O’zbekistоn respublikаsi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi I. Mislibаyev, F. Umarov yer osti konchilik ishlari texnologiyasi
Qazish tizimlari tasnifi (prof. A.P. Kilyachkov bo`yicha)
Download 7 Mb. Pdf ko'rish
|
Дарслик Мислибаев
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.4.1-§. Uzun stolbali qazish tizimi - lava-qavat (lava-yarus)
Qazish tizimlari tasnifi (prof. A.P. Kilyachkov bo`yicha)
7.1-rasm. Qazish tizimlari tasnifi 7 1 -jadva l Qazis h tizim lari tas n if i (p rof es so rlar A. S . B u rc h ak ov va Y. A. Je je levs k iy b o` yicha) Kovjoy sur il is hi ning qa tl am yoti sh eleme nt lar iga nis ba tan yo` na li s hi C ho` ziql i k bo` yicha , tus his h bo` yicha , ko` tar il is h bo` yicha , diogana l bo` yicha C ho` ziql i k bo` yicha , tus his h bo` yicha , ko` tar il is h bo` yicha , diogana l bo` yicha C ho` ziql i k bo` yicha , tus his h bo` yicha , ko` tar il is h bo` yicha , diogana l bo` yicha C ho` ziql i k bo` y icha , tus his h bo` yicha , ko` tar il is h bo` yicha , diogana l bo` yicha C ho` ziql i k bo` yicha , tus his h bo` yicha , ko` tar il is h bo` yicha , diogana l bo` yicha C ho` ziql i k bo` yicha , tus his h bo` yicha , ko` tar il is h bo` yicha , diogana l bo` yicha C ho` ziql i k bo` yicha , tus his h bo` yi cha , ko` tar il is h bo` yicha , diogana l bo` yicha C ho` ziql i k bo` yicha C ho` ziql i k bo` yicha 210 S ur il ib bo ra digan kovjoyga nis ba tan qa zis h maydonida tayyor lov lahiml ar in i o` tkaz is h tar ti bi B ir yo` la (s idi rg` as iga) B ir in -ke ti n (s tol ba li ) B ir yo` la, bir in -ke ti n (a ra las h) B ir yo` la (ka mer ali ) B ir in -ke ti n (q is qa s tol ba lar bil an) B ir yo` la, bir in -ke ti n (ka mer a- stol ba li ) B ir in -ke ti n (s tol ba li ) B ir in -ke ti n B ir in -ke ti n Qa zis h kovjoyi uz unli gi Uz un stol ba lar bil an Qis qa kovjoy bil an Uz un kovjoy lar bil an Qis qa kovjoyl ar bil an Qis qa kovjoyl ar bil an Qa tl amni ng taba qa lar ga bo` li nis hi T aba qa lar ga bo` lm as da n Qiya taba qa lar ga bo` li b Gor izonta l, ko` nda lang -qiya taba qa lar ga bo` li b 7.4-§. Uzun stolbali qazish tizimlari 211 Uzun stolbalar bilan qazish tizimida qazish maydoni chegaralarida kon- tayyorlov va qazish ishlari o`zaro bog`lanmagan holda olib boriladi. Qazish ishlari boshlangunga qadar qazish stolbasini bor bo`yicha barcha tayyorlov lahimlarini o`tkazish nihoyasiga yetkazilgan bolishi kerak. Stolbali qazish tizimlarining qo`llanishi shaxta maydonini qanday usulda qazishga tayyorlanganligiga bog`liq bolmaydi, ya`ni shaxta maydonini har qanday usulda tayyorlanganda ham qo`llanaveradi. Bunda kavjoy cho`ziqlik, tushish, ko`tarilish va diagonal bo`yicha turli yo`nalishlarda surilishi mumkin. Shaxta maydonini polli usulda tayyorlashda pol hududida joylashgan kavjoylar soni juft bo`ladi (2 yoki 4), yarusda esa bitta (lava-yarus), ikkita, ayrim hollarda uchta birin-ketin yoki alohida shamollatiladigan kavjoylar joylashgan bo`lishi mumkin. Qavatli tayyorlash usulida stolbali qazish tizimining bir nechta variantlari qollaniladi. Agar qavat qazish maydonlariga bolinma- sa, uning qanotida teskari yo`nalishda qazib olinadigan bitta kavjoy (lava-qavat) joylashgan boladi. Qavat qazish maydonlariga bolingan hollarda esa uning hududida, polli tayyorlash usulidagi kabi ikkita, ayrim sharoitlarda esa uchta kavjoy joylashgan boladi. Bunda qazish maydonidagi zaxiralarni qazish oraliq bremsbergi orqali amalga oshiriladi, qazish yo`nalishi esa to`g`ri yoki teskari bolishi mumkin. Polli va qavatli tayyorlashda qazish kavjoylari cho`ziqlik yo`nalishi bo`yicha joylashadi. Shaxta maydonini gorizontlar bo`yicha tayyorlashda kavjoy odatda tushish yoki ko`tarilish bo`yicha harakatlanadi (suriladi). Gorizont hududida ikkitadan to`rttagacha qazish kavjoylari joylashgan boladi. Uzun stolbali qazish tizimlarining bir necha variantlari mavjud bolib, ulardan turli kon-geologik sharoitlarda joylashgan qatlamli konlarni qazishda foydalaniladi. Quyida ushbu tizimlarning konchilik amaliyotida keng qollanilayotgan variantlari to`g`risida ma`lumotlar keltiriladi. 212 7.4.1-§. Uzun stolbali qazish tizimi - lava-qavat (lava-yarus) Bu qazish tizimida qavat (yarns) shtreklari kapital (pol bremsbergidan qavat (pol) chegarasigacha o`tiladi va ular kesuvch pech orqali tutashtiriladi. Bunda qavat (yarus) balandligi 150 300 m, stolba uzunligi esa 1—2 km bo`lishi mumkin. Stolbani tayyorlash qatlamli (7.2-rasm) yoki maydon kon- tayyorlov lahimlari (7.3-rasm) yordamida amalga oshiriladi. Qatlamli usulda stolbani tayyorlash sxemasi bo`yicha tashis` shtreki konveyer prosekiga parallel, ular orasida ko`mir saqlovchi butunliklar qoldirib yoki kengligi 15—20 m bolgan toshdevor tiklab o`tiladi. Ko`mir saqlovchi butunlik va toshdevor har 30 m masofada prosek bilan pechlar orqali tutashtiriladi. Tashish shtreki lava surilishi mobaynida tugatilib (qolatilib) boradi, prosekdan esa pastda joylashgan stolbani qazishda shamollatish shtreki sifatida foydalaniladi. Maydon usulida stolbani tayyorlash sxemasida qatlam ostida joylashgan puch jinslar orasidan tashish va shamollatish shtreklari o`tkaziladi, ko`mir qatlamlarda esa konveyer va shamollatish shtreklari o`tkaziladi. Maydon va qatlam lahimlari o`zaro gezen` yoki kvershlaglar orqali tutashtiriladi. Maydon usulida stolbani tayyorlash, asosan, qatlam yon jinslari yumshoq bolganida qollaniladi. 7.2-rasm. Stolbani qatlamli lahimlar yordamida tayyorlash: 1- yuk tashuvchi shtrek; 2- shamollatuvchi shtrek; 3 - lava; 4-keyingi (pastki) stolbada tayyorlanadigan kesuvchi pech. 213 7.3-rasm. Stolbani maydon lahimlari yordamida tayyorlash: 1 - yuk tashuvchi maydon shtreki; 2 - qatlamli konveyerli shtrek; 3 - gezenk yoki oraliq kvershlag, 4 - lava; 5 - qatlamni shamollatuvchi shtrek; 6 — shamollatuvchi maydon shtreki. Uzun stolbali qazish tizimining ushbu varianti qatlamning qalinligi 0,6 dan 2,5 m gacha bolgan, ship jinslari turg`unligi o`rtacha va turg`un, har qanday gazdorlikka ega bo`lgan yotiq va qiya joylashgan qatlamlarni qazib chiqarishda qo`llaniladi. Agar qatlam zaminida joylashgan jinslar qavarish xususiyatiga ega bo`lsa, u holda ushbu qazish tizimini qollash tavsiya etilmaydi. Download 7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling