Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi Guliston davlat universiteti


Download 1.09 Mb.
bet17/72
Sana20.11.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1788259
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   72
Bog'liq
2- mavzu (1)

Shaxsga yoʻnaltirilgan ta’lim. Bu ta’lim oʻz mohiyatiga koʻra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini toʻlaqonli rivojlanishlarini koʻzda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bogʻliq oʻqish maqsadlaridan kelib chiqgan holda yondoshilishni nazarda tutadi.
Tizimli yondoshuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini oʻzida mujassam etmogʻi lozim: jaryonning mantiqiyligi, uning barcha boʻgʻinlarini oʻzaro bogʻlanganligi, yaxlitligi.
Faoliyatga yoʻnaltirilgan yondoshuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish, oʻquv jaryonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yoʻnaltirilgan ta’limni ifodalaydi.
Dialogik yondoshuv. Bu yondoshuv oʻquv jarayoni ishtirokchilarning psixologik birligi va oʻzaro munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning oʻz-oʻzini faollashtirishi va oʻz-oʻzini koʻrsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.
Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish. Demokratlilik, tenglik, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi oʻrtasidagi sub’ektiv munosabatlarda hamkorlikni, maqsad va faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e’tiborni qaratish zarurligini bildiradi.
Muammoli ta’lim. Ta’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta’lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni ob’ektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qoʻllashni mustaqil ijodiy faoliyati ta’minlanadi.
Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qoʻllash – yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini oʻquv jarayoniga qoʻllash.
Keltirilgan kontseptual yoʻriqlarga asoslangan holda, «Kompyuter grafikasi va dizayn» kursining maqsadi, tuzilmasi, oʻquv axborotining mazmuni va hajmidan kelib chiqgan holda, ma’lum sharoit va oʻquv rejasida oʻrnatilgan vaqt oraligʻida oʻqitishni, kommunikatsiyani, axborotni va ularni birgalikdagi boshqarishni kafolatlaydigan usullari va vositalari tanlovi amalga oshirildi.

Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling