Mavzu . Matematika oʻqitishda ilmiy usullar.
Ilmiy tadqiqot usullarining umumiy tavsifi. Tabiat qonunlarini oʻrganishda matematika maxsus vositalar, tadqiqotning ilmiy usullaridan foydalanilishi. Matematik tadqiqotning matematika oʻqitishda qoʻllaniladigan asosiy usullari
Kuzatish va tajriba. Kuzatishni oddiy qabul qilishdan farqi. Kuzatish va tajriba usullari tabiiy fanlar, fizika, kimyo, biologiyada asosiy oʻrinni egalash sabablari.Matematika esa umumiy holda tajribaviy fan emas, shuning uchun matematik tadqiqotlarda bu usullardan qoʻllanilishi.
Taqqoslash va analogiya. Taqqoslashni qoʻllashdagi talablar. Matematika oʻqitishda ham taqqoslashdan foydalanish. Analogiya-taqqoslanayotgan ob’ektlarning xususiy xossalari (belgilari) oʻxshashligiga asoslangan tasdiq ekanligi. Analogiya oʻqitishda qoʻllanilishi. Matematika oʻqituvchisi uchun analogiya boʻyicha notoʻgʻri tasdiqlarning uchrash imkoniyatlari.
Analiz va sintez. Analiz va sintez tadqiqot usullarining matematika oʻqitishda turli shakllari. Analitiko-sintetik usul. Analiz ikki xil shaklda “filtr” shaklida va sintez orqali qoʻllanilishi. Analizning sintez orqali qoʻllanilishiga misollar. Analiz va sintezni teoremalarni isbotlashda qoʻllanilishi. matematik tadqiqotda va oʻqitish jarayonida analiz va sintez birgalikda qoʻllanilishi.
Umumlashtirish, maxsuslashtirish, konkretlashtirish va abstraktsiya-lash.
Umumlashtirishda ob’ektlar toʻplamiga tegishli va bu ob’ektlarni birlashtiruvchi birorta xossani fikran ajratish ekanligi. Umumlashtirishda: a) ob’ekt biror oʻzgarmasni oʻzgaruvchi bilan almashtirish( uchburchakni koʻpburchak bilan); b) oʻrganilayotgan ob’ektga qoʻyilgan cheklashni olib tashlash( masalan, birinchi chorakdagi burchakni ixtiyoriy burchak bilan) usullarindan foydalanish.
Maxsuslashtirish –berilgan toʻplamdan bunda yotuvchi toʻplamga qarashga oʻtishdan iboratligini tushuntirish.
Abstraktsiyaning analiz va umumlashtirish kabi ikki xil shaklda boʻlishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |