Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkеnt davlat
Qidirishning tektonik (strukturaviy) mezoni
Download 4.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari
2.4. Qidirishning tektonik (strukturaviy) mezoni Tektonik-strukturaviy mezonlar foydali qazilmalarning turli tektonik harakatlar va ular natijasida paydo boʻlgan plikativ va dizyunktiv strukturalar bilan bogʻliqligini ifodalovchi ma’lumotlarni oʻz ichiga oladi. Yer qobigʻidagi strukturalar turli masshtablarga (oʻlchamlarga) egadir. Bularning eng asosiy(yirik)lari – burmalangan zonalar (geosinklinallar), platformalar va alohida aktivlashgan zonalar. Yer qobigʻining ana shu asosiy strukturaviy elementlari bir biridan prinsipial jihatdan turlicha boʻlgan geologik rivojlanish tarixiga egadir. Natijada ularda joylashgan foydali qazilma konlari ham turlichadir. 23 3-rasm. Stratiform foydali qazilma konlari choʻkindi va vulkanogen-choʻkindi genezisli karbonat ma’danli formatsiya bilan bogʻliq (Litologik mezon). Uchquloch ma’danli maydonining geologik tuzilish sxemasi: 1 – janubiy pistalitau (C 2 m 2 ) va togʻoldi-nurata (C 1 v 2 ) svitalari: alevrolitlar, qumtoshlar, shagʻallar, konglomeratlar; 2 – ustquruqsoy (D 3 f 2 ) va mentli (D 3 f 1 ) svitalari: ohaktoshlar, argillitlar, alevrolitlar; 3 – xanbanditou va pistalitou (D 2 gv) svitalari: ohaktoshlar; 4 – yuqori uchquloch svitasi (D 2 gv): dolomitlar; 5 – quyi uchquloch svitasi (D 2 gv): tufoargillitlar, tufoalevrolitlar, tufodolomitlar; 6 – bandakli svitasi (D 1 -D 2 ?) riolitlar; 7 – yoriqlar; 8 – ma’dan uchastkalari: 1 – Markaziy; 2 – Janubiy; 3 – Dalniy; 4 – Gʻarbiy. Masalan, burmalangan zonalar(geosinklinallar)da endogen konlar keng tarqalgan boʻlib, ekzogen konlar esa koʻpincha kuchli oʻzgarishlarga duchor boʻlgan va yemirilib ketgan boʻladi. Platformalarda esa aksincha, ekzogen konlar keng rivojlangan boʻlib, endogen konlarning faqat ayrim turlari, masalan, oʻtaasos va asos jinslar bilan bogʻliq boʻlgan konlar uchraydi. Bu qonuniyatlar umumiy boʻlib, Yer qobigʻining yirik elementlari uchun amal qiladi. Struktura mezonlarini ular amal qiluvchi hududlarning xususiyatlariga qarab bir necha guruhlarga ajratish mumkin: 24 a) burmalangan zonalarda va platformalarda tarqalgan ma’danli maydonlar va havzalarning joylashish holatini aniqlovchi; b) ma’danli maydonlarda, havzalarda tarqalgan ayrim konlarning joylashish holatini aniqlovchi; d) konlardagi alohida ma’dan uyumlarining joylashish holatini aniqlovchi struktura mezonlarini ajratish mumkin (4-rasm). Birinchi guruh struktura mezonlari asosan foydali qazilmalarning umumiy joylashish qonuniyatlarini aniqlaydi. Masalan, Yer qobigʻining asosiy strukturaviy elementlari hisoblangan qalqon, platforma va geosinklinal maydonlar oʻzlarining ma’lum metallogenik qiyofasi bilan tavsiflanadilar. Qalqonlarda slyuda, nodir va radioaktiv elementlar, apatit konlari uchraydi. Platformalarda fosforit, neft, gaz, koʻmir konlari; geosinklinal zonalarda esa, asosan metalli foydali qazilmalar tarqalgan. Shunday qilib, birinchi guruh strukturalarini oʻrganishning maqsadi ma’danli maydonlarning joylashish qonuniyatlarini aniqlashdir. Qalqon, platforma va geosinklinal zonalarda tarqalgan ma’danli maydonlarning strukturasi odatda yuqori tartibli burma va uzilmalar bilan aniqlanadi. Bunday holatlar foydali qazilma konlariga ham taalluqlidir. Ma’danli maydonlar va konlarning toʻplanishi uchun eng qulay struktura sharoitlari – burmalarning murakkablashgan qulf qismi va uzilmalarning bir-biri bilan har xil yoʻnalish boʻyicha kesishgan joylari hisoblanadi. Choʻkindi konlarning strukturasi ancha oddiydir. Masalan, platforma turidagi temir konlarining ma’dan uyumlari gorizontal yoki biroz qiya qatlamsimon shaklda joylashadi va turgʻun qalinlikka ega boʻladi. Temirli kvarsit konlari turiga mansub Krivoy Rog konidagi ma’dan uyumlarining yotishi tik va yondosh qatlamlarning yotish elementlariga mos holda joylashadi. Antiklinal va gumbazsimon strukturalar neft va gaz konlarining joylashishi uchun eng qulay sharoit hisoblanadi. Konlardagi foydali qazilma uyumlarining joylashish holatini aniqlovchi strukturalar nihoyatda turli-tumandir. Download 4.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling