O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti
Download 0.8 Mb.
|
Notiqlik. Lotin 12.01.2021 (6)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Madaniyat – nima Madaniyat
Nutq nima? Nutq – arabcha so‘zdan olingan bo‘lib, so‘zlash, gapirish qobiliyati ma’nolarini bildiradi. Inson tomonidan tevarak-atrofidagi voqea-hodisani, aql-idrok yordamida o‘zlashtirishi va uni avlodlarga til yordamida yetkazish jarayoni. Nutq tevarak-atrofdagi yangiliklarni, xabarlarni, ma’lumotlarni, yangi bilimlarni yetkazishda qo‘llaniladi. Yaxshi nutq madaniyatli bo‘lishning, zamonaviylikning, taraqqiyotning belgisidir.
Madaniyat – nima? Madaniyat – arabcha so‘zdan olingan bo‘lib, jamiyatning ishlab chiqarish, ijtimoiy va ma’naviy hayotida qo‘lga kiritgan yutuqlari majmuyi. Madaniyat – o‘qimishlilik, ta’lim-tarbiya ko‘rganlik, ziyolilik, ma’rifat. Madaniyatli – madaniyatga erishgan, madaniyatni egallagan, ma’rifatli ma’nolarida qo‘llaniladi. Inson jamiyatda yashaydi. Uning tevarak-atrofini turli xil tilda gapiruvchi insonlar o‘rab olgan. Demak, inson ular bilan muloqot qilishga majbur. Muloqot – arabcha so‘zdan olingan bo‘lib, uchrashuv, muloqot qilmoq ma’nolarini bildiradi. Muloqotning manbayi so‘z. Inson so‘z yordamida muloqotga kirishadi. “Notiqlik san’ati va nutq madaniyati” fani inson nutqini takomillashtirish, shaxslararo hamda jamoa bilan bo‘ladigan muloqotlarida o‘z fikrini erkin, ravon bayon etishni o‘rgatadi. Buning uchun esa notiq so‘z boyligiga ega bo‘lishi, har bir so‘zning mazmun-ma’nosini to‘liq bilishi, so‘zning ko‘chma ma’nosini tushunishi, uning ko‘chma ma’nolarga ega ekanligini, yashirin ma’nosi ham mavjudligini nazardan qochirmasligi zarur. Notiqlik – san’at. Chunki notiq har bir so‘zni to‘g‘ri talaffuz qilishidan tashqari, uni mazmuniga qarab, tushunib, ohang bilan aytishi, ishlatishi kerak. Aytilayotgan so‘z tinglovchiga ta’sir etishi kerak. Buning uchun so‘z nihoyatda yoqimli ovozda, chiroyli, to‘g‘ri, ma’nosi o‘zida yashiringan holda aytilishi lozim. Notiqlik san’atiga – nutq madaniyatiga ega bo‘lgan inson, avvalo, o‘zbek tilini, tilshunoslikni mukammal bilishi shart. Inson tilini o‘rganadigan fan lingvistika yoki tilshunoslik, – deyiladi. Tilshunoslik fani – tilning xususiyatlarini, mohiyatini, funksiyalari, tilni tadqiq qilish usullarini o‘rganuvchi fandir. Notiq til yordamida gapiradi, fikrini bayon qiladi. Notiqlik san’atining mohiyati – ravon, to‘g‘ri, chiroyli, jozibali, so‘zlarni o‘z o‘rnida qo‘llab, fikrlarni bayon qilishdir. Notiqlik san’atining predmeti inson tomonidan til, so‘z va ularni o‘z o‘rnida qo‘llay olishdir. Nutq tovushlarining xususiyatlari, ohang, ton, tembr, ritm kabilar so‘zni bayon qilishda yordam beradigan xususiyatlardir. Nutq madaniyati faqat insonda bo‘ladi. Bu fanning predmeti nutq yordamida, til qonun-qoidalari, funksiyalari, xususiyatlari yordamida chiroyli gapirishda, fikrini ravon bayon qila olishdadir. Notiqlikning san’at sifatidagi mohiyati shundan iboratki, notiqning mahorati so‘zdan o‘z o‘rnida, zargarona, ehtiyotlab, ma’nosiga, mantig‘iga, xususiyatiga qarab foydalanishdir. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling