80
birlamchi namunalar olish vagonetkalarni namunalashda ishlatiladi. Bu
usul «konvert» usuli deyiladi va unda 5 ta nuqtadan birlamchi namuna
olinadi. Alohida birlamchi namunaning hajmi 20 sm
3
gacha, massasi 50
g. dan 600 g. gacha oʻzgaradi. Birlamchi namunalar toʻrining zichligi
ma’dandagi komponentlar
tarqalishining notekisligiga, boʻlaklarning
kattaligiga va boʻlaklar kattaligining oʻzgaruvchanligiga bogʻliq.
Namunalashning ishonchliligi va toʻgʻriligini ta’minlash uchun
namunaga kirgan turli xususiyatli materiallarning
nisbati namunada va
namunalayotgan ma’danda bir xil boʻlishi talab qilinadi. Bu talabni
bajarmaslik sistematik xatolikka olib keladi. Bunga yoʻl qoʻymaslik
uchun har bir birlamchi
namuna olinadigan nuqtadan, (ham yirik, ham
mayda boʻlaklardan) aralash material hovuchlab olinadi. Namunalash
toʻrining birlashgan bir necha yacheykasini
egallab turgan yirik ruda
boʻlaklaridan esa qabul qilingan hajmdagi boʻlaklar sidirib olinishi
kerak. Agar ma’danning katta boʻlagi yoʻl-yoʻl teksturali boʻlsa,
birlamchi namunalar tekstura yoʻnalishiga koʻndalang yoʻnalishda
sindirib olinadi.
Hovuchlash usuli yuqori mehnat samaradorligini ta’minlaydi.
Chunki u ma’danni sindirib olish yoki kovlashni talab etmaydi. Bu usul
togʻ lahimlarini qazish ishlariga xalaqit bermaydi.
Lekin bu usul bilan
namunalash ma’danlarni chegaralashga va turli sortga taalluqli
ma’danlarni alohida namunalashga imkon bermaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: