O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti
Download 0.8 Mb.
|
Notiqlik. Lotin 12.01.2021 (6)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qiroatxon
- Boshlovchi
- Oltinchidan
- O‘rtakash
Qissaxon (qissago‘y) – 1. ertak, doston, afsona, rivoyatlarni rolga kirib, chiroyli, ifodali qilib o‘qiydigan yoki gapirib beradigan kishi. 2. Qadimda qissaxonlik nihoyatda kuchaygan. XIX-XX asrlarda “Alpomish”, “Qissayi Mashrab”, Bedil, G‘azzoliy, So‘fi Olloyor asarlarini yoddan aytib beruvchilar xalq orasida juda ko‘p bo‘lgan. Ayni kunlarda qissaxonlikni iqtidorli aktyorlar bajarishmoqda. Masalan: O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Muhammadali Abduqunduzov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir Muslimbek Yo‘ldoshevlar televideniyeda, radioda badiiy kitoblarni o‘qib bermoqdalar.
Qiroatxon – ta’sirchan, ifodali, har bir so‘zni o‘z ma’nosida, chiroyli, ohangli yoddan o‘qishdir. Qiroatxonlik – ko‘pincha madrasalarda, diniy o‘quv yurtlarida, ayniqsa, Qur’oni Karimni jamoa o‘rtasida o‘qiganida bilinadi. Qur’on tilovat qilganida qiroatxonlikni qanchalik yaxshi o‘zlashtirganlikda ko‘rinadi. Boshlovchi – teatr, konsertlarni, tadbirlarni olib boruvchi, oliy o‘quv yurtlarida, maktablarda, jamoadagi rasmiy va norasmiy uchrashuvlar, yig‘ilishlar, ilmiy-badiiy suhbatlarni boshqaruvchi inson tushuniladi. Tadbirning mazmunli, chiroyli o‘tishi boshlovchiga bog‘liq bo‘ladi. Boshlovchi birinchidan, o‘ta farosatli, didli, aqlli, chiroyli gapiruvchi bo‘lishi va tadbirga tashrif buyuruvchi mehmonlarni va qatnashuvchilarni to‘liq tanishi, bilishi kerak bo‘ladi. Ikkinchidan, boshlovchi - kimga, qachon so‘z berishni aql-idroki, farosati bilan bilishi kerak. Uchinchidan, boshlovchi davradagilar asabiga, g‘ashiga tegmaydigan, shirali ovozda, qo‘rslik qilmay, muloyim gapirishi lozim. To‘rtinchidan, boshlovchi nihoyatda did bilan kiyingan bo‘lishi shart. Oltinchidan, boshlovchi nihoyatda aqlli, shoirtabiat, askiyachi, latifago‘y, o‘z o‘rnida she’r to‘qiy oladigan, gaplarni bir-biriga bog‘lab yuboradigan inson bo‘lishi kerak. Yettinchidan, boshlovchi axloqan pok, el o‘rtasida, jamoa o‘rtasida alohida hurmat topgan inson bo‘lishi kerak. O‘rtakash – ya’ni faqat turli to‘ylarni, yubileylarni boshqarib boruvchi inson. To‘yning, ma’rakaning, yubileyning qanday, mazmunli yaxshi o‘tishi o‘rtakashga bog‘liq. O‘rtakash nihoyatda so‘zga boy, chiroyli gapirishdan tashqari, davrani o‘ziga qaratib ola biladigan, so‘zlarni chertib-chertib, ifodali talaffuz qila oladigan, dona-dona so‘zlaydigan inson bo‘lishi kerak. Shoir Muxtor Nosirning o‘rtakashlikni olib borishga bag‘ishlangan “To‘ynoma” kitobi nashr etilgan. “Antik dunyo” xalqaro fanlar akademiyasining akademigi, filologiya fanlari nomzodi Rahimboy Jumaniyozov “Siz notiq bo‘lmoqchimisiz?!” kitobida: “So‘z tuzadi, so‘z buzadi, olqish ham so‘zdan, qarg‘ish ham, obod qilguvchi ham so‘z, barbod qilguvchi ham, omonlik ham so‘z bilan, yomonlik ham, so‘z kuldiradi, o‘ldiradi ham, topish ham so‘z bilan, qopish ham, bunyodkor g‘oyalar ham so‘z bilan, buzg‘unchi, vayronkor g‘oyalar ham u bilan”, deb yozadi. Notiqlik san’atini va nutq madaniyatini puxta egallagan insonlar so‘zlarni qofiyali tarzda, esda qolarli qilib so‘zlaydilar. Va ular keng xalq ommasi o‘rtasida katta hurmat-e’tiborga sazovor bo‘ladilar. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling