O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti
Download 0.8 Mb.
|
Notiqlik. Lotin 12.01.2021 (6)
Zahiriddin Muhammad Bobur
(1483-1530) Bobur 1483-yilning 14-fevralida Farg‘ona muzofotining hokimi Umar Shayx Mirzo oilasida Andijon shahrida tug‘ilgan. Temuriy shahzodalari kabi Bobur yoshligidan adabiyotga, nafis san’at, tabiat go‘zalligiga mehr qo‘yib tarbiyalangan. O‘n ikki yoshida otasidan yetim qolib, an’anaga binoan, Farg‘ona ulusi hokimi etib tayinlanadi. Zahiriddin Muhammad Bobur 47 yil umr ko‘rgan bo‘lsa-da, uning “Boburnoma”, “Xatti Boburiy”, “Mubayyin”, “Harb ishi”, “Mufassal” kabi asarlarida insoniylik, mehr-muhabbat, adabiyot, so‘z san’ati, aruz vazni, tabiat go‘zalligi to‘g‘risida nihoyatda mazmunli, chiroyli, o‘qimishli g‘azallar, ruboiylar yozib qoldirgan. “Boburnoma” asari butun Markaziy Osiyoning XV asrdagi hayoti haqida hikoya qiluvchi bebaho manba vazifasini bajaradi. Boburiylar sulolasi Hindiston mamlakatini 332 yil davomida boshqardilar. Bugungi kunda ham Boburiylar sulolasining ta’siri nihoyatda kuchli bo‘lganligini o‘zbekcha ismlar, o‘zbekcha so‘zlar, iboralar hind xalqi tilida qo‘llanilayotganida ko‘rish mumkin. Bobur ulug‘ shoir, ulug‘ notiq, ulug‘ olim bo‘lgan. “Notiqlik san’ati va nutq madaniyati”ning shakllanishi va taraqqiyoti haqida gapirganda faqat antik davrida yashab o‘tgan yunon notiqlari Demosfen, Sitseron, Aristotel yoki keyingi davrdagi Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Kaykovuslargina emas, balki Hazrat Alisher Navoiyning “Majolis un nafois” asarida keltirilganidek Mavlono Ali Shihob, Shayx Sadriddin Ravosiy, Hofizi Yoriy, Mavlono Kavsariy, Mavlono Bilol, Mavlono Muin Voiz, Mavlono Abulvose’ kabi yuzlab voizlar, so‘z aytuvchilar, suxandonlar yashab o‘tganligini ham qayd etish lozim. Notiqlik san’ati va nutq madaniyati fani bo‘yicha Fitrat, Cho‘lpon, A.Qodiriy, Oybek, A.Qahhor, S.Ahmad, O.Sharofiddinov, tilshunos olimlar Sh.Rahmatullayev, R.Qo‘ng‘urov, M.A’lamova, M.Mirtojiyev, Yo.Tojiyev, E.Begmatov, N.Mahmudov, R.Jumaniyozov, S.Karimov, L.Raupova, B.O‘rinboyevlarning ilmiy tadqiqotlari, kitoblari chop etilgan. Bu fan bo‘yicha bugungi kunda ham yangi-yangi qo‘llanmalar yaratilmoqda, tadqiqotlar olib borilmoqda. “Notiqlik – ilm mahsuli” (Benjamin Dizraeli-ingliz yozuvchisi). “Nutqning asosiy bahosi – uning aniqligida”. “Oddiy odamlarga oddiy gapir, donolar bilan donolikka xos gaplash, har odamning fahmu farosatiga moslab gapir, odamning fahmu farosatini esa uning gapidan bilib olasan” (Aristotel), “O‘tmish faqat rivojlanish yo‘li va omilini ko‘rsatish bilangina foydali” (Genri Ford), “Men aytilgan hamma gaplarni eshitishga majburman, lekin hammasiga ishonishga majbur emasman” (Geradot). Mutafakkirlarning yuqorida keltirilgan barcha fikrlari notiqlik san’ati va nutq madaniyati haqidadir. Demak, Markaziy Osiyo mutafakkirlari va dunyo olimlari til ilmiga, notiqlik, nutq madaniyatiga befarq bo‘lmaganlar. “O‘tmishni to‘liqroq anglab, bugunni tushunamiz, o‘tmish ma’nosiga chuqurroq tushunsak, kelajak ma’nosini ochamiz, orqaga qarab, oldinga qadam tashlaymiz”, degan rus yozuvchisi Aleksandr Ivanovich Gersen, haq edi. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling