O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti
So‘z bila kufr ahli musurmon bo‘lib
Download 0.8 Mb.
|
Notiqlik. Lotin 12.01.2021 (6)
So‘z bila kufr ahli musurmon bo‘lib,
So‘z bila hayvon degan inson bo‘lib, – deganida hazrat Alisher Navoiy naqadar haq edi. Yunon mutafakkiri Demokrit: “So‘z – ishning soyasi”, deb baho bergan. “Nutq – g‘oyat kuchli vosita, lekin undan foydalanish uchun kuchli aql zarur”, – degan edi nemis faylasufi Gegel. “So‘z qancha sodda bo‘lsa, u shuncha ta’sirchan bo‘ladi” (Bismark). “Til – so‘zlovchi istagini eshituvchiga yetkazadigan tarjimondir” (Abu Rayhon Beruniy). Demak, inson umri davomida so‘z yig‘adi, iboralarni to‘playdi, ulardan foydalanish uchun so‘z zaxirasini vujudga keltiradi. “Notiqlik san’ati va nutq madaniyati” fani, avvalo, tilshunoslik fani bilan uzviy bog‘liq. Tilshunoslik fani notiqlikning asosiy xususiyatlarini, funksiyalarini ko‘rsatib beradi. Falsafa – barcha fanlarning otasi (Aristotel). Chunki falsafa tabiat, jamiyat, inson tafakkuri taraqqiyotini ko‘rsatuvchi fan hisoblanadi. Tabiat, jamiyat, inson tafakkuri oddiylikdan murakkablikka qarab rivojlanib, o‘sib boradi. Faylasuf al-Kindiy falsafaga oid quyidagi ta’riflarni keltiradi: 1. Falsafa – hikmatni sevishdir. 2. Falsafa insonning kuchi yetganicha Allohning fe’llariga o‘xshashga urinishdir. 3. Falsafa – san’atlar san’ati va hikmatlar hikmatidir. 4. Falsafa – insonning o‘zini bilishidir. 5. Falsafa – inson imkoni darajasida abadiy va mutlaq bo‘lgan borliqlar haqiqatini, mohiyat va sabablarini bilishdir. Notiq faylasuf bo‘lishi va bu fanni yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lishi kerak. “Notiqlik san’ati va nutq madaniyati” fani ham doimo o‘sishda, o‘rganishda, takomillashib borishda ko‘rinadi. Shu bilan birga, “Notiqlik san’ati va nutq madaniyati” fani ijtimoiy-siyosiy fan hisoblanadi. “Notiqlik san’ati va nutq madaniyati” fani psixologiya, adabiyot, fizika, matematika, tarix, pedagogika, xullas, barcha fanlar bilan uzviy bog‘liq. “Notiqlik san’ati va nutq madaniyati” fani avvalo, tilshunoslikning barcha yo‘nalishlari, bo‘limlari bilan uzviy bog‘liqqina bo‘lib qolmay, balki uning materialini ham tashkil qiladi. “Notiqlik san’ati va nutq madaniyati” fani metodologiyasini falsafa fani belgilab beradi. Falsafa fani jamiyatdagi, tabiatdagi barcha voqea-hodisalar rivojlanishda, o‘zgarishda – dialektik o‘zgarishda, deb o‘rgatadi. Inson o‘z-o‘zidan notiq, so‘zamol, gapga chechan bo‘lib qolmaydi, balki u badiiy kitoblarni ko‘p o‘qishi, tevarak-atrofidagi kishilar bilan muomala qilishi natijasida so‘z boyligi ortib, so‘zni o‘z o‘rnida, oqilona qo‘llaydigan bo‘lib boradi. “Notiqlik san’ati va nutq madaniyati” fani tarix fani bilan uzviy bog‘liq. Chunki tarix fani o‘tmishimizni, tariximizni, ajdodlarimizning suxandonlikka qo‘shgan ulkan hissalarini bizgacha yetkazib bergan. “Notiqlik san’ati va nutq madaniyati” fani psixologiya fani bilan bog‘liq. Psixologiya – inson psixologiyasini o‘rganadigan fan. Notiq so‘zga chiqqanda tinglovchilarning yosh xususiyatlarini, bilimlilik darajasini, jinsini ham hisobga olib gapirishi zarur. Agar notiq, qayerda bo‘lishidan qat’iy nazar, bilganini gapiraversa bu, xato hisoblanadi. Uning fikrini tinglovchilar tushunishlari, qabul qilishlari kerak. Tinglovchilarning toliqqanliklarini, ularning yosh xususiyatlarini, vaqtni ham, notiq hisobga olishi kerak. Adabiyotning quroli – So‘z. “Zarif inson so‘z qadriga yetadi. So‘zning mag‘zini chaqib, tub ildizini qidiradi. Insonni ulug‘laydigan, uni qaro yerdan osmon-u falakka ko‘taruvchi fazilat bahramandlikdir. O‘z ona tilini sevmagan, til zamirida yotgan tarixini bilmagan, qiziqmagan odam barkamol sanalmas. U kim, qaysi yurt va qaysi millatga mansub ekanidan, o‘z ona tilining bo-yu kambag‘alligi, mayin yo dag‘alligidan qat’iy nazar. O‘z tiling o‘z Vataningdek aziz, o‘z onangdek tabarruk”, deb yozgan edi O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Erkin Vohidov, “So‘z latofati” kitobida. So‘z orqali inson aql-idrokka, odob-axloqqa, nafosatga ega bo‘ladi. Adabiyot – “Adabi-yod” – ya’ni odob-axloqni yoddan bilish, unga amal qilish degani. Insonning barcha jihatdan tarbiyalanishida, his-tuyg‘usining o‘sishida, so‘zning qadrini his qilishida adabiyotning ahamiyati beqiyos. “Notiqlik san’ati va nutq madaniyati” fani matematika, fizika, jismoniy madaniyat, kimyo kabi fanlar bilan ham bog‘liq. Chunki bu fanlar insonni mustaqil fikrlashga, faraz qilishga, keng mushohada yuritishga majbur qiladi. Notiqlikda mushohadakorlik, o‘ylab gapirish katta rol o‘ynaydi. Bizga ma’lumki, inson hayotida til muhim ahamiyatga ega. Insonning butun hayoti til bilan bog‘liq. Inson til yordamida fikr almashadi. Shuning uchun inson tilni o‘ta hurmat qilishi, e’zozlashi uning qoidalarini, fonetikasini, grammatikasini to‘liq o‘zlashtirgan bo‘lishi shart. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling