Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi Guliston davlat universiteti
-mavzu: Maktabda informatika oʻqitishning mazmuni va vazifalari
Download 1.09 Mb.
|
2- mavzu (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 15-Mavzu: Maktabda informatika asosiy tushunchalari va operatsion sistemalarni oʻrganish
- 3 «Matematika oʻqitish metodikasi» oʻquv kursi boʻyicha ma’ruza mashgʻulotlarda oʻqitish texnologiyalarini ishlab chiqishning kontseptual asoslari
14-mavzu: Maktabda informatika oʻqitishning mazmuni va vazifalari
«Informatika va hisoblash texnikasi asoslari» fanini oʻqitishning maqsadlari. Axborot (informatsiya) soʻzi Informatika oʻrganadigan uchta asosiy tushuncha.Informatika va hisoblash texnikasi asoslari fanining asosiy maqsadlari Informatika va hisoblash texnikasi asoslari” fani oʻquv dasturi va uning mazmuni. “Informatika va hisoblash texnikasi asoslari” fani dasturi asosiy vazifalari. Informatika ta’limning tayanch qismi Ta’limda innovatsion texnologiyalar. Informatika va HT mavzulari va oʻrganish soatlari. Maktabda informatika oʻqitishning asosiy yoʻnalishlari. Informatika va HT ni oʻqitish usullari. 15-Mavzu: Maktabda informatika asosiy tushunchalari va operatsion sistemalarni oʻrganish Informatika asosiy tushunchalari. dastur, dasturlash., algoritm, operatsion sistema, texnologiya. informatika asosiy tushunchalarini egallashda nazariya va amaliyotning uzviyligi boʻlishioʻqituvchi quyidagi oʻqitish uslublari Yangi operatsion sistemalar va ularni oʻrganish xususiyatlari. Informatika darslarida yangi operatsion sistemalarni oʻqitish Informatika darslarida oʻquvchilarda kompyuter bilan ishlash koʻnikmalarini shakllantirish. informatika darslarida oʻquvchilarni ham nazariy, ham amaliy koʻnikmalarni tarkib toptirish, bunda asosiy tushunchalar bilan birga amaliy tayyorgarlik, operatsion sistemalarni qoʻllash xususiyatlarini bilishlari va ularni kompyuter bilan ishlash koʻnikmalarini egallashlari. Internet tizimidan foydalana olish. Boshqa texnik vositalar yordamida bilimlarni qoʻllay olish.
Oʻzbekiston oʻz istiqlol va taraqqiyot yoʻlidan rivojlanib, xalqaro maydonda oʻzining munosib oʻrnini topmoqda. Davlatimizning mustaqil taraqqiyot yoʻlini ta’minlash uchun ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma’rifiy sohalarda chuqur islohotlar amalga oshirilmoqda. Jamiyat va inson manfaatiga qaratilgan bu islohotlarning samarasi bevosita ta’lim tizimida tayyorlanayotgan mutaxassis kadrlarning salohiyatiga bogʻliqdir. Shu bois mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab sifatli kadrlar tayyorlashga qodir milliy asosga qurilgan va jahondagi ilgʻor davlatlar ta’limi taraqqiyoti tajribalariga tayanadigan kadrlar tayyorlash tizimini yaratish asosiy vazifalaridan biriga aylandi. Oʻzbekiston Respublikasining “Ta’lim toʻgʻrisida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” milliy ta’lim taraqqiyoti va milliy kadrlar tayyorlash tizimi istiqbollarini belgilovchi xujjat sifatida bu sohadagi ishlarni rivojlantirishda yana bir tarixiy davr boshlanishiga zamin yaratdi. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining ikkinchi bosqichi ta’lim jarayonidagi sifat koʻrsatkichlarini yaxshilash, ya’ni jahon andozalariga mos, raqobatbardosh, yuqori saviyaga ega boʻlgan mutaxassislar tayyorlashdir. Ushbu murakkab muammolarni echimini topib, ularni amalda keng qoʻllash oliy ta’lim tizimi xodimlari oldiga juda katta vazifalar belgilaydi. Bunda aniq vazifalar sifatida bevosita oʻquv jarayonini yaxshilash, oʻquv dasturlarini yanada takomillashtirish, oʻqitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalarini amalga joriy qilish, texnik vositalaridan keng foydalanish va shu asosda masofadan oʻqitishni keng joriy qilishdan iboratdir. «Matematika oʻqitish metodikasi» kursining maqsad vazifasiga matematika va informatika oʻqitish usullari zamonaviy muammolarini va uning rivojlanish tendentsiyasini bilishi;zamonaviy pedagogik texnologiyalarning matematika oʻqitishda foydalanish usullarini egallashi;oʻzining oʻquv jarayonida va kelgusidagi professional faoliyatida matematika va informatika oʻqitish usullaridan foydalana olish; matematika va informatika oʻqitish usullarini qoʻllay olishi; matematika va informatika oʻqitish usullari nazariy asoslari va oʻqitish printsiplari asosida pedagogik faoliyatni samarali amalga oshira olish kiradi. Ta’lim sifati va usuliga qarab bilim hosil boʻladi. Bu oʻqituvchining mahoratigagina emas, balki tinglovchining istak-hohishi, qobiliyati va bilim darajasini ham belgilaydi. Ta’lim uzoq davom etadigan jarayondir. Bilim esa ta’limning uzluksizligi vositasida beriladigan mavhum tushunchaga ega boʻlgan hodisadir. Bilim xususiylikka ega boʻlsa, ta’lim umumiylikka egadir. Ta’lim barcha uchun bir xilda davom etadigan jarayon. Bilim ob’ektiv borliqdagi voqea-hodisalarning in’ikosi natijasida inson miyasidagi mushohadalar va tasavvurlar natijasida hosil boʻladigan tushunchalar yigʻindisi sifatida namoyon boʻladi. Ta’limdagi sifat uni berishda ishtirok etadigan kishilar sifati bilan belgilansa, bilim individuallikka ega boʻladi. Ta’limni amalga oshiradigan yoki dars beradigan kishilarning saviyasi turlicha boʻlishi mumkin. Lekin guruhdagi talabalarga beriladigan ta’lim bir xildir. Oʻqituvchi bilim emas, balki ta’lim beradi. Talaba esa ana shu ta’lim jarayonida bilimga ega boʻladi. Buning uchun u mustaqil oʻqiydi, tayyorlanadi, mushohada qiladi, tasavvurlarga ega boʻladi, eshitganlari va oʻqitganlarini sintez qiladi. Natijada bilimga ega boʻladi. Oʻquv jarayoni bilan bogʻliq ta’lim sifatini belgilovchi holatlar quyidagilar: yuqori ilmiy-pedagogik darajada dars berish, muammoli ma’ruzalar oʻqish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilgʻor pedagogik texnologiyalardan va multimedia qoʻllanmalardan foydalanish, tinglovchilarni undaydigan, oʻylantiradigan muammolarni ular oldiga qoʻyish, talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, ijodkorlikka undash, erkin muloqot yuritishga, ijodiy fikrlashga oʻrgatish, ilmiy izlanishga jalb qilish va boshqa tadbirlar ta’lim ustivorligini ta’minlaydi. Aytilganlardan kelib chiqqan holda «Matematika oʻqitish metodikasi» oʻquv kursi boʻyicha ta’lim texnologiyasini loyihalashtirishdagi asosiy kontseptual yondoshuvlarni keltiramiz: Download 1.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling