Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkеnt davlat
Download 4.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari
15-rasm. Nuqtaviy usul bilan namuna olish Namunani tashkil etuvchi birlamchi namunalarning soni 10 tadan 20 tagacha, ba’zan koʻproq ham boʻlishi mumkin. Birlamchi namunalar orasida masofa komponentlarining ma’dan tanasida qay darajada notekis tarqalganiga bogʻliq. Komponentlarning joylanishidagi notekislik qanchalik kuchli boʻlsa, birlamchi namunalar orasidagi masofa shunchalik kichik va ular soni shunchalik koʻp boʻlishi kerak. Kvadrat toʻr boʻyicha namunalanganda boʻlaklar orasidagi masofa 10x10sm yoki 20x20 sm, ba’zan 50x50 sm boʻlishi mumkin. Toʻgʻri toʻrtburchakli toʻr 79 oʻlchamlari esa 10x20sm yoki 20x40sm boʻlishi mumkin. Namunaning umumiy massasi birlamchi namunalarning soni va massasiga proporsional ravishda 0,2 kg dan 2 kg gacha oʻzgarishi mumkin. Nuqtaviy usulda namuna olishning ishonchliligi birlamchi namunalarning soniga toʻgʻri proporsionaldir. Umumiy namuna birlamchi namunalardan qanchalik koʻp tashkil topgan boʻlsa, uning ishochliligi shunchalik yuqori boʻladi. Bu usulni quyidagi holatlarda: - massiv teksturali ma’danlarda; - xol-xol teksturali va tomirli-xol-xol teksturali ma’danlarda; - mayda yoʻl-yoʻl teksturali ma’danlarda; - monomineral agregatli notekis tarqalgan yirik xol-xol teksturali ma’danlarda ishlatish maqsadga muvofiqdir. Oxirgi holatda nuqtaviy usul ariqcha usulidan ham ishonchliroq natija beradi. Quyidagi xollarda: - moʻrt minerallardan tuzilgan va darzliklari koʻp boʻlgan ma’danlarda; - yirik yoʻl-yoʻl teksturali ma’danlarda (yoʻl-yoʻllarning kengligi birlamchi namunalar orasidagi masofaga yaqin boʻlsa, sistematik xato kelib chiqadi); - mustahkamligi turlicha boʻlgan minerallardan tuzilgan ma’danlarda (namunaga mustahkam minerallar koʻproq tushib qoladi va sistematik xato kelib chiqadi) nuqtaviy usul sistematik(tizimli) xatoliklar keltirib chiqaradi va bu usulni qoʻllash tavsiya etilmaydi. Nuqtaviy usulda mehnat samaradorligi yuqoriroq boʻladi. Lekin ishonchlilik darajasi ariqcha usuliga nisbatan biroz pastroq boʻladi. Shuning uchun bu usul konlarni ekspluatatsiya qilish bosqichida oʻlchamlari oʻrtacha va yirik boʻlgan ma’dan tanalarini namunalashda qoʻllaniladi. Download 4.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling