O’zbekistоn respublikаsi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi I. Mislibаyev, F. Umarov yer osti konchilik ishlari texnologiyasi


-§. Qavat (yarus)ni nimqavat (nimyarus)larga bolib qazish tizimlari


Download 7 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/100
Sana23.11.2023
Hajmi7 Mb.
#1795646
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   100
Bog'liq
Дарслик Мислибаев

7.4.2-§. Qavat (yarus)ni nimqavat (nimyarus)larga bolib qazish tizimlari 
Qavat (yarus)ni nimqavat (nimyarus)larga bolish kon qazish ishlarini 
konsentratsiyalash, ya`ni bir qavat yoki yarusda kavjoylar sonining ortishi hisobiga 
ko`mir qazish hajmining ko`payishini ta`minlaydi. Odatda, qavat (yarus) qatlamning 
og`ish yo`nalishi bo`yicha ikki, ayrim hollardagina uch qismga bolinadi. Bular 
uzunligi 350—450 m bolgan ikki yoki uchta lava orqali qazib olinadi. Qismlar bir-
biridan oraliq shtreklari bilan ajratiladi. 
Shaxta maydonini qavatli tayyorlashda qavat tushish yo`nalishi bo`yicha 
balandligi 350—450 m bolgan nimqavatlarga bolinishi bilan bir qatorda, cho`ziqlik 
bo`yicha ham uzunligi 750—1000 m bolgan qazish maydonlariga ajratiladi. Har bir 
qazish maydoniga uning chegarasidan yoki o`rtasidan o`tkaziladigan uchastka 
bremsbergiga xizmat qiladi. Qazish kavjoylari doimo uchastka bremsbergiga tomon 
surilib boradi, ammo hamma vaqt ham qazish maydoni zaxirasini qazib olish 
yo`nalishi qavatni qazish yo`nalishiga mos kelavermaydi. 
Agar qazish maydoni zaxirasini qazib olish yo`nalishi qavatni qazish 
umumiy yo`nalishiga mos bolsa, u holda qazish tizimining bu varianti ko`mirni oraliq 
shtreki bo`yicha oldingi bremsbergga tashish orqali cho`ziqlik bo`yicha uzun 
stolbalar bilan qazish tizimi deyiladi. 


214 
Agarda qazish maydonida kavjoylar qavatni qazish umumiy yo`nalishiga 
teskari yo`nalishda surilib boradigan bolsa, qazish tizimining bu varianti, ko`mirni 
oraliq shtregi bo`yicha ortki bremsbergga tashish orqali cho`ziqlik bo`yicha uzun 
stolbalar bilan qazish tizimi deyiladi. Qazish tizimining bu variantlari qalinligi 0,9—
2,5 m, ship jinslari turg`un va o`rtacha turg`unlikga ega bolgan yotiq hamda qiya 
qatlamlarni qazishda qollaniladi. 
Agar uchastka qiya lahimlari qazish maydoni o`rtasidan o`tka- zilgan bolsa, 
tizimning bu varianti ikki tomonlama bremsbergli cho`ziqlik bo`yicha uzun stolbalar 
bilan qazish tizimi deyiladi. Qazish tizimining ushbu varianti yuqorida keltirilgan har 
ikkala variantlarning afzallik va kamchiliklarini o`zida aks ettirgan holda kon 
ishlarini yuqori konsentratsiyalashni ta`minlaydi. Biroq ikki tomonlama bremsbergli 
variantda uzun lahimlarni bir tekisda shamollatish ishlarini tashkil qilish ancha 
murakkab bo`lganligi sababli, qazish tizimining bu variantini qalinligi 1,3—2,5 m 
gacha, kam gazli, kon zarbasi xavfiga ega bolmagan qiya va yotiq qatlamlarni qazib 
chiqarishda qo`llash tavsiya etiladi. 
Kavjoylar bremsberglarga yaqinlashib borgan sari ularni (bresberglarni) 
saqlash ishlari murakkablashib borishi va muhofaza saqlovchi butunliklarida ko`p 
miqdorda ko`mir yo`qotilishi ikki tomonlama bremsbergli qazish tizimi variantining 
qo`llanish doirasini cheklaydi, shu sababli konchilik amaliyotida bu variant kam 
qollaniladi. 

Download 7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling