O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti


Download 0.8 Mb.
bet26/59
Sana28.10.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1732133
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   59
Bog'liq
Notiqlik. Lotin 12.01.2021 (6)

Askiyachi – arabcha “zakiy” so‘zidan olingan bo‘lib, o‘tkir zehnli, hozirjavob ma’nolarini anglatadi. Askiya – o‘zbek xalq og‘zaki ijodi turi, folklor janri. So‘z o‘yini, qochirimlarga asoslangan holda ikki va undan ortiq kishi yoki guruh xalq yig‘inlarida so‘z orqali bir-birini mot qilish bo‘yicha musoba­qalashadi. Taraflar o‘z javoblarini lo‘nda, serma’no, latif, ta’sirli, jozibali va kulgili chiqarishga harakat qiladi.
Badihago‘ylik – arabcha badiha va forscha – go‘y so‘z­lari­dan tuzilgan bo‘lib, hozirjavob va chechan kishilarning she’riy yo‘l bilan so‘z, she’r, qo‘shiq aytishidir.
Voizlik – arabcha va’z aytuvchi, pand-nasihat qiluvchi, da’vat, xitob ma’nolarini bildiradi. Markaziy Osiyoda ko‘pchilik oldida juma namozlarida, machitlarda, mozor­larda hayit bayramlarida insonlarni odob-axloqqa, ezgu­likka chaqiruvchi kishini voiz deyishgan. Islomdagi ilk voiz al-Basriy hisoblangan. XV asrda Kamoliddin Husayn Voiz Koshifiy butun Movaroun­nahr­da mashhur olim, Husayn Boyqaroni davlat voizi hisob­langan. Voiz bi­rinchi galda nihoyatda bilimli, xushovoz, gapiga ishontira olish qobiliyatiga ega, ta’sirli gapira oladigan, so‘z­larni chiroyli talaffuz qila oladigan bir necha tillarni bilishidan tash­qari, Qur’oni Karimni, hadislarni, ko‘p­lab rivoyatlarni, she’rlarni yod biladigan inson bo‘lgan.
Maddoh – arabcha so‘zdan olingan bo‘lib, madh qiluvchi, maqtovchi, xushomadgo‘y, xalqni yig‘ib, hikoya so‘zlovchi ma’­nolarini bildirgan.
Suxandon – forscha so‘zdan olingan bo‘lib, so‘z ustasi, go‘zal va o‘rinli so‘zlovchi ma’nolarini bildiradi. Filo­lo­giya fan­lari doktori, professor Nusratilla Jumaxo‘jayev­ning ta’kidla­shi­cha, suxandonlikning bir necha shartlari mavjud. Birinchidan, suxandon – ma’na­viy-axloqiy yetuk, ma’rifatli zot bo‘lsin, ikkin­chidan, yoshi ulug‘roq, hayotiy tajriba ko‘rgan bo‘lsin, uchin­chidan, el taniydigan va elni taniydigan bo‘lsin, to‘rtinchidan, nutqiy kamchiligi bo‘lmasin, beshinchidan, ko‘rinishi ko‘r­kam, nuroniy va yoqimtoy bo‘lsin, oltinchidan, davra tash­kilotchisi yoki to‘y-ma’raka egasiga yaqin bo‘lsin, yettinchi, davra qatnash­chilari, xonadon ahli mehmon-u, mezbonlar­ning asosiy qismini taniydigan kishi bo‘lsin.
Demak, suxandondan faqat so‘zga chechanlik, so‘zga usta­likkina emas, balki davra qatnashchilarini kimlikla­rini ham bi­lish talab qilinadi.
Diktor – lotincha – “diktor” so‘zlovchi so‘zidan olingan bo‘lib, radio va televideniyeda “Axborot”, “Yangiliklar”ni yoki bi­ror ko‘rsatuvni olib boruvchi shaxs tushuniladi. Diktor deganda, tayyor matnni chiroyli, xush ovozda xatosiz o‘qib beruvchi yoki yodlab olib, aytib beruvchi shaxs tushuniladi.
Notiqlik san’atining nazariy va amaliy masalalari bilan shug‘ullanuvchi taniqli mutaxassis, “Nutqiy ma­horat”, “Siz notiq bo‘lmoqchimisiz?” kitoblarining mual­lifi Rahimboy Jumaniyozov shunday yozadi: “Diktor matn bilan qattiq bog‘­lansa, suxandon matn bilan erkin munosabatda bo‘ladi. Nutqiy malakaga, ko‘nikmaga ega bo‘lmagan diktor tilimizning sofligini ham, boyligini ham namoyish eta olmaydi. Chinakam diktor nutq texni­kasi, ya’ni ovoz, nafas, intonatsiya, pauza, ohang kabi nutq­ning ifoda vositalari, mashqiy jarayon bilan chegarala­nib qolmasdan, balki nutqiy mahorat, nutqiy faoliyat qirralarini egallashga intilishi, nazariy ma’lumot va amaliy mashg‘ulotni uyg‘unlashtira olishi zarur”.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling