Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkеnt davlat
Download 4.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari
Namunalashning
maqsadlari boʻyicha klassifikatsiyasi. Namunalashning maqsadiga qarab toʻrtta turga ajratish mumkin: 1) kimyoviy namunalash; 2) mineralogik namunalash; 3) texnologik namunalash; 4) texnik namunalash. Kimyoviy namunalashning maqsadi ma’dan yoki togʻ jinslari tarkibidagi kimyoviy elementlarni aniqlashdan iborat. Bunda namuna tarkibidagi bitta asosiy yoki bir necha elementlarning miqdori aniqlanadi. Koʻpchilik foydali qazilmalarning asosiy sifat koʻrsatkichi ularning tarkibidagi asosiy yoki qoʻshimcha komponentlarning miqdori bilan belgilanadi. Foydali qazilma zaxirasini hisoblashda shu ma’lumotlar qoʻllaniladi. Shuning uchun barcha kuzatish nuqtalaridan kimyoviy namuna olish talab etiladi. Natijada konlarda eng koʻp olinadigan namuna turi bu kimyoviy namuna boʻlib qoladi. Mineralogik namunalashning maqsadi ma’dan tarkibidagi minerallar roʻyxati va ularning nisbiy miqdorini aniqlashdan iboratdir. Bu ma’lumotlar konning sanoat turini aniqlashda, ma’danlarning hosil boʻlish jarayonlarini tushunishda va bu orqali foydali qazilmalarni bashoratlashda qoʻllaniladi. Bu ma’lumotlar zaxira hisoblashda toʻgʻridan-toʻgʻri ishlatilmagani sababli, har bir kuzatish nuqtasidan mineralogik namuna olish shart emas. Shuning uchun bunday namunalar soni kimyoviy namunalardek koʻp boʻlmaydi. Texnologik namunalashning maqsadi ma’danlarni qayta ishlashning turli texnologiyalarini oʻrganilayotgan ma’danlarda sinab koʻrishdir. Bunday namunalarning soni chegaralangan boʻlib, har bir ma’dan turidan bittadan yoki bir nechta namuna olinadi va ular turli texnologik jarayonlarda sinab koʻriladi. Shuning uchun texnologik namunalar soni koʻp emas, lekin alohida namunalarning miqdori anchagina koʻp boʻlishi mumkin. Texnik namunalashning maqsadi ba’zi foydali qazilmalarning turli fizik-texnik xususiyatlarini aniqlashdan iborat. Bunday foydali 77 qazilmalar odatda mineral koʻrinishida qoʻllaniladi. Shuning uchun ularning fizik-texnik xususiyatlari foydali qazilmaning asosiy foydali xususiyati sifatida tekshirilishi kerak. Bunday xususiyatlarga masalan, mustahkamlik, shaffoflik, oʻtga chidamlilik, yonish issiqligi, qattiqlik kabi xususiyatlar kiradi. Download 4.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling