94
Namunalarga ishlov berishni nazorat qilish. Bu nazorat turi olingan
namuna bilan unga ishlov berib maydalashning
bir necha martda
kamayishi natijasida, qisqartirilgan qismini solishtirganda tarkibida farq
qilishiga asoslangan.
Shu jarayondagi nuqson ham tasodifiy va sistematik, metodik yoki
texnik sabablariga koʻra kelib chiqishi mumkin.
Nuqsonlarga quyidagi
uchta empirik (amaliy materiallarga asoslangan) holda baho berish
usullari mavjud:
- Richard-Chechyott sxemasi boʻyicha namuna qisqartirilgandan
soʻng, 10-50-100 grammli namunalarni laboratoriyaga joʻnatiladigan
ishonchli qismiga ega boʻlgach,
qolgan materialni birlashtirib, takroran
shu jarayonni oʻtkazishadi va ishonchli olingan naveska oldingisi bilan
solishtiriladi. Natijada hosil boʻlgan miqdorlarning
farqi ishlov berish
nuqsoni deb qabul qilinadi.
- namunaning ishonchli qismi olingandan soʻng, qolgan materialni
birlashtirib
qisqartirmasdan
kerakli
diametrgacha
(0,1-0,07mm)
maydalanadi va birdaniga djonson uskunasi yordamida kerakli
ogʻirlikkacha qisqartiriladi.
- namuna materiali
qisqarqartirilishi bilan, dubl nazorat olinadi va
tahlildan oʻtkaziladi. Bu usul yordamida keyingi qisqartirish bosqichida
nuqson vujudga kelganligini aniqlash va tegishli chora-tadbirlarni
oʻtkazish mumkin.
Ushbu usullar bilan namunaga ishlov
berishdan kelib chiqadigan
nuqsonlarni yoʻqotish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: