O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti
Mutafakkir tinglovchilarni ishontirishning uch manbasini ko‘rsatadi
Download 0.8 Mb.
|
Notiqlik. Lotin 12.01.2021 (6)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ritorika
Mutafakkir tinglovchilarni ishontirishning uch manbasini ko‘rsatadi:
1. Notiq aytgan holatni tinglovchilar ham boshidan kechirgan bo‘lsa, o‘sha fikrga ishonadilar. 2. Tinglovchi notiqning sofdilligini, ma’naviy yetukligini bilganlarida. 3. Notiq xulosasi isbotlab berilganda. Notiq nima haqida va qanday usulda va ohangda gapiradi? – deb uning uch shartini Arastu ko‘rsatib o‘tadi: 1. Tabiiy tartibga ko‘ra eng muhim masalani birinchi o‘ringa qo‘yish. 2. Ko‘rilayotgan masalaga doir fikrlarni qay tartibda qismlarga bo‘lib joylashtirish (avval nimani, undan keyin nimalarni gapirish). 3. Deklomatsiya – ijro masalasi. Bundan tashqari, Arastu ko‘chma ma’noli so‘zlar, metaforalar badiiy asar tilini, mazmunini ham aytib o‘tgan. Qadimgi yunonlar va rimliklarda suxandonlik ustozlari; nutqi chiroyli va dabdabali so‘z, iboralardan tuzilgan notiq – ritor – deb atalgan. Ritorika – suxandonlik nazariyasi va notiqlik san’ati ilmi sifatida namoyon bo‘lgan. Notiqlik san’ati tarixida Mark Tulliy Sitseron o‘chmas iz qoldirgan ulug‘ siymolardandir. Sitseron miloddan avvalgi 106-yil 13-yanvarda Arlin shahrida tug‘ilgan. Sitseron yetti yoshligida oilasi Rimga ko‘chib keladi va mashhur notiq Kross rahbarligi ostida yunon o‘qituvchilaridan falsafa va notiqlik bo‘yicha dars oladi. U yigitlik paytidayoq notiqlik bilan shug‘ullangan. Mashhur tragik aktyor Klodiy Ezop Sitseronga talaffuzni, ehtirosli nutq so‘zlashni o‘rgatgan. Sitseron “Material tanlash haqida”, “Notiq”, “Katon”, “Tasalli”, “Gortenziy”, “Akademiklar ta’limoti”, “Yaxshilik va yomonlik chegaralari”, “Tuskulan suhbatlari”, “Shuhrat haqida”, “Bashorat haqida”, “Taqdir haqida”, “Notiq haqida” (uch kitobdan iborat), “Topish haqida” yoki “Ritorika”, “Mashhur notiqlar haqida” yoki “Brut”, “Davlat haqida”, “Qonunlar haqida”, “Vazifalar (Burch) haqida”, “Notiqlik bo‘limlari”, “Xudolarning tabiatlari haqida”, “Ta’rif haqida”, “Stoiklarning aqlga zid fikrlari”, “Topika”, “Katon yoki qarilik haqida”, “Eng yaxshi notiq haqida”, “Mening davrim haqida”, “Mening konsulligim haqida” (doston), “Timey”, “Leliy yoki do‘stlik haqida” kabi kitoblar yozgan. Sitseron – notiqlik san’atining otasi deb yuritiladi. U notiqlik san’ati haqida darslik, qo‘llanmalar yozgani uchungina emas, balki o‘zi ham dunyoga mashhur notiq bo‘lganligi uchun, faylasufning asarlari ko‘plab dunyo tillariga o‘girilgan. Mark Tulliy Sitseronning “Tri traktata ob oratorskom iskusstve” (M.:1972), “Filosofskie traktatы” (M.:1985), “Notiqlik san’ati” (“Yangi asr avlodi” T.: 2015) kitoblari nashr etilgan. Mutafakkirning notiqlik san’ati nazariyasi, amaliy qoidalari “Tri traktata ob oratorskom iskusstve” kitobida ko‘rsatib berilgan. Notiqlik san’ati va nutq madaniyati fanining asoschisi Mark Tulliy Sitseronning “Notiqlik san’ati”, “Notiq” asarlarini Urfon Otajon o‘zbek tiliga tarjima qilgan va so‘zboshi yozib nashr ettirgan. Qadimda suxandonlik san’atining 3 xilini ko‘rsatib o‘tganlar: Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling