Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi Guliston davlat universiteti
Download 1.09 Mb.
|
2- mavzu (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qoʻshimcha adabiyotlar
- «MATEMATIKA OʻQITISH METODIKASI» FANINING NAMUNAVIY OʻQUV DASTURI Kirish
TAVSIYA ETILADIGAN ADABIYOTLAR :
Asosiy adabiyotlar 1.Ta’lim toʻgʻrisidagi Qonun. 2.Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. 3.Umumta’lim maktab, akademik litsey matematika darsliklari. 4.Alixanov S. Matematika oʻqitish metodikasi. – T:Oʻqituvchi, 1993 y. 5.Metodika prepodavaniya matematiki. Obhaya metodika. M:Prosvehenie, 1985 g. 6.Metodika prepodavaniya matematiki. Obhaya metodika. Yu.M.Kolyagin i dr. – M: 1975 g. 7.Metodika prepodavaniya geometrii. Planimetriya.. –M, 1967 g. 8.Metodika prepodavaniya matematiki. Chastnaya metodika. Pod red. V.I.Mishina.-M:Prosvehenie, 1987 g. 9.Metodika prepodavaniya matematiki. Chastnaya metodika. Yu.M.Kolyagin i dr. – M.1977 g. Qoʻshimcha adabiyotlar 1.Ta’lim taraqqiyoti. 4 – maxsus son. T.,Oʻqituvchi ,1999 yil. 2.Matematika – 5, Matematika – 6. – T.:Oʻqituvchi 1999 y. 3.Algebra – 7, Algebra – 8, Algebra –9, Oʻquv darsliklari. – T.:Oʻqituvchi-1998 yil. 4.Informatika va hisoblash texnikasi asoslari. – T., 1999 yil. 5..Stolyar A.A. Pedagogika matematiki. – M., Prosvehenie, 1982 g. 6.Metelskiy A. Didaktika matematiki. – Minsk, 1991 g. 7.Ostonov Q.Matematika oʻqitish metodikasi. Ma’ruzalar matni.-Samarqand, SamDU.2001. «MATEMATIKA OʻQITISH METODIKASI» FANINING NAMUNAVIY OʻQUV DASTURI Kirish Ushbu dastur universitet matematika ta’lim yoʻnalishi talabalari uchun moʻjallangan. Matematika oʻqitish metodikasi keng tarmoqli fan boʻlib, u pedagogika, psixologiya va didaktika boʻyicha ilmiy tadqiqotlarda muhim gʻoyaviy qurol vazifasini bajaradi. Ushbu fan pedagogika, psixologiya va didaktika sohalarida mavjud boʻlgan va ta’lim jarayonida oʻquvchtilarni intellektual qobiyalitlarini rivojlantirish uchun matematik bilim,koʻniukma va malakalarni shakllantirish usullari va matematik ta’limning umumiy qonkiyatlarini va oʻqitishga zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish xususiyatlarini oʻrganishga xizmat qiluvchi qudratli qurol hisoblanadi. Ma’lumki, hozirgi davrda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va «Ta’lim toʻgʻrisidagi Qonun» talablaridan kelib chiqib, oliy malakali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni har tomonlama takomillashtirishni talab etmoqda. Yoshlarldda nazariy va amaliy bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish, ularda intellektual faoliyatga qiziqishga qobiliyatli, kelgusi hayotini oliy oʻquv yurtlariga kirish va ilmiy faoliyat bilan shugʻullanishni maqsad qilib qoʻyganlarini tarbiyalab yetishtirishi lozim. Bunday sharoitlarda zamonaviy ilmiy-uslubiy saviya matematika boʻyicha oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil eta oladigan matematika oʻqituvchilariga katta ehtiyoj tugʻilmoqda, ular turli oʻquv yurtlarida ularning xususiyatlarini hisobga olgan holda oʻqita oladigan oʻqituvchilar ham boʻlishi zarur. Bunda asosiy oʻringa oʻqitishning «Matematikani chuqurlashtirib oʻqitish», «Matematik iqtidorlik» kabi dasturlari chiqmogʻi lozim. Shuning uchun universitetlarning mexanika-matematik fakultetlarida yuqori malakali matematik oʻqituvchilari tayyorlashga imkon beruvchi matematika oʻqitish uslublari va nazariyasi fanini oʻqitish sifatini oshirish zamon talabi va juda ham zarur hisoblanadi. Fanni kiritishdan maqsad talabalarga umumta’lim maktablarida matematika oʻqitish qonuniyatlari va ushbu qonuniyatlardan oʻquv jarayonida qoʻllanish usullarini oʻrgatish, ularda kelgusi faoliyatlarida nazariy va amaliy jihatdan pedagogik faoliyatda foydalana olish koʻnikma va malakalarni shakllantirish qobiliyatini rivojlantirish hisoblanadi. Matematika oʻqitish metodikasi oʻrganish jarayonida pedagogika, psixologiya, didaktika, axborot texnologiyalari, yangi pedagogik texnologiyalar kabi matematikaning turli tarmoqlari tadqiqot metodlari va natijalaridan keng foydalaniladi. Download 1.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling