Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkеnt davlat


Download 4.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/101
Sana22.10.2023
Hajmi4.08 Mb.
#1715196
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   101
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari

Ariqcha (borozda) usuli. Bu usul eng koʻp qoʻllaniladigan namuna 
olish usuli boʻlib, miqdori jihatidan faqat kern usulidangina orqada 
qolishi mumkin. 
Ariqchali namuna olishning bir necha xil turlari mavjud boʻlib, ular 
ichida asosiysi toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi koʻndalang kesimli 
ariqchadir. Ba’zan «punktir» ariqcha keng ariqcha koʻrinishida olinishi 
mumkin. Punktir ariqcha deb namuna olinayotgan joydan koʻndalang 
kesimi bir xil boʻlgan va namuna uzunligi boʻyicha uzuq chiziq boʻyicha 
olinadigan ariqchaga aytiladi. Ba’zi hollarda koʻndalang kesimi 
uchburchak shakldagi ariqchalar ham olinishi mumkin. 
Hamma hollarda ariqchaning yoʻnalishi ma’danlarning eng yuqori 
oʻzgaruvchanlikka ega boʻlgan yoʻnalishga mumkin qadar yaqin boʻlishi 
kerak. 
Bu yoʻnalish odatda ma’danning qalinligi boʻyicha oʻtadi. Lekin 
ariqchani olish qulayroq boʻlishi uchun ma’dan tanasining yotish 
burchagi 45
0
dan 90
0
gacha boʻlsa, gorizontal ariqcha, yotish burchagi 0
0
dan 45

gacha boʻlsa vertikal ariqcha olish mumkin. 


81
Yer osti gorizontal togʻ lahimlarini namunalashda agar ular ma’dan 
tanalarining yoʻnalishi boʻyicha oʻtilgan boʻlsa, ariqchalar lahimlarning 
surilib boruvchi old devorlaridan oʻtqaziladi. Biror sabablarga koʻra 
buning iloji boʻlmasa, lahimning shiftidan yoki yon devorlaridan 
ariqchalar oʻtqazish mumkin (lekin bu juda noqulay boʻladi). 
Agar gorizontal yer osti togʻ lahimi ma’dan tanalarining qalinligi 
boʻyicha kesib oʻtadigan boʻlsa, ariqchalar lahimlarning yon 
devorlaridan olinadi (bitta yoki ikkala devordan) va koʻpincha gorizontal 
yoʻnalishda boʻladi. 
Agar yer osti lahimlari ma’dan tanalarining yotish burchagi yoʻnalish 
boʻyicha pastga yoki yuqoriga yoʻnalgan boʻlsa, ariqchalar bunday 
lahimlarning yon devorlaridan olinadi. Ariqchalarning yoʻnalishi, agar 
ma’dan tanasining yotish burchagi 45
o
dan kichik boʻlsa vertikal holatda 
boʻladi. Shaxtalar va shurflarda ariqchalar devorlardan vertikal 
yoʻnalishda olinadi (16-rasm). 

Download 4.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling