O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi I. K. Umarova. G. Q. Salijanova
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
METALLI RUDALARNI BOYITISH ДАРСЛИК 2020 MRBT
3.7. Flоtаtsiya jаrаyonigа tа’sir etuvchi оmillаr Flotatsiya - universal va yuqori texnologik ko‘rsatkichlarga erishish mumkin bo‘lgan jarayon hisoblanib, uning borishiga ko‘p sonli omillar ta’sir qilishi mumkin. Ularga: dastlabki mahsulotning mineral tarkibi va yirikligi, bo‘tananing zichligi, harorat, reagent tarkibi, suvning tarkibi, flotatsiya vaqti, bo‘tananing mashinadagi aeratsiyalanish darajasi va h.k. 138 Boyitilayotgan rudaning mineral tarkibiga qo‘llanadigan reagentlarni tanlash, ularning sarfi, va rudadagi komponentlarni ajralish ketma-ketligi tanlanadi. Rudani mineral - petrografik o‘rganish asosida flotatsiyadan oldin hamma mineral komponentlarning tarkibi, o‘simtalarning o‘zaro tuzilishi, begona aralashmalarining oksidlanish darajasi va har qaysi komponentning massa ulushi belgilanadi. Buning asosida reagentlar tanlanadi, yanchish va flotatsiya sxemalari belgilanadi. Turli xil rudalar turlicha flotatsiyalanadi. Sulfidli minerallarni nosulfid minerallardan flotatsiya usuli bilan oson ajratish mumkin. Sulfidli rudalarning oksidlanishi va tanlab eritilishi natijasida hosil bo‘lgan oksidli rudalarning flotatsion qobiliyati sust bo‘ladi va ular avval sulfidlanmasdan turib flotatsiyalanmaydi. Flotatsiyada dastlabki mahsulotning yirikligi shunday bo‘lishi kerakki, qimmatbaxo komponent zarrachalari o‘ziga yopishgan puch tog‘ jinslari minerallardan to‘liq ozod bo‘lgan va flotatsiyalanuvchi zarrachalarning o‘lchami havo pufakchalarining ko‘tarilishi kuchiga mos kelishi kerak. Odatda flotatsiyani zarrachalarning o‘lchami 0,02-0,5 mm orasida olib boriladi. Flotatsiyalanuvchi mineral zarrachalarning maksimal o‘lchami ularning gidrofobligiga va shakliga bog‘liq. Rudani flotatsiyadan oldin yanchganda shunga erishishkerakki, dastlabki bo‘tana tarkibida flotatsiyalanishi mumkin bo‘lmagan yirik zarrachalar ham, shuningdek, ajralishni keskin ko‘paytiruvchi va reagentlar sarfini oshiruvchi,o‘lchami 0,02 mm dan kichik bo‘lgan shlamlar bo‘lmasin. Bo‘tananing qattiq zarrachalarining massa ulushi 15-40% gacha bo‘lishi mumkin. Flotatsiya’ning ba’zi operatsiyalarida suyuqroq bo‘tana ishlatish maqsadga muvofiq bo‘lsa, ayrim operatsiyalar uchun esa bo‘tana quyultiriladi. Bo‘tananing zichligi katta bo‘lganda uning pufakchalar bilan to‘yinish darajasi pasayadi, yirik mineral zarrachalarning flotatsiyalanishi yomonlashadi, konsentratning sifati pasayadi. Yuqori sifatli konsentrat olinishi talab qilinganda flotatsiya suyuqroq bo‘tanada olib boriladi. Haroratning ortishi ko‘p xollarda flotatsiya jarayoniga ijobiy ta’sir etadi. Bunda bir qator reagentlarning (ayniqsa, yog‘ kislotalari va sovunlar) eruvchanligi ortib, ularning sarfi kamayadi. shu bilan bir vaqtda to‘plovchi sifatida ksantog‘enatlar 139 ishlatilganda bunday xol kuzatilmaydi va bunda bo‘tanani faqat qish kunlaridagina isitish maqsadga muvofiq. Flotatsiyada reagentlar tarkibi ishlatilayotgan reagentlarning turi, ularning sarfi, jarayonga berilish tartibi reagentlarning bo‘tana bilan ta’sirlashuv vaqti bilan belgilanadi. Reagent tartibi berilgan rudaning flotatsion qobiliyatini, mineral zarrachalarni yirikligi, suvning tarkibi va h.k.larni o‘rganish borasida olib borilgan tajribalar asosida tanlanadi. Odatda reagentlar quyidagi ketma-ketlikda qo‘shiladi: muhitning regulyatorlari, depressorlar (aktivatorlar), to‘plovchi va ko‘pik hosil qiluvchilar. Muhit regulyatorlari tegirmonga yoki chanlarga beriladi. To‘plovchilar esa kontakt chanlar yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri flotomashinalarga beriladi. Tuplovchi odatda bira-to‘la emas, balki oz-ozdan qo‘shiladi. Ko‘pik hosil qiluvchilar flotatsion kameraga beriladi. Suvning tarkibi - flotatsiya jarayoniga ta’sir qiladi, chunki suv zining tarkibida har xil ionlar, yerigan gazlar va boshqa qo‘shimchalarni saqlaydiki, ular muhitning pH ini o‘zgartirib, ko‘pik hosil bo‘lishini yomonlashtiradi va reagentlar sarfini oshiradi. Bo‘tanadagi ionlar kerak bo‘lmagan holda minerallarga aktivligini oshiruvchi yoki sundiruvchi sifatida ta’sir qilishi mumkin. Flotatsiya vaqti-flotatsiyalanuvchi komponentning konsentratga ajralish darajasi va konsentratning sifatini belgilaydi. Olib borilgan tajribalar shuni ko‘rsatadiki, flotatsiya vaqtining ma’lum bir chegarasi (optimum) bo‘lib, flotatsiya vaqtining optimumdan oshishi iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas, chunki qimmatbaho komponentning konsentratga ajralishining sezilarsiz darajada ortishi flotatsiya vaqtining ancha uzayishi, konsentratsifatining yomonlashishi va flotatsion mashina ishlab chiqarish unumdorligining kamayishi hisobiga sodir bo‘ladi. Bo‘tananing ayeratsiyalanish darajasi flotatsiya vaqti va boyitishning texnologik ko‘rsatkichlariga ta’sir qiladi. Bo‘tananing ayeratsiyalanish darajasi ortishi bilan flotatsiya vaqti kamayadi. Biroq, bo‘tanani havo bilan xaddan tashqari to‘yintirish ularni qo‘shilishini ko‘paytiradi. Nisbatan yirik pufakchalar katta tezlikda qalqib chiqib, ulardan mineral zarrachalarning ajralish ehtimolini oshiradi. Butanada mineral 140 zarrachalarni ko‘tarish uchun nisbatan yirik zarrachalar (d = 1mm) ning ham, va mineral zarracha yuzasini aktivlashtiruvchi mayda pufakchalarning ham bo‘lishi kerak. Flotatsiya’ning samarali ketishiga flotatsion mashinaning ishlashsharoiti ham ta’sir qiladi. Mashinaga tushayotgan bo‘tananing xajmi va undagi qattiq zarrachalarning massa ulushi (zichligi) doimiy bo‘lishi kerak. Flotatsion mashinani xaddan tashqari yo‘qlashmetallni konsentratga ajralishini kamaytiradi, chunki flotatsiya vaqti kamayadi. Mashinaga yetarli miqdorda mahsulot solinmasa, buning aksicha, flotatsiya vaqti ortadi va ko‘pikli mahsulotga puch tog‘’ jinslari o‘tib ketib, konsentratsifati yomonlashadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling