Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi Guliston davlat universiteti


- Mavzu. Matematik ta’lim usullari


Download 1.09 Mb.
bet11/72
Sana20.11.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1788259
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   72
Bog'liq
2- mavzu (1)

4 - Mavzu. Matematik ta’lim usullari
Matematika oʻqitishning an’anaviy usullari. Mustaqil ishlar. Oʻqitishda lektsiya (ma’ruza) usuli kam qoʻllaniladi, bunda oʻqituvchi materialni oʻzi bayon etadi. Bu usul asosan yuqori sinflarda foyda beradi. Amaliy va laboratoriya ishlari ham matematika oʻqitishda an’anaviy usullardan hisoblanadi.

Muammoli ta’lim usuli. Muammoli ta’lim usuli bilan bayon etishda


mavzularni yoritilish imkoniyatlari.
Matematika oʻqitishning yangi texnologiyalari. Matematika oʻqitishdagi usullar ham hozirgi davrda takomillashib, yangicha pedagogik texnologiyalar asosida qoʻllanishi.Tayanch konspektlarga asoslangan oʻqitish usuli (V.F. Shatalov usuli), yiriklashgan didaktik birliklar usuli (P.M.Erdniev usuli) va x.k.lar. Ta’limni differentsiallashtirish usuli ham shular jumlasidandir.
Darslarni nostandart usullarda tashkil qilish keyingi yillarda oʻyin tarzida oʻtkazish usullarini ham amaliyotda keng qoʻllashga alohida e’tibor berilmoqda. Masalan, darslarni moʻ’jizalar maydoni, didaktik oʻyinlar tarzida tashkil qilish.
5 – Mavzu. Matematika oʻqitish printsiplari.
Matematika oʻqitish printsiplarining mohiyati. Pedagogikada umumiy ta’lim printsiplarini matematika oʻqitish jarayoniga qoʻllash maktab va umuman oʻquv yurtlarida matematika oʻqitishga qoʻyiladigan yagona talablar majmuasidan iborat. Matematika oʻqitishga jamiyat va fan qoʻyadigan asosiy talablarni oʻz ichiga oladi. Matematika oʻqitish metodikasi bu printsiplarni quyidagicha belgilaydi:a) ilmiylik; b) tarbiyaviylik; v) koʻrgazmalilik;g) onglilik va faollik; d) puxta oʻzlashtirish; e) sistemalilik va ketma-ketlilik;j) moslik; z) tabaqalashtirish va individuallashtirish.
Umuman olganda, matematika oʻqitish printsiplari maktabda oʻqitish- ning jamiyat talablariga mos ravishda qanday amalga oshirilishi va bunda asoslaniladigan asosiy talablarni oʻz ichiga oladi.
Ilmiylik va tarbiyaviylik printsipi. Ilmiylik printsipi matematika oʻqitish mazmunining ilmiy boʻlishi, matematikaning hozirgi ahvoli va uning rivojlanishini ob’ektiv aks ettirishi. Tarbiyaviylik printsipi oʻquvchilarga fanga boʻlgan qiziqishni uygʻotish, yangi bilimlarni oʻzlashtirishga harakatini, ularni egallash va mustaqil kengaytira olishga oʻrgatishi.
Koʻrgazmalilik printsipi. Koʻrgazmalilik printsipi matematika oʻqitishning eng muhim printsiplaridan biri boʻlib, u oʻquvchilarning chuqur va puxta bilim olishlari uchun asosiy sharoitlarni ta’minlashga
Onglilik va faollik printsipi. Onglilik, faollik va mustaqillik printsipini amalga oshirish shartlari.
Puxta oʻzlashtirish printsipi oʻquvchilarning ta’limni muvaffaqiyatli davom ettirishlari uchun, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, ularni qobiliyatlarini rivojlantirish amaliy faoliyatga tayyorlash uchun zarurligi.
Sistemalilik va ketma-ketlilik printsipi.Oʻqitishda bilimlarning sistemali va ketma-ket bayon etilishi.
Moslik printsipi. Matematik ta’limda bilimlarning oʻquvchilar yosh xususiyatlariga hisobyuga olgan holda berilishi.
Tabaqalashtirish va individuallashtirish printsipi. Tabaqalashtirish oʻqitishda oʻquvchilarni oʻz bilim saviyasi va qobiliyatlariga koʻra guruhlarga ajratgan holda, tabaqalarga boʻlgan holda oʻqitishni nazarda tutishi.Individuallashtirish esa har bir oʻquvchining psixologik,ruhiy va bilim saviyalarini hisobga olgan holda oʻqitilishidan iboratligi.

Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling