75
formulasi, ishlov berish koeffitsiyenti,
namunalash bosqichlari, nazorat
qilish, nazorat shakllari, ichki nazorat, tashqi nazorat,
namunalar
ishonchliligi, namuna vakolati, namunalash xatoligi, tasodifiy xatolik,
sistematik xatolik, tuzatish koeffitsyienti.
5.1. Namunalashning maqsadi, vazifalari va turlari
Foydali qazilma konlarini yoki ularning sun’iy uyumlarini
namunalash geologiya-qidiruv ishlarining hamma bosqichlarida olib
boriladi.
Namunalashning maqsadi – sanoat tarmoqlarining turli
mineral xomashyoga boʻlgan talablaridan kelib chiqqan holda foydali
qazilma turlari sifat va xususiyatlarini aniqlashdir. Shuning uchun
namunalash razvedka qilishning asosiy usullaridan biridir. Uning natijasi
esa konni baholash boʻyicha olinadigan ma’lumotning
asosiy qismini
tashkil etadi.
Razvedka jarayonida namunalash jarayonlari eng avvalo
foydali qazilma zaxirasini hisoblash uchun ishlatiladi. Bundan tashqari
namunalash natijalari foydali qazilmani qayta ishlash texnologiyasini
tanlashda, qazib olish texnikasini tanlashda va qazib olish jarayonini
rejalashtirishda asosiy mezonlardan biri boʻlib xizmat qiladi.
Deyarli har doim
qattiq foydali qazilmalarni namunalash jarayoni
Do'stlaringiz bilan baham: