O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti


Nutq shakllaridan yana biri yozma nutqdir


Download 0.8 Mb.
bet31/59
Sana28.10.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1732133
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   59
Bog'liq
Notiqlik. Lotin 12.01.2021 (6)

Nutq shakllaridan yana biri yozma nutqdir. Yozma nutqda fikr aniq va ta’sirchan bo‘lishi lozim. Yozma nutq­da aytilishi kerak bo‘lgan mavzu yoki axborot, ma’lumot savodli qilib yoziladi va o‘zlashtiriladi. Yozma nutqning og‘zaki nutqqa nisbatan qiyinligi shundaki, og‘zaki nutq­dagi ayrim xatolar sezilmaydi, lekin yozma nutqda xato­lar u orfografik, stilistik va qanday ko‘rinishda bo‘li­shidan qat’iy nazar, “mana men” deb ko‘zga tashlanib tu­radi. Yozma nutqda notiq, avvalo, o‘zbek adabiy tilini, imlo lug‘atini, o‘zbek tili grammatikasini, imlo qoida­larini, so‘z bo‘g‘inini ko‘chirishni, tinish belgilarini ishla­tish­ni bilishi zarur. Bugun yoshlarimizning aksariya­tida yozma savodxonlik talab darajasida emas. “Og‘zakidan besh, yozmadan qoniqarsiz”, degan ibora shundan kelib chiqqan.
Yozma nutqning, mutaxassis olimlarning ta’kidlash­laricha, ma’ruza, konspekt, referat, mustaqil ish, taqriz, tavsiya­noma, tavsifnoma, bayon, rezyume kabi turlari ham mavjud.
Nutq shakllaridan yana biri, og‘zaki nutqning bir ko‘­rinishi bo‘lgan so‘zlashuv nutqidir. So‘zlashuv nutqida eshitish asosiy o‘rinni egallaydi. “Jonli so‘zlashuv nut­qining ham o‘ziga xos lug‘aviy, grammatik va boshqa bel­gilari bo‘ladi. Jonli so‘zlashuv nutqi ayrim tadqiqot­chilarning ko‘rsatishicha, adabiy tilga qat’iy amal qi­luvchi ilmiy, rasmiy, publitsistik va badiiy uslublar­ning yozma shakliga go‘yo zid tarzda belgilanadi: jonli so‘zlashuv nutqi alohida nutq ko‘rinishi; adabiy tilga amal qiluvchi yozma nutq uslublari (ilmiy, rasmiy, pub­litsistik, ba­diiy) alohida nutq ko‘rinishlari tarzida belgilanadi. Jonli so‘zla­shuv nutqi tasodifiylik (ekspromtlik) xususiyatiga ko‘ra, ajralib turadi. Shu­ningdek, bu nutq turi odatda, diologik nutq ko‘rini­shida bo‘ladi. Unda shevachilikka yo‘l qo‘yilishi mumkin. O‘ziga xos lug‘aviy birliklari bo‘ladi. (aylanay, o‘rgilay, jonginam, bo‘pti, mayli, xo‘p, bo‘laveradi, yo‘g‘-e, opke, ke­laver ... kabi) Jonli so‘zlashuv nutqida so‘z-gaplar keng qo‘l­laniladi:

  • U nima degani ekan?

  • Obbo, muncha suyuldingiz? Shunaqa gaplarga sizning ham suyagingiz yo‘q. Nari yoting ...

Shunaqa gaplarni ochiq gaplashadimi-a?

  • Bo, Xudo paranjini tashlab ko‘chada yurishga yuzi chida­ganidan keyin uyati bormi? Qurib ketgurlar, biram shar­man­daki. Tavba qildim... Tag‘in ham zilzila bo‘lib hammani yer yut­mas ekan-da!

Tavba qildim-ey ... (Abdulla Qahhor);
Umed bilan kellim, bozordan quruq qaytmay deyman, bunga 50 tillo beray, keling, hay deng endi (Sadriddin Ayniy).
Berilgan parchalarda jonli so‘zlashuvga xos ko‘p xususiyat­lar o‘z ifodasini topgan.
Adabiy nutq ko‘rinishlarining har biri ham o‘ziga xos lug‘aviy, grammatik va boshqa belgilarga ega bo‘ladi”, deb ko‘r­satadi professor Yo.Tojiyev. Adabiy nutqda ilmiy uslub, rasmiy uslub, badiiy uslub kabi ko‘rinishlar ham mavjud.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling