O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti
Og‘zaki nutqqa qo‘yiladigan talablar quyidagilar
Download 0.8 Mb.
|
Notiqlik. Lotin 12.01.2021 (6)
Og‘zaki nutqqa qo‘yiladigan talablar quyidagilar:
Og‘zaki nutq insonning muomala madaniyatini qanchalik yaxshi yoki yomon o‘zlashtirganligini ko‘rsatuvchi vositadir; nutq falsafiy, axloqiy, estetik, mantiqiy, izchil bo‘lishi kerak; nutqqa tayyorlanish jarayonida, avvalo, mavzuning mazmun-mohiyati, maqsadiga qarab so‘zlanishi lozim; notiq nutqi doimo eshituvchi auditoriyaning xususiyati, kasbiga moslangan, mo‘ljallangan bo‘lishi zarur; og‘zaki nutqda, avvalo, har bir so‘z, ibora o‘z o‘rnida, ifodali, uslubiy jihatdan to‘g‘ri so‘zlanishi zarur; og‘zaki nutqdagi har bir so‘z talabalarga ya’ni tinglovchilarga aniq yetib boradigan, sodda, tushunarli va aniq, yoqimli ovozda, dona-dona bo‘lishi kerak; ayniqsa, katta yig‘inlarda, uchrashuvlarda, turli toifadagi, bilimdagi kishilar qatnashadigan tadbirlarda ko‘pchilikka notanish yoki tushunilishi qiyin yangi so‘zlardan foydalanmaslik lozim; chet so‘zlaridan yoki kam qo‘llaniladigan so‘zlardan foydalanib, o‘rinli-o‘rinsiz, o‘z fikrini, dalillar keltirib, asoslashga urinmaslik zarur; balandparvoz, har doim bir xilda takrorlanadigan, chaynaladigan, takror iboralar, vulgar so‘zlar, jargon so‘zlardan umuman foydalanmaslik zarur; og‘zaki nutq notiq-o‘qituvchi kimligini, qanchalik saviyaga, bilimga, dunyoqarashga egaligini ko‘rsatuvchi baho mezonidir; notiq tinglovchilar bilan doimiy muloqotda bo‘lib, ularning e’tiborini o‘ziga qaratib turishi talab etiladi. “San’atning birinchi qonuni shu: agar aytadigan hech narsang bo‘lmasa, sukut saqla. Agar aytishga so‘zing bo‘lsa, ayt va aldama”, degan edi fransuz yozuvchisi Onore de Balzak. Xullas, og‘zaki nutq sodda, tushunarli va ifodali, qisqa, aniq so‘zlashdir. Notiqlik san’atining yana bir ko‘rinishi - yozma nutq. Yozma nutq notiqlik san’ati va nutq madaniyatining eng og‘ir ko‘rinishi hisoblanadi. Og‘zaki nutqdagi ayrim kamchiliklar, nuqsonlar gapirish ohangida sezilmay o‘tib ketishi mumkin. Lekin yozma nutqda barcha ayblar, xatoliklar ko‘rinib turadi. Tilshunoslar bu holatni, yozuvdagi xatoliklarni savodi pastlik, savodsizlik deb ataydilar. Insonning mutaxassisligi qaysi fanlardan yoki turli nopedagogik sohalardan bo‘lsa ham, yozma savodxonligi mukammal bo‘lishi kerak bo‘ladi. Yozuv chiroyli, har qanday odam o‘qiy oladigan, xatosiz bo‘lishi, unda fikr mukammal, sodda, tushunarli bayon qilingan bo‘lishi kerak. Har bir gapning ega, kesimi o‘z o‘rnida foydalanilgan, qo‘llanilgan bo‘lishi kerak. Yozma nutq mutaxassisning bilimliligini, savodxonligini bildirishidan tashqari, dunyoqarashi qanchalik kengligini, barkamolligini ham ko‘rsatadi. Insoniyat tarixining barcha jabhalarida notiqlik san’ati va nutq madaniyatining biror elementi doimo ishtirok etadi. Masalan: qabila oqsoqoli, qabila rahbari, rahbar xodimlariga so‘zlagan nutqida, o‘qituvchilarning talabalarga o‘tadigan dars sabog‘ida ularning notiqlik san’atini va nutq madaniyatini qanchalik mukammal egallaganliklari ma’lum bo‘ladi. Ayniqsa, o‘qituvchi, ustoz talabalarga, o‘quvchilarga saboq berayotganliklarida ma’ruza, dars barcha tushunadigan tilda bo‘lib, yangi fikr uyg‘otishi nazarda tutilishi lozim. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling