Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkеnt davlat


Download 4.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/101
Sana22.10.2023
Hajmi4.08 Mb.
#1715196
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   101
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari

Toʻliq tekshirish tamoyili, avvalo, razvedka qilinayotgan kon egallab 
turgan joyning hammasini ma’lum darajada aniqlik bilan tekshirish 
zarurligini ifodalaydi. Bu tamoyilga rioya qilmaslik xalq xoʻjaligiga 
zarar yetkazadi, ortiqcha sarf-xarajatlarga olib keladi yoki foydali 
qazilmaning bir qismini «yoʻqotilishiga» olib keladi. Bu tamoyil toʻrtta 
asosiy talablarni oʻz ichiga oladi: 
1) Konning hamma chegaralarini toʻliq aniqlash yoki konni tashkil 
qiluvchi hamma foydali qazilma uyumlarini chegaralash; 
2) Razvedka lahimlari foydali qazilma tanalarini yoki ma’danli 
zonalarni toʻliq kesib oʻtishi kerak; 
3) Asosiy foydali qazilma va qoʻshimcha foydali mineral 
uyumlarining ham sanoatbop, ham sanoat uchun vaqtincha yaroqsiz 


99
(balansdan tashqari) turlarining sifatini toʻliq va har tomonlama 
tekshirish; 
4) Razvedka lahimlarini qazish yordamida olingan va boshqa 
kuzatuvlar natijasida toʻplangan barcha ma’lumotlardan foydalanish. 
Lekin, toʻliq tekshirish tamoyili oʻrganilayotgan konni oxirigacha 
toʻliq oʻrganishni nazarda tutmaydi. Balki, bu nisbiy tushuncha boʻlib, 
muayyan davr talablari bilan chegaralanadi. 
Bosqichma-bosqich, yaqinlashib borish tamoyili kon haqidagi 
bilimlarni ma’lum bosqichlarda ketma-ket koʻpaytirib borishdan 
iboratdir. Bu tamoyil toʻliq tekshirish tamoyili bilan uzviy bogʻliqdir. 
Amalda har qanday kon haqidagi yetarlicha aniq va toʻliq ma’lumotlarni 
birdaniga toʻplash mumkin emas, (ayniqsa bu kon yirik yoki murakkab 
boʻlsa). 
Shunday qilib, razvedka qilish jarayoni muqarrar ravishda bir necha 
bosqichlarga boʻlinadi. Bu bosqichlarning har birida kon ortib boruvchi 
aniqlik 
bilan 
oʻrganilib boradi. Hozirgi paytda Oʻzbekiston 
Respublikasida qabul qilingan «Yoʻriqnomaga» binoan razvedka 
ishlarini toʻrtta bosqichga boʻlish mumkin, bular: baholash, razvedka, 
qoʻshimcha razvedka va ekspluatatsion razvedka bosqichlaridir. Lekin 
bu tamoyilning asl ma’nosiga e’tibor bersak, har bir oʻtilgan yangi 
razvedka lahimi toʻliq ma’lumotga «yaqinlashtiruvchi yangi bosqich»ni 
paydo qiladi. 
Bu tamoyilning toʻgʻriligi koʻp yillik tajribada sinalgan. Konni 
oʻrganishning har bir bosqichida oʻziga xos metodlar va texnik vositalar 
qoʻllaniladi. Avvaliga odatda, soddaroq va osonroq, aniqlik darajasi 
nisbatan uncha yuqori boʻlmagan metodlar va vositalar qoʻllanilsa, 
keyinchalik borgan sari aniqroq va toʻliqroq ma’lumotlar beruvchi
koʻproq mehnat talab qiluvchi metod va vositalardan foydalaniladi. 
Bu tamoyilning qoʻllanilishi har bir konkret konning oʻziga xos 
xususiyatlarini hisobga olgan holda olib borilishi zarur. 

Download 4.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling