Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkеnt davlat


Download 4.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/101
Sana22.10.2023
Hajmi4.08 Mb.
#1715196
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   101
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari

uch qismdan iborat boʻladi. Jarayonning birinchi qismi namuna 
olishdir. Namunalar foydali qazilmalarning tabiiy ochilgan yoki sun’iy 
ravishda ochilgan joylaridan olinadi. Namuna olinayotganda uning sifati 
foydali qazilma sifatini toʻgʻri aks ettiradigan boʻlishi kerak. 
Namunalashning ikkinchi qismi namunaga ishlov berish – birlamchi 
namuna yoki namunalar gurihining ogʻirligini, tahlil qilish uchun kerak 
boʻlgan, minimal miqdorga keltirishdan iboratdir. Va nihoyat, uchunchi 
qismi namunani tekshirlishdan iboratdir. 
Namunani tekshirlish (analiz qilish) usullari sanoat tomonidan 
xomashyoning sifatiga qoʻyilgan talablar asosida yoki shu paytgacha 
xomashyoni qayta ishlash yoki chiqitga chiqarish nuqtai nazaridan 
oʻrganilganlik darajasiga qarab aniqlanadi, ba’zi hollarda tekshirlishlar 
toʻliq holda, ya’ni xomashyoga toʻliq ishlov berish va qayta ishlash 
(texnologik tekshiruv) jarayonlarini oʻz ichiga oladi. Boshqa hollarda 
esa xomashyoning ba’zi xususiyatlarigina tekshirliladi. Masalan, 
ma’danlardagi bir yoki bir necha komponentlarning miqdori aniqlanadi. 
Bu tekshirlishlarning koʻpchiligi muhandis geologlar vazifasiga 
kirmaydi va maxsus mutaxassislar tomonidan bajariladi. Shuning uchun 


76
geologning asosiy e’tibori namunalarni olish va ularga ishlov berishga 
qaratilgan boʻladi. 
Keyingi vaqtlarda namuna va namunalash haqidagi tushunchalar 
kengayib 
bormoqda. 
Chunki, 
namunalashning 
yangi 
turlari 
(radiometriya, lyumenessensiya) paydo boʻlib, ular foydali qazilmalar 
xususiyatlarini oʻsha joyning oʻzida fizik xususiyatlaridan foydalanib 
aniqlashga imkon beradi. Shunday qilib «namunalash» deganda biz keng 
ma’noda «foydali qazilmalarning sifatini aniqlash usullari» deb 
tushunamiz. 

Download 4.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling