Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkеnt davlat


Konlarning sanoat qiymatini aniqlovchi omillar


Download 4.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/101
Sana22.10.2023
Hajmi4.08 Mb.
#1715196
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   101
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari

Konlarning sanoat qiymatini aniqlovchi omillar 
Konning sanoat qiymati koʻp omillar bilan aniqlanadi. Ularni shartli 
ravishda uch guruhga: ijtimoiy-iqtisodiy, kon-geologik va iqtisodiy-
geografik omillarga boʻlish mumkin: 
I j t i m o i y-i q t i s o d i y omillarga quyidagilar kiradi: 
- foydali qazilmaning va undan olinadigan mahsulotlarning xalq 
xoʻjaligidagi va mamlakatning iqtisodiy mustaqilligini hamda mudofaa 
qobiliyatini ta’minlashdagi ahamiyati; 
- mamlakatning ushbu foydali qazilma turi bilan ta’minlanganlik 
darajasi. 
Kon-g e o l o g i k omillar togʻ-kon korxonasining miqyosini, konni 
ishlatishning 
togʻ-texnik 
shart-sharoitlarini, 
shuningdek 
foydali 
qazilmani qayta ishlash texnologik sxemasi va undan tayyor mahsulot 
olishni aniqlovchi ma’lumotlar majmuidan iborat. Bu guruh oʻz ichiga 
kon haqidagi eng muhim ma’lumotlarni oladi: foydali qazilmalarning 
sifati; foydali va zararli komponentlarning miqdori va ularning 
zaxiralari; foydali qazilma uyumlarining morfologiyasi, tuzilishi va 
joylashish sharoitlari; mineral xomashyoning texnologik xususiyatlari va 
konlardan foydalanishning togʻ-geologik shart-sharoitlari. 
I q t i s o d i y - g e o g r a f i k omillar kon hududining tabiiy va 
iqtisodiy shart-sharoitlarini tavsiflovchi ma’lumotlar majmuidan iborat: 
konning iste’molchi-zavodlardan uzoqligi; hududning oʻzlashtirilganligi; 


115
transport va energetik shart-sharoitlar; suv rejimi; boshqa foydali 
qazilmalar va materiallar bazalarining borligi; hududning relyefi, iqlimi 
va boshqalar. 
Konlarning sanoat qiymati koʻp jihatdan xalq xoʻjaligining 
xomashyoga boʻlgan shu kundagi va istiqboldagi talablari bilan 
aniqlanadi. Mineral xomashyo ushbu turining balansi tang holatda 
boʻlmaganda, iqtisodiy-geografik omillar konni baholashda yetakchi 
ahamiyatga ega boʻladi. Agar xomashyoga talab katta boʻlib, boshqa 
konlardan 
foydalanish 
bu 
talabni 
qondira 
olmasa, 
konlarni 
oʻzlashtirishdagi iqtisodiy-geografik omillar roli sezilarli darajada 
kamayadi. 
Konlarni baholashda alohida omillarning ahamiyati har bir konkret 
holda bir xil boʻlmaydi. Shuning uchun biron bir konni geologik-
iqtisodiy baholashda omillarning asosiylari ajratilib, ularni konning 
sanoat qiymatiga ta’siri muvofiq koʻrsatkichlar vositasida aks ettiriladi. 
Razvedka ishlari natijasida olingan, konning geologik tuzilish 
xususiyatlari, foydali qazilmalarning moddiy tarkibi va texnologik 
xossalari, shuningdek konlarni ishlatish shart-sharoitlari haqidagi 
tasavvurlar geologik axborotning chegaralanganligi tufayli mukammal 
boʻlmaydi. Shuning uchun konni oʻzlashtirish boʻyicha tuzilgan har bir 
loyiha yechimi ushbu axborotlarning toʻliq boʻlmaganligi uchun yoʻl 
qoʻyiladigan 
xatolar 
natijasida 
tavakkalchilik 
bilan 
boʻladi.
Razvedkaning maqsadi ushbu tavakkalchilik ta’sirini iqtisodiy ratsional 
oʻlchamlargacha kamaytirishdan iborat. Shu munosabat bilan geologiya-
qidiruv ishlarining iqtisodiy mohiyatini aks ettiruvchi asosiy tamoyili 
quyidagichadir – geologiya-qidiruv ishlari bajarilayotgan vaqtda axborot 
yetishmasligi sababli qoʻshimcha axborot olish zarurati paydo boʻlganda 
ularni toʻldirishga ketgan sarf-xarajatlar navbatdagi bosqich ishlarini 
loyihalashda yetishmagan axborot tufayli yoʻl qoʻyilishi mumkin 
boʻlgan iqtisodiy yoʻqotuvlar koʻrsatkichidan koʻp boʻlmasligi kerak. 
Ushbu iqtisodiy prinsipga rioya qilish konning geologik tuzilishini va 
ishlatilish shart-sharoitlarini, ma’danlarning moddiy tarkibini va 
texnologik xossalarini oʻrganishning ratsional darajasini oldindan 
belgilaydi. 
Konlarning uzoq yillar, ba’zida bir necha oʻn yillar davomida qazib 
olinishi va shu davrda ularni qoʻshimcha oʻrganishlarning davom etishi 
sababli konning har xil qismlarini bir xil darajada oʻrganishga erishish 
iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas. Birinchi navbatda qazib 
olishga moʻljallangan uchastka va gorizontlar yuqori darajada 


116
mufassallik bilan oʻrganilib, qazib olinish muddatlari ketma-ket 
uzoqlashib boruvchi uchastka va gorizontlarning oʻrganilish darajasini 
shu ketma-ketlikka mos ravishda kamaytirib borish eng ratsional yoʻldir. 
Geologik tuzilishining murakkabligi turlicha boʻlgan konlardagi bir 
xil miqdordagi foydali qazilmani (ma’danlarni) razvedka qilish uchun 
geologiya-qidiruv ishlarini oʻtkazishga har xil miqdordagi mablagʻ va 
vaqt sarf qilish kerak boʻladi. Bu narsa bitta kondagi morfologiyasi
yotishining murakkablik darajasi, ichki tuzilishining oʻzgaruvchanligi, 
ma’dan sifati va ulardagi qimmatli komponentlarning taqsimlanishi har 
xil boʻlgan ayrim ma’dan tanalarini oʻrganishga ham taalluqlidir. 
Yuqorida qayd etilgan, razvedka qilishning iqtisodiy mohiyatini 
ifoda etuvchi tamoyil geologik tuzilishining murakkabligi boʻyicha 
farqlanuvchi konlarni, shuningdek bitta konning ayrim boʻlaklarini, 
razvedka qilinganligining iqtisodiy ratsional darajasiga boʻlgan 
talablarni tartibga solish imkonini beradigan spetsifik tushuncha 
yaratishni taqozo etadi. Bu tushuncha «zaxiralar toifasi» va «geologik 
tuzilishining murakkabligi boʻyicha kon guruhi» koʻrinishidagi me’yoriy 
hujjatlar koʻrinishida ifodalanadi. 
Konlarni geologik tuzilishining murakkabligi boʻyicha guruhlarga 
ajratish ularni oʻrganishning iqtisodiy ratsional darajasini reglamentga 
solish uchun xizmat qiladi.
Oʻzining asoslanganlik darajasi bilan farq qiluvchi «bashorat 
qilingan resurslar toifalari», shuningdek razvedka qilingan ma’dan 
zaxiralarini ularning xalq xoʻjaligidagi ahamiyatiga qarab ajratish uchun 
kerak boʻladigan («balansdagi zaxiralari» va «balansdan tashqari» 
zaxiralar) boshqacha tushunchalardir. 
Zamindan oqilona foydalanish va atrof muhitni muhofaza qilish 
talablariga rioya qilgan holda, hozirda sanoatda mavjud yoki 
oʻzlashtirilayotgan ma’danlarni qazib olish va qayta ishlashning 
progressiv texnika va texnologiyasini qoʻllash sharoitida ishlatish 
iqtisodiy samara beradigan ma’dan zaxiralari va ular tarkibidagi foydali 
komponentlar – balansdagi zaxiralarga kiritiladi. Ma’dan zaxiralari va 
ular tarkibidagi foydali komponentlardan foydalanish hozirgi kunda 
iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq boʻlmasa yoki buning texnik va 
texnologik imkoni boʻlmasa, biroq qazib olish va qayta ishlash texnika 
va texnologiyasini takomillashtirish, xalq xoʻjaligidagi yoki togʻ-kon 
korxonasidagi iqtisodiy ahvolning oʻzgarishi natijasida kelajakda 
oʻzlashtirish uchun yaroqli boʻlishi mumkin boʻlsa, bunday zaxiralar 
balansdan tashqari zaxiralar hisoblanadi. 


117
Togʻ-kon korxonasini loyihalashda asosiy qazib olish va qayta 
ishlash obyekti boʻlib ma’danlarning balansdagi zaxiralari hisoblanadi. 
Shuning uchun konlarning muayyan guruhlari uchun turli toifadagi 
balans zaxiralari uchun me’yoriy nisbatlar belgilanadi. Balansdagi va 
balansdan tashqari zaxiralar, togʻ-geologik, texnologik va iqtisodiy 
tadqiqotlar natijalari asosida ishlab chiqilgan konditsiyalarga muvofiq 
ajratiladi va chegaralanadi. 
Konditsiyalarni asoslash uchun zaxiralarni oldindan hisoblab chiqish 
kerak. Biroq, konditsiyalarning parametrlarisiz zaxiralarni hisoblab 
boʻlmaydi, chunki qazib olinuvchi ma’dan tanalari, ba’zi bir hollarni 
mustasno qilganda, tabiiy geologik hosila emas, balki chegaralari 
iqtisodiy mulohazalar bilan aniqlanuvchi uning bir boʻlagidir. 
Shularga koʻra, konlarni razvedka qilish, konditsiyalarni asoslash va 
zaxiralarni hisoblash muayyan konni oʻrganishning har bir bosqichida, 
oʻzaro bogʻliq va ajralmas boʻlib, ular birgalikda geologik-iqtisodiy 
baholash jarayonini tashkil qiladi. Kon boʻyicha geologiya-qidiruv 
ma’lumotlarining yigʻilib borishi bilan avvalambor baholashning 
toʻlaligi, ishonchliligi va aniqligi oʻzgarib boradi va shu jarayonda 
ketma-ket, ortib boruvchi ishonchlilik bilan, bundan keyingi olib 
boriladigan geologiya-qidiruv ishlarining yoʻnalishi va metodikasi 
haqida qaror qabul qilinadi. 

Download 4.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling