O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti
NOTIQLIK, NOTIQLIK SAN’ATI TURLARI VA NUTQ KO‘RINISHLARI
Download 0.8 Mb.
|
Notiqlik. Lotin 12.01.2021 (6)
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Notiqlik san’ati haqida”
- “barkamol notiq”
- Uchinchidan
- mantiqiylik , b) estetiklik , v) axloqiylik
NOTIQLIK, NOTIQLIK SAN’ATI TURLARI VA NUTQ KO‘RINISHLARI
Notiqlik san’ati va nutq madaniyatini puxta egallash va ulardan faoliyatda unumli foydalanish yetuk mutaxassislikdan dalolat beradi. Mamlakatimizdagi barcha sohalardagi mutaxassislar, ayniqsa, rahbarlar, bo‘lajak pedagoglar xalq ichida yurishlarini, talabalar, o‘quvchilar bilan doimiy muloqotda bo‘lishlarini hisobga oladigan bo‘lsak, bu fanni o‘qitishning zalvori qanchalik kattaligini va muhimligini anglash uchun alohida, favqulodda aql-zakovat kerak emas. Mashhur notiq, davlat arbobi, faylasuf, yozuvchi va shoir Mark Tulliy Sitseron “Notiqlik haqida” kitobida: “notiq tortinchoq va jur’atsiz xalqni jasorat sohibi etishga, ularni ayanchli ahvoldan qutqarishga, hurmatga sazovor odamlarga qarshi qo‘zg‘olgan noroziliklarni bostirishga, har qanday insoniy ehtiroslarni, buni ish talab qilsa, bir so‘z bilan kuchaytirishi, ham tinchitishi mumkin”ligini ko‘rsatib o‘tadi. Demak, notiq mana shunday katta kuchga ega ekanligini hisobga olishi zarur. Sitseron “Notiqlik san’ati haqida” asarining birinchi kitobida notiqlikning turlari, vazifalari va notiqlar oldidagi dolzarb vazifalar haqida o‘lmas, eskirmas fikrlarini aytib o‘tadi. Notiqlikning oliy kuchi – odamlar qalbida g‘azab, nafrat yoki g‘am-alam bilan o‘t yoqish, achinish tuyg‘ularini hosil qilgach, ushbu ehtiroslardan yana halimlik va shafqatga qaytarishda ekanligini tushuntiradi. Fanda “barkamol notiq” degan gap bor. Barkamol notiq qanday bo‘ladi: Barkamol notiq butun mavzu yoki fan haqida mazmunli va rangin gapira oladi. Barkamol notiq, avvalo, falsafa fanini mukammal bilishi shart. Ikkinchidan, barkamol notiq badiiy adabiyotni yaxshi bilishi, ya’ni “Iliada”, “Odisseya”, “Alpomish” dostonlaridan tortib Iqbol Mirzo, Isajon Sultongacha bo‘lgan yuzlab ijodkorlar asarlarini o‘qigan va uqqan bo‘lishi kerak. Uchinchidan, barkamol notiq matematikani, fizikani, kimyoni yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lishi zarur. Chunki bu fanlar ilmiy faraz qilishni o‘rgatadi. To‘rtinchidan, notiq mantiq ilmini to‘liq o‘zlashtirgan va unga amal qilishi lozim. Beshinchidan, barkamol notiqda artistlik, aktyorlik mahorati bo‘lishi talab etiladi. Oltinchidan, barkamol notiq tilshunoslik ilmidan, o‘zbek tilidan foydalanishning barcha qonun-qoidalarini yaxshi bilishi kerak bo‘ladi. Notiqlik san’ati va nutq madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlari 3 ta: a) mantiqiylik, b) estetiklik, v) axloqiylik. Ya’ni, bayon qilinayotgan gaplar mantiqli, ma’lum bir g‘oyani, fikrni ifodalashi; har bir tinglovchiga estetik ruh bag‘ishlashi, asosan, kayfiyatni ko‘tarishi va har bir notiq nutqi axloqiy talablarga javob berishi lozim. Shu jihatdan olganda, “Notiqlik san’ati va nutq madaniyati” fani oldiga bir necha talablar qo‘yiladi: Har bir, har qanday nutq, tinglovchilar va talabalar mutaxassisliklari inobatga olingani holda so‘zlanishi hamda yozilgan bo‘lishi kerak. Nutq ishonchli, ravon bo‘lishi bilan birga tinglovchini ishontira olishi shart, uni eshitgan tinglovchida aytilayotgan fikrlar yolg‘onday tuyulmasligi kerak. Nutq doimo jarangdor, ifodali, yoqimli, toza, to‘g‘ri, aniq, so‘zlar bir-biriga yaxshi bog‘langan, fikrlar mantiqli, g‘oyaviy jihatdan tinglovchiga o‘rgatuvchanlik, tarbiyachilik xususiyatiga ega bo‘lishi zarur. Nutq har doim ham uzun, tarqoq fikrli, zararli, zerikarli, tinglovchini qiziqtirmaydigan, yangi bo‘lmagan fikrlar, gaplar yig‘indisidan iborat bo‘lmasligi lozim. Nutq hamma tushunadigan tilda, sodda, mazmunli bo‘lishi kerak. Notiq faqat nutqi bilangina emas, balki ko‘rinishi, yuz ifodasi bilan ham o‘rnak bo‘lishi zarur. Notiq aytayotgan gapiga, avvalo, o‘zi amal qiladigan, axloqiy jihatdan namunali bo‘lishi kerak. Notiqlik san’ati va nutq madaniyati og‘zaki va yozma nutqni tinglovchilarga sodda, tushunarli ifodali tushuntirishdan iboratdir. Demak, notiqlik san’ati va nutqiy madaniyat odatda, ikki ko‘rinishda: og‘zaki va yozma nutq tarzida namoyon bo‘ladi.: Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling