahonga o‘zbek tilining so‘z boyligi ko‘pligini, bu tilda hammani lol qoldiradigan asarlar yaratish mumkinligini isbotlab bergan buyuk mutafakkirdir. “Notiqlik san’ati va nutq madaniyati” fani rivojida Alisher Navoiyning ulug‘ xizmati bor. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling