O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti
Insonni so‘z ayladi judo hayvondin
Download 0.8 Mb.
|
Notiqlik. Lotin 12.01.2021 (6)
Insonni so‘z ayladi judo hayvondin,
Bilkim, guhari sharifroq yo‘q ondin. “Muloyim so‘z – vahshiylarni ulfatga aylantiradi”. Bo‘lmasa so‘z, ajab balo bo‘lg‘ay, Bulbuli nutq benavo bo‘lg‘ay. “So‘z borkim, eshituvchi tanig‘a jon kiyurur va so‘z borkim, aytg‘uvchi boshin elga berur”, deydi Alisher Navoiy. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq”, So‘fi Olloyorning “Sabot ul-ojizin”, Abdurahmon Jomiyning “Bahoriston”, Alisher Navoiyning “Nazmul-javohir”, “Xamsa”, “Mahbub ul-qulub”, Husayn Voiz Koshifiyning “Axloqi Muhsiniy”, “Futuvvatnomai sultoniy”, Fahriddin Ali Safiyning “Rashaxot” kabi asarlarida so‘z va uning qudrati, so‘z qo‘llash mahorati, so‘zning qadriga yetish, undan aql-idrok bilan foydalanish, notiqlik va uning xususiyatlari, fazilatlari haqida qimmatli fikrlar bildirilgan. Notiqlik san’ati va nutq madaniyati, ayrim olimlar aytganidek, 2007-yilda paydo bo‘lgan emas, balki antik davrda, qadimgi Gretsiyada Meneley, Perikl, Demosfenlar; Rimda Mark Partius Katon, Mark Tulliy Sitseron, Kvintillianlar davrida shakllana boshlagan. Sharqda notiqlik san’ati va nutq madaniyati shakllanishi va rivojiga Xoja Muayyad Mehnagiy, Mavlona ar-Riyoziy, Kamoliddin Husayn Voiz Koshifiy, Mavlono Muin Voiz, Faxriddin Ali Safiy, Qozizoda O‘shiy kabilar katta hissa qo‘shganlar. Ulug‘ mutafakkir Alisher Navoiyning “Majolis un nafois”, G‘iyosiddin Xondamirning “Makorim ul-axloq” asarlarida o‘nlab voizlar haqida qimmatli ma’lumotlar berilgan. Umuman olganda, notiqlik san’ati va nutq madaniyatining shakllanish tarixi, mashhur notiqlar faoliyati haqida A.Ahmedov “Notiqlik san’ati”. (T., “O‘zbekiston” nashriyoti, 1967), A.Agishev “Suhbatga qanday tayyorlanish kerak”. (T., “O‘zbekiston”. 1968), U.Salohiddinov “Notiqlik mahorati haqida”. (T., “O‘zbekiston” nashriyoti, 1977), H.Jalilov “Ijtimoiy fan o‘qituvchilarining notiqlik san’ati”. (T., “O‘zbekiston” nashriyoti, 1987), R.Yo‘ldoshev “O‘zbek tili darslarida o‘quvchilar nutqini o‘stirish”. (T., “O‘zbekiston” nashriyoti, 1978), A.Rustamov “So‘z xususida so‘z”. (T., “Yosh gvardiya” nashriyoti, 1987), E.G.Andreyev “Tinglovchilarni qiziqtirish omillari”. (T., “O‘zbekiston” nashriyoti, 1988), R.Mahmudov “Navoiy va Koshifiy”. (T., “O‘zbekiston” nashriyoti, 1990), R.Mahmudov “O‘rta Osiyo mutafakkirlari odob-axloq haqida”. (T., “O‘zbekiston” nashriyoti, 1990), R.Mahmudov “Degonimni ulusqa marg‘ub et...”. (T., “O‘zbekiston” nashriyoti, 1992), Yo.Tojiyev, N.Hasanova, H.Tojimatov, O.Yo‘ldosheva “O‘zbek nutqi madaniyati va uslubiyati asoslari”. (T., “O‘zbekiston” nashriyoti, 1994), A.Ortiqov “Nutq madaniyati va notiqlik san’ati”. (T., 2002), P.Nosirov “O‘zbek nutq madaniyati”. (T., 2004), R.Rasulov, N.Husanov, Q.Mo‘ydinov “Nutq madaniyati va notiqlik san’ati”. (T., “Iqtisod-moliya” nashriyoti, 2006), Yo.Tojiyev, M.Mallaboyev “O‘zbek nutqi madaniyati va uslubiyati asoslari”. I qism. (T., 2006), N.Mahmudov “O‘qituvchi nutq madaniyati”. (T., Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashri, 2007), U.Saidov “Boshqaruv va notiqlik san’ati” (T., “Yosh kuch matbuoti” nashriyoti, 2010), R.Mahmudov “Notiqlik san’ati va nutq madaniyati” (o‘quv majmua). (G., 2016), R.Jumaniyozov “Siz notiq bo‘lmoqchimisiz?” (T., “O‘zbekiston” nashriyoti, 2019), Yo.Nurumbekova “O‘qituvchi nutqi madaniyati” (o‘quv-uslubiy majmua), (G., 2012), U.Alibekov, Sh.Mamatov “Notiqlik san’ati” o‘quv-uslubiy majmua, (G., 2016), L.Muhammadjonova “Ritorika”. (T., “Adabiyot uchqunlari” nashriyoti, 2019), L.Muhammadjonova “Davlat xizmatchisining axloqiy madaniyati”. (T., “Adabiyot uchqunlari” nashriyoti, 2019), L.Raupova “Badiiy va san’at asarlarida madaniy nutq orqali milliy mental omillarining ifodalanishi”. (T., “Innovatsiya-ziyo” nashriyoti, 2019), L.Raupova “Nutq madaniyati” (T., “Innovatsiya-ziyo” nashriyoti, 2019) kabi ko‘plab ilmiy ommabop ishlanmalar, qo‘llanmalar yozilgan. Shuningdek, tilshunos olim Sh.Rahmatullayevning “Nutqimiz ko‘rki”, “Orfografiya qoidalari savodxonligimiz asosi” (T., 1980), I.Qo‘chqortoyevning “Badiiy nutq stilistikasi” (T., 1975), R.Qo‘ng‘urov, E.Begmatov, Yo.Tojiyevlarning “O‘zbek nutqi madaniyati va uslubiyati asoslari”, “O‘zbek nutqi madaniyati ocherklari” (1981), B.O‘rinboyevning “So‘zlashuv nutqi” (1979) kabi o‘nlab qo‘llanmalar ham yaratilgan. Bundan tashqari, 1973-yilda boshlangan “Nutq madaniyatiga oid masalalar” mavzusidagi respublika ilmiy anjumani 1990-yildan boshlab an’anaviy o‘tkazila boshlangan. Keyinroq, “Nutq odobi”, “Nutq madaniyati” mavzularida Toshkentda, Termizda, Andijonda va boshqa shaharlarda ko‘plab marta ilmiy anjumanlar bo‘lib o‘tgan. Demak, ko‘rinadiki, notiqlik san’ati va nutq madaniyatiga e’tibor hamma davrlarda ham tilshunos olimlar, mutaxassislarni qiziqtirib kelgan. So‘zamollik, gapga chechanlik – notiqlik san’ati darajasiga ko‘tarilishi uchun har bir shaxs tilning barcha boylik va imkoniyatlarini, hamma qoidalarini yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lishi zarur. Ma’lumki, har qanday shaxs yoki san’atkor ham notiq bo‘la olmaydi. Buning uchun ona tilini mukammal bilishdan tashqari yana ko‘p fazilatlarga ham ega bo‘lish talab etiladi. Bu fazilatlar o‘zaro suhbatlarda, muloqotlarda, muomalalarda namoyon bo‘ladi. Insonda ikki xil: moddiy va ma’naviy ehtiyojlar bo‘ladi. Inson har ikki ehtiyojga doimo intilib yashaydi. Shaxslarning zamon talabiga javob beradigan yetuk mutaxassislar bo‘lib yetishishlarida antik davr mutafakkirlarining ma’naviy-madaniy merosining roli katta. Qadimgi Yunonistonda ilm-fan, jumladan, ritorika ancha rivojlangan. Ilm-fan taraqqiyotiga Suqrot, Aflotun, Arastu, Demokrit, Ksenofan, Gorgiy, Isokrat, Pifagor, Empedokl, Demosfen, Protagor, Sitseron kabi ko‘plab olimlar katta hissa qo‘shganlar. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling