60
12-rasm. Oʻsimliklar radioaktivligining uran konlari bilan bogʻliqligi:
1- tarkibida normal (fon) miqdordagi uran boʻlgan oʻsimliklar; 2- tarkibida anomal
miqdordagi uran boʻlgan oʻsimliklar; 3- uran uyumlari; 4- qumtoshlar.
Masalan, ma’dansiz joylardagi grunt suvlardagi misning miqdori 10
mg/lga teng boʻladi. Ayrim hollarda mis konlarini yuvib chiqayotgan
suvda mis miqdori 1000 martaba ortib ketishi mumkin. Bu usul orqali 50-
100metr
qalinlikdagi tuproq, qum, shagʻal qatlami tagida yashirinib
yotgan konlarni aniqlash mumkin.
Gidrogeokimyoviy qidirish ishlari natijalari boʻyicha gidrokimyo
xaritalari tuziladi va miqdori yuqori boʻlgan
elementlar maydonlari
aniqlanadi va chegaralanadi (13-rasm).
d) Atmogeokimyoviy qidirish usuli
Bu usul orqali Yer qobigʻidagi yashirin ma’dan konlarini va u bilan
bogʻliq holda yer yuziga chiqayotgan gazlar –
karbonat angidriti, geliy,
radon, simob bugʻlarining atmosfera va tuproq havosidagi miqdorini
aniqlash mumkin.
Undan tashqari bu usul neft va koʻmir konlarini qidirishda
qoʻllaniladi. Chunki bunday foydali qazilmalar atrofida uglevodorod gazlar
(ayniqsa metan) oreollari tarqalgan boʻladi. Bu gazlar koʻpaygan hududlarni
aniqlash orqali neft va koʻmir konlarini qidirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: