O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti


Download 0.8 Mb.
bet7/59
Sana28.10.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1732133
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   59
Bog'liq
Notiqlik. Lotin 12.01.2021 (6)

Nutqning fonetik bo‘linishi. Nutqda tovushlar alohida-alohida talaffuz etilmaydi. Notiq nutqidagi talaffuzda bir yoki bir necha bo‘g‘inlarni ajratib aytish urg‘u deyiladi. Tovushning balandligi va cho‘ziqligi urg‘u­ning nutqda namoyon bo‘lishini bildiradi. Tilda har xil sintaktik, ekspressiv va emotsional ma’nolarni ifoda­lovchi hodisa intonatsiya deyiladi. So‘zning to‘g‘ri talaf­fuz qilinishida urg‘u, intonatsiyaning o‘rni juda katta. Notiq qaysi so‘zning qayeriga urg‘u qo‘yilishini va qaysi so‘z qachon, qanday intonatsiya bilan aytilishini mukammal bilishi kerak.
Nutq ketma-ket kelgan tovushlarning yig‘indisi yoki zanjirsimon bog‘lanishdan iborat bo‘lib, u talaffuz davriga ko‘ra, oldinma-keyin kelgan fonetik birliklarga bo‘linadi. Nutq quyidagi fonetik birliklardan iborat: 1) fraza; 2) takt; 3) bo‘g‘in; 4) tovush. Har ikki tomondan “chuqur” pauza bilan bo‘lingan eng katta fonetik birlik – segment fraza deb ataladi. Pauza davrida so‘zlovchi kel­gusi frazaning talaffuzi uchun zarur nafas oladi. Fraza taktlarga bo‘linadi. Takt frazaning bir bo‘lagi hisobla­nib, bir urg‘u yordamida bir yoki bir necha bo‘g‘inlarning ulanishidan tashkil topadi. Taktning bir yoki bir necha tovushlardan tashkil topgan bo‘lagi bo‘g‘in hisoblanadi. Unlilar, sonor undoshlar (m, n, l, r, ng) va sirg‘aluvchi jarangli undoshlar bo‘g‘in hosil qiluvchi tovushlar hisob­lanadi. So‘zdagi bo‘g‘inlar soni undagi unli tovushlar soni­ga qarab belgilanadi.
Ikkinchidan, notiq tilshunoslikning orfoepiya soha­sini yaxshi bilishi lozim. Orfoepiya – yunoncha “to‘g‘ri nutq” so‘zidan olingan bo‘lib, tilning to‘g‘ri talaffuz me’yorlari va qoidalari to‘plamidir.
Uchinchidan, notiq tilshunoslikdagi leksikologiya va sema­siologiyani puxta bilishi talab qilinadi. Tildagi barcha so‘zlar yig‘indisi – lug‘at tarkibi yoki leksikasi deyiladi. Til leksikasini o‘rganuvchi soha leksikologiya (yunoncha, so‘z va ta’limot) deyiladi.
Leksikologiya – so‘zning hosil bo‘lishi, nutqda ishla­tilishi, ma’nolarining o‘zgarishi torayishi va kengayi­shi, turli termin­larning qo‘llanishini o‘rganadi. So‘zlar­ning kelib chiqishini o‘r­ganuvchi soha etimologiya deb ataladi. So‘z – borliqdagi hodisa va narsalarning ma’­nosini ifoda etuvchi, grammatik jihatdan shakllangan va jamiyat a’zolari tomonidan bir xil tushunila­di­gan, to­vush shaklida ifodalangan mustaqil va markaziy til bir­ligi, notiqning asosiy qurolidir.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling