O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti


Download 0.8 Mb.
bet13/59
Sana28.10.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1732133
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   59
Bog'liq
Notiqlik. Lotin 12.01.2021 (6)

Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy
(783-850)
Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy algebra fani asoschisi. “Algebra” so‘zi uning “Al-kitob al-muxtasar fi hisob al-jabr va al-muqobala” risolasidan olingan. Muso al-Xorazmiy Bag‘doddagi “Bayt al-hikma” (“Donish­mand­lar uyi”)­ga rahbarlik qilgan. Xorazmiy 20 dan ortiq asar yozgan, 10 tasi bizgacha yetib kelgan. “Hind hisobi ha­qida kitob”, “Qo‘shish va ayirish haqida kitob”, “Kitob surat ul-arz”, “Zij”, “Kitob ar-ruhoma”, “Kitob at-ta’rix” kabi kitoblari jahonga mashhur. Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy “Bayt al-hikma”da uzoq vaqt dars bergan, yosh olimlarni so‘zamolligi bilan lol qoldirgan. Xorazmiy­ning notiqligi, bilimdonligi, faylasufligi haqida ko‘p­lab rivoyatlar saqlanib qolgan. Uning notiqligi haqidagi rivoyatlarni o‘rganish galdagi dolzarb masalalardan bo‘­lib qolmoqda.


Ahmad al-Farg‘oniy
(797-865)
Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Farg‘oniy – Farg‘ona vodiysining Qubo (Quva) qishlog‘ida tug‘ilgan. Ahmad al-Farg‘oniy Bag‘doddagi “Bayt al-hikma”da faoliyat ko‘rsatgan va astronomiya, matematika, geografiya, geometriya, geologiya­ga oid ko‘plab asarlar yoz­gani ma’lum. Al-Farg‘oniyning 8 asari mavjud bo‘lib, ayniqsa, “Astronomiya asoslari haqida kitob”, “Asturlob yasash haqida kitob”, “Al-Farg‘oniy jadvallari”, “Oyning Yer ostida va ustida bo‘lish vaqtlarini aniqlash haqida risola”, “Quyosh soatini yasash haqida kitob”, “Yetti iqlimni hisoblash haqida” kitoblari mashhur. Al-Farg‘oniy ismi lotin­chada fanga “Alfraganus” nomi bilan kirgan. Ahmad al-Farg‘oniy “Bayt al-hikma”da dars bergan, yozma nutqi nihoyatda rivoj­langan degan fikrlar mavjud. Mutafak­kir katta notiq bo‘lgan. Biroq uning notiqlik faoliyati hali o‘rganilgan emas.
Imom al-Buxoriy
(810-870)
Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim ibn al-Mug‘iyra ibn Bardazbeh al-Juafiy al-Buxoriy 810-yil 20-iyulda Buxoro shahrida tavallud topgan. Imom al-Buxoriy nafaqat yirik olim, balki o‘zining go‘zal xulq-atvori, odamoxunligi, muruv­vatliligi, himmatliligi va beqiyos saxovatliligi bilan ajralib turgan. U zehni o‘tkirligi va yodlash qobiliyatining kuchliligi bilan xalq orasida shuhrat qozongan. Buxoriy 600 mingga yaqin ha­disni yoddan bilgan. Imom al-Buxoriy 20 dan ortiq asar­lar yozgan. “Al-jome’ as-sahih”, “Al-adab al-mufrad”, “At-ta’rix as-sag‘iy”, “At-ta’rix al-avsot”, “Kitob al-ilal”, “Kitob al-kuna” kabi asarlari mashhur. “Al-jome’ as-sahih” – yoki “Sahiyh al-Buxoriy” asarida 7275 ta hadis bo‘lib, takrorlanmaydigani 4000 hadisdan iboratdir. Jahonga mashhur hadisshunos olim Samarqand yaqi­nidagi Hartang qishlog‘ida 870-yil 1-sentyabrda og‘ir kasallik tu­fayli vafot etadi. Imom Buxoriy hadis ilmini rivoj­lantirgan va inson nimalarga qodir ekanligini ko‘rsatib bergan mutafak­kirdir. Xotirasi benihoyat baquvvat, esda olib qolish qobiliyati bilan butun insoniyatni ayni kun­larda ham lol qoldirib kel­moqda. Imom Buxoriy nihoyatda so‘zga usta, hozirjavob olim – notiq bo‘lganlar.



Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling