O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti


Download 0.8 Mb.
bet8/59
Sana28.10.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1732133
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   59
Bog'liq
Notiqlik. Lotin 12.01.2021 (6)

To‘rtinchidan, notiq tilshunoslikning grammatika­sini pux­ta o‘zlashtirgan bo‘lishi zarur. Grammatika – so‘z­larning tur­kumlarga bo‘linishi, ularning o‘ziga xos jihat­lari, nutqning gram­matik strukturasi haqidagi fandir. Inson o‘rtasidagi muomala-grammatik vositalar, ya’ni gap orqali amalga oshiriladi. Gramma­tika – tilning gramma­tik qurilishini o‘rganadi. Grammatika – morfologiya va sintaksisdan iborat. Morfologiyada so‘z turkumlari, ularning toifaviy va notoifaviy shakllari o‘rganiladi. Sintaksis esa nutqning grammatik tuzilishi haqidagi ta’lim bo‘lib, so‘z birikmasi, gap va undan yirik bo‘lgan birliklarni o‘z ichiga oladi. Demak, notiq bo‘lish uchun tilshu­noslikning barcha bo‘limlari haqida bilimga ega bo‘lish ularni yaxshi o‘zlashtirgan holda amaliyotda qo‘llay oladigan malakani egallash zarur.
Yangi O‘zbekiston talabiga javob beradigan yetuk mu­taxassislar madaniyatliligi, nutq madaniyatini qanchalik mu­kam­mal o‘rganganliklari bilan ham belgilanadi. Notiq­lik san’ati va nutq madaniyati insonning so‘zga qanchalik boy bo‘lishi va adabiy talaffuz me’yorlariga to‘g‘ri rioya qilishlarini hisobga oladi. Notiqlik san’ati va nutq madaniyati muloqot ob’ektlari – radio, televi­denie, turli xil uchrashuvlar, yig‘ilishlarda ravon, chiroy­li, mazmunli, san’atkorona nutq so‘zlashi orqali namoyon bo‘ladi. Bunday notiqlarni turli davralarga, turli tashkilotlarga ma’ruza o‘qishga, intervyu olishga taklif qiladilar: “Ovoz – xa­rakterning eng aniq ko‘zgusi” (Benjamin Dizraeli – ingliz yozuv­chisi), “Ko‘proq eshitish va kam gapirish uchun kishiga ikkita quloq va bitta til berilgan”, – degan edi yunon faylasufi Diogen.
Xulosa qilib aytganda, notiqlik san’ati va nutq madaniyati sohasi chiroyli, mazmunli, ifodali gapirish­ni, fikrini aniq, rav­shan bayon eta olishni bo‘lajak pe­dagoglarga, soha mutaxas­sislariga, voizlarga, telebosh­lovchilarga, diktorlarga, bo‘lajak rah­barlarga o‘rgatishni maqsad qilib oladi.
NOTIQLIK SAN’ATI VA NUTQ MADANIYATI
FANINING SHAKLLANISHI TARIXI

Gapirishni bildi, degani, bu notiq bo‘ldi, degani emas. Kishi nutq so‘zlash qoidalarini o‘zlashtirsa, bu uning nutq madani­yatini mukammal egallaganini bildirmaydi. Nutq madaniyatini egalladi, degani, bu – u notiq bo‘ldi degani emas. Notiqlik san’ati va nutq madaniyati sohasining shakllanishi uzoq tarixga ega. Olimlar tomonidan “nutq odobi”, “muomala madaniyati”, “mulo­qot odobi”, “murojaat odobi”, “salomlashish odobi”, “mashvarat odobi”, “mutolaa san’ati”, “mutolaa zavqi” nomlari bilan atalib kelingan mavzular, aslida, notiqlik san’ati va nutq madaniyati haqidagi qisqa-qisqa, zaruriyatdan paydo bo‘lgan qarash­lar, fikrlar ta’limotlar edi.


Notiqlik san’ati va nutq madaniyati sohasiga alo­qador bo‘lgan notiqlik, voizlik, ya’ni, va’zxonlik haqi­dagi dastlabki fikrlar xalq og‘zaki ijodida, “Alpomish” dostonida, Kaykovusning “Qobusnoma”sida hamda Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Abdulloh Xorazmiy, Mahmud Zamaxshariy, Mahmud Qoshg‘ariy, So‘fi Olloyor, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Husayn Voiz Koshifiy kabi allomalar asarlarida kuzatiladi, shuningdek, bu asarlarda nutq odobi, so‘z va uning qudrati, so‘zdan foydalanish, uning ahamiyati, nutq­qa nihoyatda e’tiborli bo‘lishga da’vat etuvchi ko‘plab fikr­lar ilgari surilgan.
“So‘z odamzod uchun tabiatning ulug‘ in’omidir, so‘z tufayli inson ulug‘likka erishadi”. “Mol-dunyoni qancha termagin, u tugaydi, ozayadi. Yozilsa-chi, so‘z abadiy qoladi, olamni kezadi”, “Odamning bezagi so‘zdir, so‘z esa behisob ko‘pdir. Faqat ezgu so‘zli kishilarnigina ardoqlash lo­zim”, degan edi Yusuf Xos Hojib.



Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling