O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi I. K. Umarova. G. Q. Salijanova
Flоtаtsiоn mаshinаlаrning turlаri. Mexanik flotatsion mashinalar
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
METALLI RUDALARNI BOYITISH ДАРСЛИК 2020 MRBT
3.8. Flоtаtsiоn mаshinаlаrning turlаri. Mexanik flotatsion mashinalar Flotatsiya jarayoni flotatsion mashinalar deb ataluvchi boyitish apparatlarida amalga oshiriladi. Flotatsion mashinalarning konstruktsion tuzilishi va ishlatilishi sohalaridan qat’iy nazar ularning umumiy belgisi ishchi muhit sifatida mayda havo pufakchalari bilan to‘yingan bo‘tananing ishlatilishidir. Butanani aralashtirish va ayeratsiyalash usuliga karab flotatsion mashinalar 3 turga bo‘linadi: 1) mexaniq 2) pnevmatik 3) pnevmomexaniq Mexaniq flotatsion mashinalarda bo‘tanani aralashtirish, xavoni mayda pufakchalarga ajratish va atmosfyeradan havoni surish impellyer (maxsus konstruktsiyaga ega aralashtirgich) 1 yordamida amalga oshiriladi. Pnevmatik flotatsion mashinalarda bo‘tanani havoga to‘yintirish va uni aralashtirishhavo puflovchi mashina orqali beriladigan sikilgan havo yordamida amalga oshiriladi. 141 3.6-rasm. Mexaniл flotatsion mashina Mashinato‘siqorqalibirnechtato‘g‘rito‘g‘riburchaklikameralargabo‘linganvannadanibor at. Uharbiriikkita-so‘ruvchivaoqibutuvchikameralardaniboratsektsiyalardanyigiladi. Har qaysi kamerada markaziy truba bo‘lib, uning ichida impellari bor val aylanadi. Impellar vertikal valga qattiq mahkamlangan radial parrakli rotordan iborat. Val klinoremenli uzatma orqali elektrodvigateldan harakatga keltiriladi. Markaziy trubaning quyi qismi kengaytirilgan va gorizontal holdagi (bo‘tanani tsirkulyatsiya qiluvchi va yunaltiruvchi parrakli) impelllyer usti diski o‘rnatilgan stakanga o‘tadi. Parraklar disk radiusiga nisbatan 60 0 li burchak ostida joylashgan. 3.7.-rasm. Mexanik mashinada stator parraklarini o‘rnatishs xemasi 142 Parrakli disk mashinaning statori deyiladi. Stator impellyeri to‘xtaganda, uni loyiha bilan to‘lib qolishdan asraydi. Stakan uchta teshikka ega. Ulardan biriga suruvchi kameralarda suruvchi patrubok (qisqa-tarmoqlangan truba) ulangan. Oqib o‘tuvchi kameralarda bu teshik probka bilan berkitib qo‘yiladi. Qolgan ikkita teshik bir- biriga qarama-qarshi joylashgan bo‘lib, oraliq mahsulotni qaytadan flotatsiyalash uchun kameraga qaytarishga xizmat qiladi. Agar oraliq mahsulot kameraga qaytarilmasi, teshiklarning biri probka bilan yopib qo‘yiladi, ikkinchisi esa tortish kuchi bilan so‘riluvchi shiber bilan yopiladi. shiber yordamida impellarga tushayotgan bo‘tananing sarfi boshqariladi. Suruvchi va oqib o‘tuvchi kameralar bir-biridan pastki qismida teshigi bor to‘siq bilan ajratilgan, shuning hisobiga kameralarda butana bir xil sathda ushlanadi. Mexaniq flotatsion mashinaning asosiy detali impellyerhisoblanib, u havoni surish va so‘rilgan havoni mayda zarrachalarga ajratishni ta’minlaydi va butanani havo bilan to‘yintiradi. Impellyerni aylanish tezligi qancha katta bo‘lsa, u shuncha ko‘p havoni so‘radi. Lekin bu tezlik xaddan tashqari katta bo‘lmasligi kerak, aksholda tez aralashish natijasida mineral zarrachaning havo pufakchasidan o‘zilishi sodir bo‘ladi. Mashina quyidagicha ishlaydi. Bo‘tanani yo‘qlovchi cho‘ntakdan patrubka orqali impellar ustidagi bushlikka suriladi, u yerdan katta tezlikda stator parraklari orasidan kameraga otib tashlanadi. Bu vaqtda impellyer zonasidagi bosimda farqhosil bo‘ladi va markaziy truba va patrubok orqali atmosfyeradan havo so‘riladi; so‘rilgan xavo juda ko‘p mayda zarrachalarga parchalanib, bo‘tanani butun xajmi bo‘yicha tarqaladi. Mineral zarrachalar bilan to‘qnashgan havo pufakchalari minerallashadi va butananing yuzasiga ko‘tariladi, ko‘pik holida ko‘pik haydovchi mexanizm yordamida tarnovchaga tushiriladi. Havo pufakchalari bilan ko‘tarilmay qolgan mineral zarrachalar,shu jumladan havo pufakchalaridan ajratib qolgan (o‘zilib) zarrachalar yana stator diskidagi teshikcha orqali impellar zonasiga so‘riladi. Birinchi kamerada flotatsiyalanmagan minerallar tusiqdagi teshik orqali oqib o‘tuvchi kameraga o‘tadi va u yerda flotatsiya qaytariladi. Oqib o‘tuvchi kamerada butana shiber bilan boshqariluvchi teshik orqali impellarga tushadi. 143 Oqib o‘tuvchi kameradan bo‘tana keyingi ikki kamerali sektsiyaga tushadi va jarayon qaytariladi. Flotatsiyalanmagan minerallar oxirgi kameradan chiqarib olinadi. Mexaniq flotatsion mashinalarning afzalligi ularga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashning qulayligi hamda osonligi. Impellar va statordan iborat uzatgichli mexanizm bir bo‘lakda yigilgan bo‘lib, uni boshqasi bilan tez va oson almashtirish mumkin yoki boshqa istalgan kameraga o‘rnatish mumkin. 3.12- jadval Mexanik flotatsion mashinalarningtexnik harakteristikasi Ko‘rsatkichlar ФМ-6,3 Kameraning foydali hajmi, 6,3 Kameralar soni 6 Impellyerdiametri, mm 600; 750 Impellyerning aylanish tezligi, m/s 6,5 Bitta kameraga sarflanadigan havoning maksimal miqdori, m 3 /min 3,5 Bo‘tana bo‘yicha ishlab chiqarish unumdorligi, m 3 /min 6 gacha Elektrodvigatel quvvati, kVt 6,3 Ikki kamerali sektsiya’ning og‘irligi, t 3,8 Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling