O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti


Download 0.8 Mb.
bet12/59
Sana28.10.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1732133
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   59
Bog'liq
Notiqlik. Lotin 12.01.2021 (6)

Tantanavor nutqlar.

  • Kengash nutqlari.

  • Suddagi nutqlar.

    Tantanavor suxandonlikka maqtov va tanbeh nutqlar, kengash suxandonligiga ishontiruvchi (ko‘ndiruvchi) va ishonch­­dan qaytaruvchi nutqlar, sud suxandonligiga esa ayb­lovchi va himoya qiluvchi nutqlar kirgan. Suxandonlik­ning uch manbayi va uchta maqsadi farqlangan: 1) tabiiy iqtidor; 2) nazariy ta’lim; 3) amaliy mashg‘ulot.
    Suxandonlikning uch maqsadi quyidagilar: 1) ishon­tirish; 2) huzur baxsh etish; 3) hayajonlantirish bo‘lgan. Ritorika fani shu maqsadlarga erishishni nazarda tutgan. Nutqni ritorik ishlab chiqish ushbu besh qismdan iborat: materialni topish, materialni joylashtirish, so‘z bilan bayon qilish, eslab qolish va nutq so‘zlash, deb ko‘r­satadi Sitseron.
    1. Materialni topish. Sitseron suxandonlik mate­riali ikki maqomga bo‘linadi, deb ko‘rsatadi: a) aniq ish­lar; b) umumiy masalalar. Faylasuflar, odatda, nazariy masalalar bilan, notiqlar esa amaliy masalalar bilan shug‘ullanganlar. Sitseron notiqlik san’ati haqida gapir­ganda, asosan, suddagi nutq nuqtayi nazar bo‘yicha yondoshgan. Sud nutqlari bilan bir qatorda, kengash nutqlari ham, tantanali nutqlar ham mayda qismlarga bo‘lingan. Siyosiy nutq davlat xavfsizligi va davlat mavqeyi, qadr-qimmati tushunchalaridan kelib chiqishi kerak bo‘lgan.
    2. Materialning joylashishi. Nutq to‘rt asosiy qismga bo‘lingan: a) kirish; b) bayon; v) ishlov berish; s) xu­losa. Ayrim nazariyotchi olimlar nutq qismlarini yetti­gacha bo‘lganlar: a) kirish; b) bayon; v) mavzuni belgilash; g) isbotlar; d) raqibning dalillarini inkor etish; j) chekinish; e) xotima. Notiq nutqini mana shunday sxema asosida olib borsa, g‘alaba qozonishi aniq bo‘lgan. Ayniqsa, notiq tinglovchilarning xayrixohligini, rahm­dil­ligi­ni, sertakalluflik, imo-ishoralar, kinoyalardan foyda­lan­gan holda uyg‘otishi mumkin.
    3. Nutqni so‘z bilan ifodalash notiqning asosiy va­zifasi hisoblangan. Kasbi notiqlik bo‘lganlardan tash­qari muarrixlar, faylasuflar, shoir, yozuvchilarning qizi­qishi keng bo‘lganligi uchun, suxandonlikning bu qismi ancha mashhur bo‘lgan.
    Sitseronning ko‘rsatishicha, so‘z bilan ifodalash to‘rtta asosiy talabga javob berishi zarur bo‘lgan: a) to‘g‘rilik; b) aniq-ravshanlik; v) o‘rinlilik; g) shukuhlilik. To‘g‘rilik – tilning grammatik va leksik (so‘z boyligi) me’yoriga rioya qilishni ang­latadi. Aniqlik – barchaga ma’qul bo‘l­gan so‘zlarni aniq ma’nosi va tabiiy birikuvida ish­la­tilishni nazarda tutadi. O‘rinlilik – har bir narsa (mavzu) uchun mos uslubni ishlatish va so‘zdan foydalan­ganda ehtiyot bo‘lish. Hashamatlilik – adabiy nutq odat­dagi nutqdan g‘aroyib yoqimliligi va ta’sirchan, jonli­ligi bilan ajralib turishini anglatadi. Olimning fik­richa, so‘z bilan ifodalash nazariyasi uch qismga bo‘lingan: a) so‘z tanlash ha­qidagi ta’limot; b) so‘zlar birikmasi ha­qidagi ta’limot; v) shakllar haqidagi ta’limotdir.
    Notiq nutqida qo‘llaydigan so‘zlarni tanlay olish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak, ya’ni kam ishlatiladigan va noyob so‘zlarni ham me’yorida ishlatishi zarur. Bunday so‘zlar ham uchga bo‘linadi: a) eskirgan so‘zlar; b) yangi so‘z­lar; v) ko‘chma (bir necha ma’noli) so‘zlar.
    So‘zlarni biriktirishda, avvalo, so‘zlarning ohangdor joy­lashishi, ikkinchidan, iboralarning bir xil o‘lchamli­ligi, uchin­chidan, iboralarning ritmik tugallanishi ko‘­rib chiqiladi. So‘z­larning ohangdor joylashishi, masalan, bir so‘zning oxiri va keyingisining boshlanishi tirqish­ni (unlilar to‘qnashuvi) yoki qiyin talaffuz qilinadigan unsizlarni tashkil etmasligini; bir xil tovushlar qay­tarilishidan tinglovchining g‘ashini keltirmaslikni, so‘z­larning tabiiy tartibidan juda uzoqlashib ketmasli­gini nazar­da tutadi. Iboralarning o‘lchamdosh tuzilishi uch xil: a) qisqa ibora-kesma; b) o‘rtacha ibora-a’zo; v) uzun ibora-davr.
    Notiq so‘z tanlash, so‘z birikmalari va shakllaridan qancha o‘rinli foydalansa, uning nutqi shunchalik yuqori, yuksak turadi.
    4. Yodda saqlash ritorikaning nazariy jihatdan eng kam ishlab chiqilgan qismidir. Notiq nutqining har bir qismini xoti­rasida to‘liq saqlab qolishi shart. Haqiqiy notiqlarning xotiralari hayratlanarli darajada kuchli bo‘lgan. Sitserondan keyin yashagan deklomator Katta Seneka (faylasuf Senekaning otasi) bir marta o‘qib, bir-biriga bog‘lanmagan ikki mingta matnning so‘zlarini yoki ikki yuz misrani bir marta eshitib, oxiridan boshlanishi­gacha shu zahotiyoq yoddan aytib bera olgan. Har bir yetuk notiqda mana shunday “xotira baquvvatliligi” xislati bo‘­lishi zarur. Akademik Akmal Saidov hamda Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Ozod Sharofiddinov, Yo‘ldosh Jumaboyev, O‘tkir Hoshimovlarning ham havas qilgulik xotiralari baquvvat edi.
    5. Nutqda so‘zlash (talaffuz qilish) ritorikaning oxirgi qismi bo‘lib, suxandonlikning o‘ta muhim tarkibiy bo‘lagidir. Sitseron mashhur notiq Demosfenning bir ga­pi­ni qayta-qayta takrorlagan: “Suxandonlikdagi birinchi jihat – talaffuz (so‘z­lash), ikkinchisi ham – talaffuz, uchinchisi ham talaffuz”, – degan edi.
    Notiq ovoz va tana-gavdani ishlata bilish, so‘zlashning ikki qismi bo‘lgan. Notiqning ovozi jarangdor, talaf­fuzi tushunarli (aniq), rango-rang, boy bo‘lishi zarur, le­kin yasama ohangdorlik bo‘lmasligi kerak. Nutq so‘zlayot­ganda gavda olijanob bir tarzda tutilishi, nigoh to‘g‘ri va o‘tkir, ma’noli qiyofa, harakatlar keng, lekin bosiq bo‘­lishi talab etiladi.
    Sitseronning “Brut” asari Rim notiqlik san’ati tari­xiga ba­g‘ishlangan. Mutafakkir “Brut” asarida ikki yuzdan ortiq notiq­larni sanab o‘tgan. Mutafakkir: yunonlar fal­safa deb ataydigan fan, eng yaxshi olimlar tomonidan barcha eslatib o‘tilgan fanlar­ning asoschisi va go‘yo onasi deb tan olinadi. Shuningdek, olim tomonidan matematika, musiqa, grammatika, adabiyot, tilshu­nos­lik fanlariga ham baho beriladi. “Har holda agar men adash­masam, ushbu oli­janob san’atlar va fanlarga o‘z umrlarini baxshida qil­ganlardan ajoyib shoirlar juda kam chiqdilar. Ammo yorqin iste’dod noyob bo‘lgan bu sohada, agar senda taqqos­lash uchun bizning vatandoshlarimiz hamda yunonlar ora­sida eng yaxshilarini tanlab olish istagi paydo bo‘lsa, bari bir, yaxshi notiqlar yaxshi shoirlardan ko‘ra kamroq topiladi”, deb ko‘r­satadi. Bu bilan olim notiqlik alo­hida yorqin iste’dod talab qila­digan ish ekanligini ta’kidlaydi. “Ayrim fanlar va san’atlar mavhum va qi­yinchilik bilan erishiladigan manbalardan olinadi. Ammo suxandonlik, fasihlikda esa umumiy asoslar hamma­ning ko‘z o‘ngida bo‘ladi, ularga barcha yetisha oladi, ular har kungi ishlar va gaplar chegarasidan chiqmaydi. Suxan­don­likda nutq­ning odatdagi oddiy tuzilishi va hamma qabul qilgan tushun­chalardan og‘ishdan ortiq ayb yo‘q, deb ko‘rsatadi olim.
    Yunonistonda notiqlik san’atida birinchi bo‘lishga intilma­gan o‘spirinlar qolmagan. Suxandonlik – notiq­lik san’ati, har biri ayrim-ayrim holda ham tahlil etish juda qiyin bo‘lgan fanlarning yig‘indisidan iboratdir. Suxandonlik, fasihlik (arabcha-ochiq, ravshan, ravon: yoqim­li; uslubiyat qoidasiga muvofiq so‘zlovchi, fasohat bilan, chiroyli so‘zlovchi) qiyinchilik bilan o‘zlashtirila­digan va juda ham ko‘p bilimlar, sa’y-harakatlardan bunyod bo‘li­shini Sitseron alohida ta’kidlab o‘tgan. “Eng muhim fan­larni, mavzularni o‘rganmay turib har taraflama maq­tovga sazovor notiqqa aylanish mumkin emas”, deb yozgan olim. Notiq nutqi avvalo, faqat mavzuni to‘la bilishi asosidagina rivoj­lanishi zarur: ikkinchidan, mavzu ichi­dagi g‘oyalarni, mazmun­larni notiq o‘zi to‘la o‘zlashtirgan, o‘rgangan bo‘lishi zarur, uchin­chidan, agar notiq yoritayotgan mavzu ma’nosiga o‘zi to‘la tushunmay gapirsa, puch va hatto, bolalarcha mahma­donalik bo‘lib qoladi, to‘rtinchidan, “no­tiq” – tushunchasida suxandonlik, fasihlikka da’vo borli­gini bilishi kerak, majburiyat, chiroyli gapirish burchini his qilishi zarur, deb maslahat beradi yunon olimi.
    Sitseron “Notiqlik haqida”gi birinchi kitobida yunon fasih­ligi, suxandonligi haqida gapirib, eshituvchi olo­monni so‘z kuchi bilan o‘ziga butunlay zanjirband etish, bog‘lab olish, ularning e’tiborlarini jalb etish, ular­ning irodasini va erkini xohlagan tomoniga yo‘naltirish hamda qayerdan xohlasang, o‘sha yerdan qaytarish iqtidori bo‘lishi zarurligini aytib o‘tadi. Notiqlik – barcha hur xalqlarda, asosan tinchlik va osoyishtalik hukm surgan “davlatlarda hamma zamonlarda alohida hurmat-ehti­rom va kuchga ega bo‘lgan”. Notiqdan – “dono fikrlari va sal­moqli so‘zlari bilan tinglovchi aql-zakovatiga ta’sir etuvchi, aql hamda ko‘ngilga xush yoqimli ta’sir o‘tkazish” talab etiladi. Notiq-talabgorga yordam berish, mahzunlar ko‘nglini ko‘tarish, har qanday halokatdan qutqarish, xavf-xatardan xalos qilish, insonlarni hamyurtlari muhitida band qilishdan ham olijanob­roq va marhamatliroq hech narsa yo‘qligini ko‘rsatadi. “Notiq – ta’sirli so‘zi, do­nish­mandligi bilan o‘ziga izzat-obro‘ orttirishi­dan tash­qari, keng xalq ommasiga mamlakatdagi o‘zgarishlar, islo­hotlar, yangiliklar, baxtli hayot kechirayotganliklari maz­mun-mohiyatini tushunishlarini, his qilishlarini ta’­min­lashi kerak”, deb o‘ylaydi Sitseron. Notiqlik rivoj­lanishi va ulardan keng foydalanilganligi tufayli dav­latlarning dastlabki tartibot­lari ham saqlanib qolgan­ligiga sabablardandir. Insonlarning barkamolligi ular­ni notiqlikni, fasohatlikni yaxshi o‘zlashtirgan­ligi bilan bog‘liqdir, deb fikr bildiriladi. Yunon olimla­rining fikrlaricha, notiq – ilm-fan bilan qurollangan holatdagina chi­royli so‘zlashga tayyorlangan, so‘z topqir­ligi tufayli, boshqaruv quroli – suxandonlikdan foyda­langanlar, shuningdek, urf-odatlar, marosimlar mavjud qonun-qoidalarni mukammal bilish zarurligini tushun­gan­lar. Notiq – aytayotgan fikrini adolatli, afzalligiga ishontira olish san’ati nihoyatda kuchli, mohir bayon qi­lish orqali sodda shaklda tuzishi zarur. Notiq – mam­la­katda amal qilayotgan qonun-qoidalar, urf-odatlar va huquq bilan tanishgan hamda inson tabiati xarakterini, fe’lini bilishi, sez­girlik, mahoratiga ega bo‘lishi zarur. Notiq – bir vaqtning o‘zida huquqshunos, fizik, matema­tik, qisqasi, faylasuf bo‘lishi shart. Shuning uchun notiq­lik san’atini egallash hamma zamonlarda ham oson bo‘lmagan. “Notiqning oliy kuchi – odamlar qalbida g‘azab, nafrat yoki g‘am-alam bilan o‘t yoqish, achinish tuyg‘u­larini hosil qilgach, ushbu ehtiroslardan yana halimlik va shaf­qatga qaytarishdir”. “...Ta’sirchan, muzayyan, eshituvchilar­ning tuyg‘ulari va fikrlariga javob beruvchi nutqqina notiqning ayril­mas sarvatidir”. Suqrot: “...har kim ham nimani yaxshi bilsa, o‘sha narsada yetarli darajada fasih­dir”, – deganida naqadar haq edi.
    Sitseron “qanday odam notiq bo‘ladi?”, – degan savolga quyidagicha javob bergan: – “Notiq shunday odam bo‘ladiki, u odam so‘z bilan tahlil qilinishi lozim bo‘lgan har qan­day masalani aqlli, mavzun, tekis, chiroyli, yodda qola­digan va munosib ijroda bayon eta biladi. Notiqda o‘z us­tida ishlashi, mashq qilishi uchun bo‘sh vaqti, faylasufona olimlik, ilm-fanga ehtirosli intilish bo‘lishi zarur”.
    Demak, notiq – donishmand bo‘lishi kerak. Notiq – ifoda go‘zalligi haqidagi fanni bilishi zarur; notiq – falsafa ilmini to‘liq o‘zlashtirgan bo‘lishi shart, notiq barcha ezgu fazilatlarni o‘zida mujassam etgan bo‘ladi. “Notiq uchun birinchi galda tabiiy iqtidor, ik­kinchidan, aql, uchinchidan, tuyg‘u tiyrakligi, chinligi zarurdir”. “Notiq esa dialektik (al-jadaliy)ning o‘tkir aqli, faylasuf tafakkuri hattoki, deyarli shoir­ning so‘zi, qonunshunoslarning xotirasi, tragik fojeaviy artist­ning ovozi hamda aktyorning o‘yini, ijrosiga ega bo‘lishi zarur”.
    Xulosa qilib aytganda, notiqlik san’atida – topish, bezash, ziynatlash, joy-joyiga qo‘yish, esda saqlab qo­lish, ijro bo‘lishi talab etiladi. Miloddan avvalgi IV asrda yashagan yunon notig‘i Demosfen duduq, ovozi xasta, qisqa-qisqa nafas oladigan inson bo‘lganligi manbalarda ko‘rsatilgan. Ammo, Demosfen bu qusurlardan qutilish uchun avvalo, notiqlikka oid kitoblarni o‘qigan, olimlar­dan, mutaxassislardan maslahatlar olgan va uzoq mashaq­qatli mashq qilgan, oyna oldida, dengiz shovqinida, og‘­ziga tosh solib gapirishni mashq qilishi orqali mashhur notiqlik darajasiga erishgan. Shuning uchun Yunonistonda va Rimda yuqorida ko‘rib o‘tilganidek, notiqlikning ilk amaliy va nazariy asoslari yaratilgan. Aristotel tomoni­dan “Ritorika”, Sitseron tomonidan “Notiq”, “Notiqlik san’ati” kabi bebaho qo‘l­lanmalar vujudga kelgan.
    Markaziy Osiyoda yashagan barcha mutafakkirlar ham notiqlik san’ati va nutq madaniyatiga oid o‘z qarashla­rini turli asarlarida bayon qilganlar.



    Download 0.8 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   59




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling