Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi Guliston davlat universiteti


«Matematika oʻqitish metodikasi» kursining dolzarbligi va oʻqitish strukturasi


Download 1.09 Mb.
bet7/72
Sana20.11.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1788259
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   72
Bog'liq
2- mavzu (1)

1.



«Matematika oʻqitish metodikasi» kursining dolzarbligi va oʻqitish strukturasi

Matematika oʻqitish metodikasikeng tarmoqli fan boʻlib, u pedagogika, psixologiya va didaktika boʻyicha ilmiy tadqiqotlarda muhim gʻoyaviy qurol vazifasini bajaradi. Ushbu fan pedagogika, psixologiya va didaktika sohalarida mavjud boʻlgan va ta’lim jarayonida oʻquvchtilarni intellektual qobiyalitlarini rivojlantirish uchun matematik bilim,koʻniukma va malakalarni shakllantirish usullari va matematik ta’limning umumiy qonkiyatlarini va oʻqitishga zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish xususiyatlarini oʻrganishga xizmat qiluvchi qudratli qurol hisoblanadi. Ma’lumki, hozirgi davrda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va «Ta’lim toʻgʻrisidagi Qonun» talablaridan kelib chiqib, oliy malakali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni har tomonlama takomillashtirishni talab etmoqda.


Hozirgi paytda Oʻzbekiston Respublikasida umumiy oʻrta ta’lim tizimini ikki bosqichli tizimga,ya’ni toʻqqiz yillik umumta’lim, hunar-kollejlari va akademik litseylarida oʻqish tizimiga oʻtkazish amalga oshirilmoqda.
Hunar-kasb kollejlari yoshlarning koʻprok qismini kasb mehnatiga, ishlab chiqarish, ta’limdagi va madaniyatdagi faoliyatga tayyorlash vazifalarini amalga oshirishi zarur. akademik litseylar esa yoshlarldda nazariy va amaliy bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish, ularda intellektual faoliyatga qiziqishga qobiliyatli, kelgusi hayotini oliy oʻquv yurtlariga kirish va ilmiy faoliyat bilan shugʻullanishni maqsad kilib qoʻyganlarini tarbiyalab etishtirishi lozim. Bunday sharoitlarda zamonaviy ilmiy-uslubiy saviya matematika boʻyicha oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil eta oladigan matematika oʻqituvchilariga katta ehtiyoj tugʻilmoqda, ular turli oʻquv yurtlarida ularning xususiyatlarini hisobga olgan holda oʻqita oladigan oʻqituvchilar ham boʻlishi zarur. Bunda asosiy oʻringa oʻqitishning «Matematikani chuqurlashtirib oʻqitish», «Matematik iqtidorlik» kabi dasturlari chiqmogʻi lozim. Shuning uchun universitetlarning mexanika-matematik fakultetlarida yuqori malakali matematik oʻqituvchilari tayyorlashga imkon beruvchi matematika oʻqitish uslublari va nazariyasi fanini oʻqitish sifatini oshirish zamon talabi va juda ham zarur hisoblanadi.
Fanni kiritishdan maqsad talabalarga umumta’lim maktablarida matematika oʻqitish qonuniyatlari va ushbu qonuniyatlardan oʻquv jarayonida qoʻllanish usullarini oʻrgatish, ularda kelgusi faoliyatlarida nazariy va amaliy jihatdan pedagogik faoliyatda foydalana olish koʻnikma va malakalarni shakllantirish qobiliyatini rivojlantirish hisoblanadi.
Matematika oʻqitish metodikasi oʻrganish jarayonida pedagogika, psixologiya, didaktika, axborot texnologiyalari, yangi pedagogik texnologiyalar kabi matematikaning turli tarmoqlari tadqiqot metodlari va natijalaridan keng foydalaniladi.
Fanni oʻrganishda mashgʻulotlarning ma’ruza, mustaqil ta’lim shakllaridan foydalaniladi va interfaol usullarning aqliy hujum, klaster, taqdimot, bumerang texnologiyalari qoʻllaniladi.



Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling