O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti


NUTQ SHAKLLARI VA ULARNING XUSUSIYATLARI


Download 0.8 Mb.
bet29/59
Sana28.10.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1732133
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   59
Bog'liq
Notiqlik. Lotin 12.01.2021 (6)

NUTQ SHAKLLARI VA ULARNING XUSUSIYATLARI

“Notiqlik san’ati va nutq madaniyati” fanini o‘rga­nishda nutq shakllarini bilishning ahamiyati beqiyos. Tilshunos olimlar nutq shakllarini og‘zaki nutq va yozma nutq deb ko‘rsat­moq­dalar. Ayrim olimlar ular qatoriga so‘zlashuv nutqini ham qo‘shmoqdalar. Chunki mutaxassis­larning fikricha, nutqning asosan eng ko‘p tarqalgan shakli bu so‘zlashuv nutqidir. Nutq­ning og‘zaki shakli ko‘p tarqalgan. Ko‘pchilikka oson tuyuladi. Aslida og‘zaki nutq tinglovchilar e’tiborini tortishida alohida ahamiyat kasb etadi. Og‘zaki nutqning o‘ziga xos asosiy xusu­siyati shundaki, fikrlar, gaplar, ifodalar ko‘pincha, notiq min­barda gapirayotganda, vaziyat taqazosiga ko‘ra paydo bo‘­ladi. Birinchi misol: professor R.Mahmudovni viloyat hokimligiga chaqirishdi: “tezda ikkinchi qavatdagi zalga yetib keling”. R.Mahmudov zalga kirishi bilan tushun­tirishadi. Toshkentdan ma’ruzachi kelishi kerak edi, kasal bo‘lib qolibdi, boshqasini izlashmoqda. To‘rt yuzdan ortiq turli soha vakillarini band qilib turing. Notiq R.Mahmudov ikki soat “Ma’naviyat qayerdan boshlanadi?” mavzusida ma’ruza qildi. Ikkinchi misol: professor R.Mahmudov kasalxonada davolanayotgan edi. Telefon or­qali yo‘qlashdi. Bugun tibbiyot xodimlari kuni munosa­bati bilan Olim Xo‘jayev nomidagi Sirdaryo musiqali drama teatrida bay­ram tadbiri bo‘lmoqda. So‘zga chiqar ekansiz. R.Mahmudov viloyat teatriga bordi va yetti daqiqa davomida tibbiyotning otasi Abu Ali ibn Sino haqida qiziqarli nutq so‘zladi. Uchinchi misol: viloyat teatridagi yig‘ilishga borib, endigina o‘tirgan ediki, Guliston sha­har hokimi Isroil Erbekov so‘z berib, minbarga taklif qilib qoldi: R.Mahmudov nima mavzuda yig‘ilish bo‘layot­ganidan bexabar minbar tomon yurdi va zalga sinchkovlik bilan qaradi va bir necha o‘qituvchilar, maktab direktor­lariga ko‘zi tushdi.


– “Zalga viloyatdagi eng zukko, bilimli, tajribali, bolalarni jonidan ortiq ko‘radigan murabbiylar yig‘ili­shipti. Bu murab­biylarga ta’zim qilamiz”, – deyishi bilan qarsakbozlik boshlanib ketdi. Notiq bu paytdan foydalanib, sahna chekkasida o‘tirgan insondan yig‘ilish mavzusini so‘rab, bilib oldi va “Xalq ta’limi” jurnali, “Ma’rifat” gazetasi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoq­lashdi.
Xulosa shuki, notiq har doim bir necha qiziqarli, barchani o‘ziga tortadigan mavzularda ma’ruza o‘qishga tayyor bo‘lishi shart.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling