Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkеnt davlat


e) Burgʻilash quduqlarini hujjatlashtirish


Download 4.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/101
Sana22.10.2023
Hajmi4.08 Mb.
#1715196
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   101
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari

e) Burgʻilash quduqlarini hujjatlashtirish 
Burgʻilash quduqlarini oʻtish natijasida olinadigan asosiy hujjatlar 
quyidagilardan iborat: burgʻilash daftari, geologik hujjatlashtirish daftari 
va kerndan. Burgʻilash daftari – bu asosan ishlab chiqarish hujjati boʻlib, 
dala sharoitida smena burgʻilovchisi tomonidan tuziladi va texnik-
geolog tomonidan nazorat qilib turiladi. Burgʻilash daftarida quyidagi 
ma’lumotlar: sana, burgʻilash usuli va diametri, chuqurlanish intervali va 
kernning chiqishi, togʻ jinsining qisqacha nomi, togʻ jinslarining 
mustahkamligi, snaryadning tushib ketish va avariya hollari, avariyalarni 
bartaraf qilish uchun bajarilgan ishlar, bosim ostida otilib chiqadigan suv 
va gazlar chuqurligi va hokazolar qayd qilinadi. 


72
Geologik hujjatlashtirish daftari quduqdan chiqarilgan kern maxsus 
yashiklarga taxlangandan keyin, texnik-geolog tomonidan toʻldiriladi va 
uni katta geolog tekshirlib, kerak boʻlsa tuzatadi. 
Quduqdan chiqarib olingan kern suv bilan yuvilib, maxsus 
yashiklarga quduqdan chiqishi tartibida joylashtiriladi va taxlanadi. Har 
bir kern boʻlagi tartib boʻyicha nomerlanadi va yoʻnalishi tush bilan 
belgilanadi. Bundan tashqari reysning boshlangʻich va oxirgi chuqurligi 
yozib qoʻyiladi. Agar burgʻilash vaqtida kerndan tashqari maydalangan 
mahsulotlar (shlam) ham namuna sifatida olinsa, ular maxsus 
xaltachalarga solinib reys chuqurligi koʻrsatilgan birka xaltachaga 
biriktirib qoʻyiladi. 
Koʻpincha kerndan foydalanib boʻlingach, ya’ni quduq boʻyicha 
kesim tuzilgach va namunalar olib boʻlingach, uni saqlashga ehtiyoj 
qolmaydi. Bunday paytlarda tasdiqlangan instruksiyalarga binoan kern 
qisqartiriladi. Odatda har bir togʻ jinslari turlari va foydali qazilma 
turlaridan bir boʻlakdan olib qolinib, qolgan qismlari tashlab yuboriladi. 
Qisqartirilgan kern geologik qidiruv ishlari tugaguncha saqlanadi. 

Download 4.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling