O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti
Download 0.8 Mb.
|
Notiqlik. Lotin 12.01.2021 (6)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rasmiy uslub.
Adabiy nutq ko‘rinishlari. “Til – yurakning “kalidi”. “Yaxshi so‘z – ko‘ngilning egasi”. Til ko‘p qirrali va murakkab bo‘lganligi uchun ham uni tilshunoslik fani o‘rganadi. Uning fonetika, leksikologiya, grammatika, morfologiya, sintaksis kabi bo‘limlari mavjud. Insonlar o‘zaro aloqa qilishlari, fikrlashishlari uchun tildan boshqa vositalardan ham foydalanadilar. Bugungi avtomatika rivojlangan davrda ovozli va grafik hamda odatdagi so‘zlashuv nutqidan boshqa turli signallardan ham foydalaniladi. Lekin nutqning o‘sishida adabiy nutq asosiy o‘rinni egallaydi. Tilning ma’lum me’yorlarga, qoidalarga bo‘ysuntirilishi adabiy til deyiladi. Adabiy tilning yozma va og‘zaki formalari bor. Adabiy tilning yozma shakli grafik vositalarga asoslanib, to‘g‘ri yozishga oid qoidalarga bo‘ysunadi va u orfografiya (imlo) deyiladi. Adabiy tilning og‘zaki shakli nutq tovushlari, intonatsiya, urg‘u kabi vositalarga asoslanadi. Talaffuzga oid qoidalarni orfoepiya o‘rganadi.
Adabiy tilning ilmiy uslubiy ko‘rinishi oliy ta’lim sistemasida muhim ahamiyat kasb etadi. Ilmiy nutq – ilmiy ishlar nutqi hisoblanadi, ya’ni ilmiy maqolalar, ilmiy risolalar, darsliklar, monografiyalar, o‘quv qo‘llanmalar, dissertatsiyalar, ilmiy ma’ruzalar shaklida ko‘rinadi. “Ilmiy nutqda mantiqiy bog‘liqlik, dalillash, izchillik, aniqlik, xulosalash, isbotlash asosiy o‘rinda turadi”. Rasmiy uslub. Rasmiy nutqning ikki xil ko‘rinishi mavjudligi kuzatiladi. 1. Og‘zaki tarzidagi rasmiy ma’ruzachilar nutqi. 2. Rasmiy ish qog‘ozlari nutqi (yozma nutq). Ishga qabul qilish uchun yozilgan ariza, darsdan ruxsat olish uchun yozilgan bildirish, tilxat yoki buyruqlar - barchasi rasmiy yozma nutqqa xosdir. Agar notiq, rahbarlar oldida rasmiy tilda gapirib so‘zga chiqsa, u rasmiy, avvaldan tayyorlangan matn bo‘yicha gapiradi – bu rasmiy uslubda bo‘ladi. Og‘zaki tarzidagi rasmiy ma’ruzalar nutqi badiiy, ilmiy, jonli so‘zlashuv, publitsistik nutqlardan farq qiladi, shuningdek, rasmiy ish qog‘ozlari nutqidan ham farq qiladi. O‘zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhorning mashhur “Nutq” hikoyasidagi: “O‘rtoq Rafiqam! Ijozat berasiz, hushchaqchaq hayotimizni sharaf bilan davom ettirib, oilaviy burchimizni namunali tarzda bajarib kelayotganimizga bir yil bo‘lgan kunda sizni bevosita tabrik etishga!...” Bu rasmiy nutqqa misol bo‘ladi. Bundan tashqari, rasmiy uslubga rasmiy unvon, daraja, amalni bildiruvchi “janobi oliylari”, “hazrati oliylari”, hurmatli hokimimiz, hurmatli rektorimiz yoki buyruqlar, farmonlar, qarorlar, topshiriqlar, ariza, ma’lumotnoma, dalolatnoma, tilxat kabi rasmiy ish qog‘ozlari, rasmiy murojaatlar ham kiradi. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling