Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkеnt davlat


-modul. FOYDALI QAZILMA KONLARINI RAZVEDKA


Download 4.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/101
Sana22.10.2023
Hajmi4.08 Mb.
#1715196
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   101
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari

6-modul. FOYDALI QAZILMA KONLARINI RAZVEDKA 
QILISH 
 
Modul boʻyicha reja: 
6.1. Razvedka qilish vazifalari va tamoyillari. 
6.2. Razvedka qilish usullari, bosqichlari. 
6.3. Razvedka sistemalari, toʻrlarining zichligi. 
6.4. Razvedka jarayonida olib boriladigan gidrogeologik va injener-
geologik kuzatishlar. 
Tayanch soʻz va iboralar: razvedka qilish, qoʻshimcha razvedka, 
ekspluatatsion razvedka, geologik-sanoat parametrlar, razvedka vazifasi, 
razvedka tamoyillari, toʻliq tekshirish, bir tekis tekshirish, bosqichma-
bosqich tekshirish, eng kam mehnat sarflash, eng kam mablagʻ sarflash, 
eng kam vaqt sarflash, gorizontal qirqimlar usuli , vertikal qirqimlar 
usuli, qiya qirqimlar usuli, razvedka sistemalari (tizimlari) va 
nimsistemalari (nimtizimlari), burgʻilash quduqlari tizimi, togʻ lahimlari 
tizimi, aralash tizim, razvedka toʻri, toʻr shakllari, kvadrat toʻr, toʻgʻri 
toʻrtburchak shakldagi toʻr, rombik toʻr, uchburchak toʻr, toʻrlar zichligi, 
zichlikka ta’sir etuvchi omillar, gidrogeologik kuzatishlar, suv 
gorizontlari, suvlar rejimi, suv ta’minoti, injener-geologik kuzatishlar, 
togʻ-texnik sharoitlar. 


96
6.1. Razvedka qilish vazifalari va tamoyillari 
 
1) Umumiy qoidalar. «Razvedka qilish» deganda muayyan konning 
sanoat ahamiyatiga ega ekanligini aniqlashga qaratilgan izlanishlar va 
ularni bajarish uchun zarur boʻlgan ishlar kompleksi tushuniladi. 
Razvedka ishlari foydali qazilma konida, avvalo undagi foydali 
qazilmaning miqdori va sifatini aniqlash maqsadida olib boriladi. 
Bundan tashqari, konning tabiiy va iqtisodiy joylashish sharoitlarini 
oʻrganish koʻzda tutiladi. 
Foydali qazilmaning sifati sanoat tomonidan muayyan mineral 
xomashyoga qoʻyiladigan talablarni toʻgʻridan-toʻgʻri ifodalovchi 
koʻrsatkichdir. Turli foydali qazilmalar uchun bu talablar keskin farq 
qiladi. Ma’danlarning sifatini aniqlovchi asosiy koʻrsatkich ular 
tarkibidagi foydali metallar yoki minerallarning foiz miqdoridir. Mineral 
yoqilgʻining asosiy sifat koʻrsatkichi boʻlib – kaloriyalilik miqdori 
xizmat qiladi. Koʻpchilik noma’dan foydali qazilmalarning, xususan 
qurilish materiallarining sifati ularning fizik xususiyatlari bilan 
belgilanadi. Shunday qilib, foydali qazilmaning sifat koʻrsatkichlarini 
aniqlash, razvedka ishlarining birinchi eng muhim vazifasidir. 
Foydali qazilmaning miqdori u egallab turgan hajm bilan belgilanadi. 
Demak, bu borada razvedka ishlarining maqsadi oʻrganilayotgan 
konning shakli va oʻlchamlarini aniqlashdan iborat boʻladi. Foydali 
qazilmaning miqdori va sifati zaminni oʻrganuvchi mutaxassis-geolog 
oldida ajralmas birlikda namoyon boʻladi. Chunki, bir tomondan
konning shakli sanoatbop foydali qazilma tanalarining chegaralarini 
aniqlab beruvchi minimal sifat koʻrsatkichlari (konditsiyalar) bilan 
bogʻliq ravishda belgilanadi. Ikkinchi tomondan, foydali qazilmaning 
sifati konni hosil qiluvchi muayyan tana shaklining ichiga joylashgan 
boʻlib, zaminning bu shakldan tashqarisidagi joylarda hisobga olinishi 
mumkin emas. 
Foydali qazilma tanasining shakli faqatgina foydali qazilmaning 
miqdorini aniqlabgina qolmay, balki ma’lum darajada uning geologik 
joylashish sharoitlarini (yotish elementlari, yer yuzi relyefiga 
munosabati, qamrovchi togʻ jinslari bilan munosabatlari va boshqalar) 
ham aniqlab beradi. Shunday qilib, foydali qazilma tanasining shaklini 
va uning asosiy oʻlchamlarini bilish, konning geologik joylashish 
sharoiti haqida tasavvurga ega boʻlish mumkin. 
Foydali qazilmaning sifatini aniqlash faqatgina ma’danlarning 
kimyoviy va mineral tarkibini, tabiiy turlarini aniqlash uchun 


97
chegaralanmasdan, balki ularning texnologik xususiyatlarini va 
texnologik navlarini aniqlashni ham koʻzda tutishi kerak. 
Foydali 
qazilma 
tanasining 
joylashishi 
haqidagi 
geologik 
ma’lumotlardan tashqari, razvedka ishlari jarayonida konning joylashish 
sharoitlarini xarakterlovchi boshqa ma’lumotlarni ham yigʻish lozimdir. 
Bular, birinchidan, togʻ-texnik sharoitlar: joylashish chuqurligi, 
maydonning suvlanganligi, ma’danlar va qamrovchi jinslarning fizik 
hususiyatlari, konni ochish va qazib olish imkoniyatlaridir; ikkinchidan, 
iktisodiy sharoitlar: hududning oʻzlashtirilganlik darajasi, energetik 
resurslari, transport imkoniyatlari, ichimlik va texnik ehtiyojlar uchun 
suvning, qurilish materiallarining mavjudligi va boshqalar. 
Razvedka qilishning sanab oʻtilgan asosiy vazifalari majmuidan 
koʻrinib turibdiki, bu ish oʻz mohiyatiga koʻra geologik, texnik va 
iqtisodiy muammolarning yigʻindisidan iboratdir. Odatda geolog, 
birinchi navbatda, muammoning geologik-mineralogik tomoniga e’tibor 
beradi. Biroq, koʻpchilik hollarda foydali qazilma konining sanoat uchun 
ahamiyatiga baho berish chogʻida kon-texnik va iqtisodiy shart-
sharoitlar hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlishi mumkin. Demak, yaxshi 
sifatli va yetarlicha miqdorli foydali qazilmani topish kifoya qilmaydi, 
balki, tabiiy va texnik sharoitlar bu foydali qazilmani iqtisodiy samara 
bilan zamindan qazib olish, tashib keltirish va xalq xoʻjaligi 
ehtiyojlarida samarali qoʻllash imkoniyatini berishi kerak. 

Download 4.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling