O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti


Download 0.8 Mb.
bet5/59
Sana28.10.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1732133
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
Bog'liq
Notiqlik. Lotin 12.01.2021 (6)

Notiqlik san’ati. Notiq o‘z fikr-mulohazalarini, qarashlarini, bayon qilmoqchi bo‘lgan mavzusini chiroyli, shirali, jarangdor, yoqimli ovozda, tushunarli, sodda, aniq tarzda hamma sohadagi kishilarga birday ta’sirli yetka­zuvchidir. Notiqlik san’ati kishidan bilim, malaka, tajriba talab qiladi. Shuning uchun hamma ma’lumotli, ko‘p narsa biluvchi kishi ham notiqlik san’atiga ega bo‘la olmaydi. Jamiyatning barcha jabhalarida notiqlik san’a­ti kerak bo‘ladi va u ishtirok etadi. Chunki inson ja­miyatda yashay­di, tevarak-atrofidagi insonlar bilan xoh­laydimi-yo‘qmi, aloqa qiladi. Bu aloqa til yordamida, nutq ishtirokida notiqlik san’ati orqali amalga oshadi. Har bir inson tevarak-atrofidagi odamlar bilan aloqa qilmasligi, salomlashmasligi, fikr almash­masligi, biror narsa so‘ramasligi yoki ish buyurmasligi, top­shiriq olmas­ligi, o‘qituvchi bo‘lsa, talabalarga ma’ruza o‘qimas­ligi, savol-javob qilmasligi mumkin emas.
Nutq madaniyati. “Nutq odobi – nutqning adabiy til me’yor-mezonlariga asoslangan, mantiq ilmi talablariga bo‘y­sungan holda namoyon bo‘lishi”dir. Har bir inson so‘z­lash, te­varak-atrofidagi insonlar bilan muomala qili­shida fikrini “ilmiy, sermazmun, aniq-ravshan, ravon, to‘g‘ri, ta’sirli, badiiy, manti­qiy, jarangdor, jozibali bayon” etishi lozim. Nutq madaniyatiga ega bo‘lish har bir aqli raso inson uchun zarurdir. Nutq ma­daniyatiga ega bo‘lgan inson, avvalo, o‘zbek tilida so‘zlay olishni, so‘zlar ma’nolarining tub mazmunini bilishi lozim bo‘ladi.
Nutq madaniyati, ayniqsa, o‘quv yurti o‘qituvchilarida, targ‘ibot-tashviqotchilarda, suxandonlarda, tashkilot rahbar­la­ri­da, davlat va jamoat arboblarida, deputat­larda, senatorlarda, yozuvchi, shoirlarda ko‘proq namoyon bo‘ladi. Notiqlik san’ati va nutq madaniyatini o‘rganmoq­chi bo‘lganlar bunday yaxshi notiqlardan o‘zlariga kerakli narsalarni o‘rganishlari mumkin. Nutq madaniyatida faqat ravon, chiroyli gapirishning o‘zi kam­lik qiladi. Nutq madaniyatiga qisqa, lo‘nda, sodda, tushu­narli aniq, ayniqsa, to‘g‘ri gapirish ham kiradi. Afsuski, keyingi paytda “Axborot”, “Yangi davr”, “Diyor yangiliklari”da berilayotgan ko‘rsatuvlarda, muxbir intervyu olganida 5-7 daqiqagacha gapirtirishi yoki shevada so‘zlashiga e’tibor­sizlik ko‘rsatishi kabi holatlar kuzatilyapti bu tinglov­chi­larni bezdiradigan, g‘ashini keltiradigan hodisadir.
Nutq madaniyati faqat gapirish orqaligina emas, balki no­tiqning kiyinish, salomlashish, tinglovchilari bilan muloqotga kirishish, savol-javob o‘tkazish mada­niyati, o‘zini minbarda tutishi bilan namoyon bo‘ladi. Nutq madaniyatida notiqning mavzuni qanday tushuntira olish mahorati ham hisobga olinadi. Notiqning qisqa, lo‘nda gapirishi, chaynalmasligi savollarga aniq, ravshan javob berishi ham uning nutq madaniyatiga egaligidan dalolat beradi.
Nutq madaniyatining o‘sishida, rivojlanishida omma­viy axborot vositalari – radio, televideniye, adabiyot va san’atning ham muhim roli bor.
“Notiqlik san’ati va nutq madaniyati” fanining bir maqsadi, bo‘lajak tarix, milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi, ijtimoiy ish yo‘nalishi mutaxassislari nutqini o‘stirishga katta hissa qo‘shishdir.
“Jimlik, sukut gohida eng ifodali, eng qimmatli nutqdan ham ma’noli va ulug‘roq bo‘ladi. U ko‘p hollarda katta aqldan darak beradi”, – degan edi ingliz yozuvchisi Jozef Addison.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling