Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkеnt davlat
Download 4.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hajmiy usullarga
- Shtuf usuli.
- Nuqtaviy usul.
5.2. Namunalar olish usullari Namuna olish usullarini uch guruhga boʻlib koʻrib chiqish mumkin. Ular quyidagilardir: nuqtalar boʻyicha, chiziqli va hajmiy usullardir. Nuqtali usullar guruhiga shtuf, nuqtaviy va hovuchlab olish usullari kiradi. Chiziqli usullar guruhiga ariqcha, punktir-ariqcha, nuqtaviy-chiziqli, shpur, kern va shlam usullari kiradi. Hajmiy usullarga sidirib olish va butunlay toʻliq olish usullari kiradi. Geologiya-qidiruv ishlarining turli bosqichlarida sharoitga qarab namuna olishning turli usullari tanlab olinadi. Togʻ lahimlaridan namuna olish usulini tanlab olishda birinchidan, togʻ lahimi yoʻnalishi bilan foydali qazilma tanasining yoʻnalishi orasidagi munosabat, ikkinchidan, lahimni qazish texnologiyasi hisobga olinadi. Bundan tashqari namuna olish usuli foydali qazilma turi, uning oʻzgaruvchanligi, strukturaviy-teksturaviy xususiyatlariga bogʻliqdir. Oxir oqibatda namunalash usuli foydali qazilma tanasining qanday koʻrinishda ochilganligiga bogʻliq. Namuna olish usullarini koʻrib chiqishni eng oddiy, lekin aniqligi pastroq usullardan boshlab, eng qiyin va koʻp mehnat talab qiladigan, lekin eng aniq ma’lumot beradigan usullari bilan yakunlaymiz. Shtuf usuli. Namuna olishning eng oddiy – shtuf usuli, togʻ jinsi yoki ma’danlardan vazni 0,5-2 kg boʻlgan butun boʻlaklarni sindirib olishdan iboratdir. Agar ma’dan tanasi murakkab tuzilishga ega boʻlsa, shtuflarni har bir ma’dan turlaridan ularning tarqalish darajasiga proporsional miqdorda olish kerak. Shtuflarning ma’danning xususiyatlariga mos kelishi vizual ravishda ma’danning mineral tarkibi va tekstura-strukturaviy xususiyatlariga qarab aniqlanadi. Namunalashning shtuf usuli keng tarqalgan boʻlib, qidirish ishlari jarayonida birlamchi giokimyoviy oreollarini aniqlashda, hajmiy ogʻirligi, gʻovakliligi, namligi, mustahkamligi va h.k.larni oʻrganishda qoʻllaniladi. 78 Shtuf usuli odatda ma’danlarning kimyoviy tarkibini tekshirlish va ma’dan tanalarini chegaralashda ishlatilmaydi. Chunki shtuf olish paytidagi subyektivlik katta xatolik hosil qiladi. Faqatgina ba’zi hollarda, agar ma’danlanish juda tekis boʻlsa shtuf usuli ma’danning kimyoviy tarkibi haqida ma’lumot berishi mumkin. Shtuf usulining tezkorlik, samaradorlik va togʻ lahimlarini qazish jarayoniga xalaqit bermaslik kabi afzalliklari bor. Nuqtaviy usul. Bu usul bilan olingan namunaning materiali ma’dan tanasining bir qancha nuqtalaridan sindirib olingan, oʻlchamlari 1,5-3 sm va massasi 10-20 g (ba’zan 50grammgacha) boʻlgan boʻlaklardan (birlamchi namunalardan) iborat boʻladi. Ma’dan tarkibidagi oʻrganilayotgan komponentlarning tarqalish qonuniyatlariga qarab turib, birlamchi namunalar olinadigan nuqtalar ma’lum bir sistema boʻyicha belgilab olinadi. Agar ma’danning namuna olinayotgan tekislikdagi komponentlar konsentratsiyasi ikki yoʻnalishda bir xil miqdorda oʻzgarib borsa, namuna olish sistemasi kvadrat toʻr koʻrinishida boʻladi. Agar komponentlar konsentratsiyasi bir yoʻnalish boʻyicha ikkinchi yoʻnalishdagiga nisbatan tezroq oʻzgarsa toʻgʻri toʻrtburchakli yoki rombsimon toʻr koʻrinishida tanlab olinadi (15- rasm). Download 4.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling