Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkеnt davlat


-rasm. Shpurlardan namuna olish sxemasi


Download 4.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/101
Sana22.10.2023
Hajmi4.08 Mb.
#1715196
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   101
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari

 
17-rasm. Shpurlardan namuna olish sxemasi.
(a- katta qalinlikli jismni namunalashda; b- parallel joylashgan ma’dan tanalarini 
namunalashda
 


83
Shpurlarning chuqurligi oddiy perfaratorlardan foydalanganda 7-8 m. 
ni, maxsus perfaratorlardan foydalanganda esa 50 m., hatto 70 m. gacha 
yetishi mumkin. Shpur qazishda hosil boʻlgan maydalangan mahsulotlar 
havo yoki suv yordamida shpurdan chiqarib olinadi va toʻplanib namuna 
sifatida foydalaniladi. 
Shpur namunasi 1-2 m, ba’zi hollarda 3 m, li boʻlaklarga 
(seksiyalarga) boʻlinishi mumkin. Namuna olishning shpur usuli boshqa 
usullarga qaraganda bir qator afzalliklarga ega: 
1) lahimlarni qazish uchun oʻtilgan shpurlardan namunalash uchun 
foydalaniladi; 
2) namuna olish jarayoni lahimlarni qazish ishiga xalaqit bermaydi; 
3) namunaga ishlov berish ishlari ancha kamayadi, chunki 
mahsulotning boʻlaklari 2 mm, dan katta boʻlmaydi; 
4) shpur usuli boshqa usullarga nisbatan ancha tejamkordir.
Bu usulning kamchiliklari esa quyidagilardir: 
a) shpur yunalishi ba’zi hollarda ma’dan tanasiga koʻndalang 
boʻlmasligi; 
b) oson yemiriladigan, oʻta darzlangan ma’danlarni namunalashda 
sistematik xato kelib chiqishi mumkin. 
Bu usul bizda koʻp tarqalmagan. 
Kern va shlam usullari. Burgʻilash quduqlarini namunalash. 
Burgʻilash quduqlarini namunalashda namuna sifatida kern (agar uning 
chiqishi yetarli boʻlsa), kern bilan shlam (agar kern chiqishi yetarli 
boʻlmasa), yoki faqat shlam (agar kern butunlay chiqmasa) olinadi. 
Namuna uzunligi 1m. dan 2-3 m. gacha, ba’zi hollarda 5 m. gacha 
olinadi. Ma’dan tanasining ustidan va ostidan 0,25-0,50 m. gacha 
namunalar olinadi. Ma’dan tanasining chegaralari aniq koʻrinmaydigan 
hollarda butun burgʻilash qudugʻining uzunligi boʻyicha namunalar 
olinishi mumkin. 
Namunaga kerning yarmi olinadi. Buning uchun kern uzun oʻqi 
boʻyicha ikkiga boʻlinadi va yarmi namunaga olinadi. Yarmi esa 
mineralogik tekshirlishlar uchun va saqlash uchun olib qoʻyiladi. Agar 
burgʻilash quduqlaridan olingan materiallardan texnologik tekshirishlar 
uchun namuna olish kerak boʻlsa, unda kernning qolgan yarmi yana 
uzun oʻq boʻyicha ikkiga boʻlinadi va bir qismi texnologik namunaga, 
ikkinchi qismi qoldirishga ajratiladi. Bir texnologik namuna uchun 
oʻnlab burgʻilash quduqlaridan olingan kern qismlari toʻplanadi. Ba’zi 
hollarda texnologik namuna uchun kerning yarmi, kimyoviy namuna 


84
uchun choragi, mineralogik tekshirlish va qoldirish uchun chorak qismi 
ajratiladi. 
Suvda eruvchan tuzlarning konlarida oʻtilgan burgʻilash quduqlarini 
namunalashda, quduqdan olingan kernning markaziy qismini namunaga 
olish tavsiya etiladi. Buning uchun kern tokarlik stanogi yordamida 
markaziy oʻqi boʻyicha 8mm li parma bilan parmalanadi va parmalash 
paytida hosil boʻlgan kukun namuna sifatida olinadi. 
Shlamdan namuna olish ma’danli konlarda kern chiqishi 60-80% dan 
kam boʻlgan hollarda bajariladi. 

Download 4.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling