O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti


Yozma nutq tuzishda quyidagilar e’tiborda bo‘lishi lozim


Download 0.8 Mb.
bet24/59
Sana28.10.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1732133
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   59
Bog'liq
Notiqlik. Lotin 12.01.2021 (6)

Yozma nutq tuzishda quyidagilar e’tiborda bo‘lishi lozim:
1. Imlo lug‘ati bilan ishlash. Har bir yozma nutq tuzuvchi shaxs – mutaxassis imlo lug‘ati bilan ishlashi, so‘zlarni savodli (qaysi yozuvda bo‘lishidan qat’iy nazar lotin, kirill) yozilishini bilishi shart. So‘zlarni xato yozmasligi, to‘g‘ri gap tuza olishi lozim. 2. Davr, hayot ta­qozosi bilan yangitdan paydo bo‘lgan so‘zlarni iste’molga to‘g‘ri, o‘z o‘rnida, maqsadga muvofiq olib kirishi kerak. 3. Xalq qadimdan foydalanib kelayotgan, eskir­magan so‘zlar­dan unumli, o‘z o‘rnida foydalanishni bilishi zarur. Nutq doimo adabiy til qonun-qoidalariga muvofiq yozilishi shart. Afsuski, hozirgi kunda matnlarda hamma vaqt ham eskirgan so‘zlardan va yangi kirib kelayotgan birliklardan foydalanishga jiddiy e’tibor berilmayotgani kuza­til­yapti. 4. Yozma nutqni o‘stirish uchun sohalar bo‘yicha muta­xassisliklar yuzasidan alohida imlo lug‘atlari tuzilib, ko‘p nusxada nashr qilinishi zarur. Ayniqsa, bugungi kompyu­ter asrida bunday lug‘atlar har bir mutaxas­sisliklar uchun juda zarur. 5. Yozma nutqni o‘stirish – bu savodxonlikni o‘stirishda katta rol o‘ynashi zarurligini hisobga olib, maktab, kollej, litseylarda, oliy o‘quv yurt­larida ona tili va o‘zbek adabiyoti fanlarining o‘qiti­lishini tubdan qayta ko‘rib chiqilishi zarur. 6. Yozma nut­q­ni o‘stirishda birinchi galda maktablarning boshlang‘ich sinfidagi o‘qitishga e’tiborni qaratish lozim. Afsuski, uzoq yillar ayrim mintaqa­larda, hozir ham (masalan, Guliston shahrida) maktablarda, boshlang‘ich sinflarda rus tili va adabiyoti, fizika, matematika, biologiya, kimyo, tarix yo‘nalishini bitirgan o‘qituvchilar bosh­lang‘ich sinf­larga to‘rt yil davomida dars bermoqdalar. Bu holat ommaviy savodsizlikka, bolalarda fikriy ojizlikka, fikriy zo‘riqishga olib kelmoqda.
Maktabga aloqasi bo‘lmagan, pedagogika, psixologiya fanlari bo‘yicha hech qanday bilimga ega bo‘lmagan inson­larning maktablarda faoliyat ko‘rsatishlari og‘zaki va yozma nutqning yomonlashuviga, savodsizlikning ko‘payi­shiga asos bo‘ladi. Umuman olganda, professorlar Yo.Tojiyev, L.Muhammadjonova­lar to‘g‘ri ta’kidlaganlaridek, notiq­lik san’ati va nutq madaniyatini egallamoqchi bo‘lgan barcha kishilar o‘zbek adabiy tilini mukammal bilishlari kerak bo‘ladi.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling