O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti
Download 0.8 Mb.
|
Notiqlik. Lotin 12.01.2021 (6)
Arastu (Aristotel) miloddan avvalgi 384-322-yillarda yashagan. Mashhur yunon faylasufi va olimi, peripatetiklar maktabi asoschisi. Arastuning otasi Nikomax tabiblar sulolasidan bo‘lib, Makedoniya shohi Eminta III saroyida xizmat qilgan. Arastu miloddan avvalgi 367-yilda Aflotun akademiyasiga o‘qishga kirib, yigirma yil o‘tgach (Aflotun vafotidan so‘ng), Afinani tark etib, 340-yili Makedoniya poytaxti Pellaga Filipp II tomonidan taklif etilib bo‘lg‘usi imperator Iskandarga murabbiy etib tayinlanadi. 336-yilda Arastu Afinaga qaytib, falsafiy-estetik maktabini ochadi. Faylasuf Diogen Laertiyning qayd etishicha, kataloglarda Arastuning bir necha yuz asarlari qayd etilgan. Asosiy asarlaridan: “Sofist”, “Politik”, “Evdem”, “G‘oyalar haqida”, “Farovonlik haqida”, “Kategoriyalar”, “Fizika”, “Metafizika”, “Evdem axloqi”, “Axloqi kabir”, “Siyosat”, “Poetika”, “Ritorika”lar tilga olingan.
Arastuning “Poetika” (“Nafis san’atlar haqida”) asari umuminsoniy nafosat, san’at, xususan, so‘z san’ati qonun-qoidalari haqidadir. “Poetika”dagi asosiy g‘oya – bu poeziyadagi o‘xshatish san’ati haqidagi g‘oyadir. Arastu “Poetika” asarida poeziya san’ati nima yordamida tasvirlanishiga ko‘ra to‘rt turdan iboratligini ko‘rsatib o‘tadi: Bo‘yoqlar bilan – rassomlik, musavvirlik. Tosh yoki bronza, ganch bilan – haykaltaroshlik, devoriy naqsh-barelef, gorelef. Cholg‘u asboblari yordamida – musiqa, qo‘shiq, raqs san’atlari. Faqat so‘z yordamida: epos, drama, lirika. Arastu “Poetika” asarida yozadi: “Ba’zi kishilar mahorat, ba’zilar malaka sababli, yana ba’zilar tug‘ma iste’dodlari tufayli bo‘yoqlar va shakllar yordamida ko‘p narsalarning tasvirini – o‘xshashini yaratadilar. San’atlarning hammasida ham alohida yo ritm, yo so‘z va yoxud garmoniya yordamida, yoki shularning hammasi uyg‘unligida tasvirlaydilar”. Bu fikrlar bevosita notiqlik san’atiga ham aloqador, deyish mumkin. Arastuning “Ritorika” asari uch kitobdan iborat. Birinchi kitobda boshlang‘ich ritorika va dialektika munosabatlari tushuntiriladi. “Ritorika foydalidir, chunki haqiqat va adolat o‘z tabiatiga ko‘ra, o‘ziga qarshi kuchlarga nisbatan qudratliroqdir”, deydi olim. Arastu “Ritorika”ning ikkinchi kitobida notiq so‘zlayotganida o‘z fikrini isbotlash uchun hayotiy misollar, o‘xshatishlardan, masalalardan, rivoyatlardan foydalansa, yaxshi samara berishini, ta’kidlaydi. “Ritorika”ning uchinchi kitobi, asosan, ritorik va poetik uslub masalalariga bag‘ishlangan. Arastu ritorika san’ati (xitoba) notiqlikda eng muhim uch masalani hal etish ekanligini ko‘rsatib o‘tadi: Tinglovchilarni ishontirish usullarini qayerdan olish, o‘rganish masalasi. Nutq uslubi masalalari. Nutq qismlarini qanday qurish masalasi. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling