Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkеnt davlat


Download 4.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/101
Sana22.10.2023
Hajmi4.08 Mb.
#1715196
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   101
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari

 
 
 
19-rasm. Shaxtadan kvershlaglar va shtreklar oʻtish orqali razvedka qilish 
tizimi. Moyxun koni qirqimi (Janubiy Afrika)
:
 
1
-
noritlar; 2
-
piroksenitlar; 3
-
olivinli dunitlar; 4
-
gortonolit-dunitli «trubka»; 
5 - gortonolit-dunit daykalari. 


109
20-rasm. Tomirsimon va minerallashgan zonalarni razvedka qilish sxemasi:
A - yer yuzasi plani; B - shaxta gorizonti plani; D - vertikal qirqim; 1-2 - dastlabki 
razvedka quduqlari: 1 - 100m.gacha; 2 - 300m.gacha; 3 - mufassal razvedka 
quduqlari; 4 - struktura quduqlari; 5 - gorizontal quduqlar; 6 - shurflar; 7 - shaxta;
8 - kanavalar; 9 - shtrek va rassechkalar; 10 - ma’dan zonasi. 
 
Razvedka toʻrlarining shakli, zichligi va yoʻnalishi 
Razvedka sistemasiga kiradigan burgʻilash quduqlari va kon 
lahimlari ma’lum yoʻnalishli chiziqlarda (profillarda) joylashadi. 
Shu quduq va lahimlar ma’dan tanalarini kesib oʻtgan joylar nuqta 
yoki interval tarzida boʻladi, ular adabiyotlarda “kuzatuv nuqtalari” deb 
ataladi. 
Ularga asoslanib, turli qirqimlar, gorizont planlari (lahimlar 
boʻyicha) tuziladi. 
Razvedka sistemasini tashkil qilgan quduqlar va kon lahimlaridan 
aniq va ishonchli ma’lumot olish maqsadida, ularni joylashtirishda 
maksimal oʻzgaruvchanlik yoʻnalishi (ma’dan qalinligi, ya’ni razvedka 
profillari yoʻnalishi minerallashuv zonasi yoʻnalishiga koʻndalang) 





110
boʻyicha profil chizigʻida joylashgan nazorat (kuzatish) nuqtalarining 
orasidagi masofa bu profillar oraliq masofasiga nisbatan ancha kam 
boʻladi. Shu holatda bir tomoni uzun toʻgʻri toʻrtburchakli razvedka toʻri 
yuzaga keladi. 
Agar razvedka ishlari olib borilayotgan ma’dan maydoni izometrik 
(uch yoʻnalish boʻyicha oʻlchamlari bir-biriga yaqin) boʻlsa, kuzatuv 
nuqtalari orasidagi masofalar profillararo va profil ichidagi yoʻnalishlar 
boʻyicha teng qabul qilinadi va toʻr shakli kvadratsimon koʻrinishga 
keladi. 
Razvedka toʻrining shaklini tanlashda razvedka tamoyillari inobatga 
olinadi. 
Toʻliq oʻrganish tamoyili kuzatuv nuqtalarining ma’lum tartibda 
joylashuviga asos boʻladi. 
Analogiya (tajriba orqali oʻxshash hollarda bir tamoyilni qoʻllash) 
tamoyili, oʻxshash foydali qazilma konlarida kuzatuv nuqtalari orasidagi 
masofa razvedka toʻrining shakli va yoʻnalishi boʻyicha ma’lumotlardan 
foydalanishga imkon yaratadi, ayniqsa, mufassal baholash bosqichida 
yordam beradi. 
Katta maydonda, tadqiqot ishlari natijasiga asoslanib, bir qismiga 
oʻtib, katta masshtabda geologiya-qidiruv ishlarini unumli davom 
ettirish tamoyili razvedka toʻrini zichlashga, ya’ni kuzatish nuqtalari 
orasidagi masofalarni ikki barobar kamaytirishga asos yaratadi. 
Tadqiqot ishlarini samarali oʻtkazish tamoyili, ekstrapolyatsiya usuli 
yordamida, ma’danni kesib oʻtgan burgʻilash quduqlari va kon lahimlari 
tashqarisida chegaralash doirasini oʻtkazish bilan bogʻliqdir. Geologik-
tadqiqot ishlariga unumli mablagʻ va vaqt ketkazish tamoyili razvedka 
toʻrining optimal (me’yorli) zichligiga bogʻliqdir. 
Razvedka tizimini tashkil etuvchi kon lahimlari va quduqlar qabul 
qilingan razvedka toʻrining kataklar burchaklarida joylashishi kerak. Shu 
talab koʻzda tutilsa, razvedka chiziqlari boʻyicha tuzilgan qirqimlardagi 
ma’lumotlar ishonchli boʻladi. 
Ya’ni, toʻrning shakli va yoʻnalishi foydali qazilma konlarining 
geologik tuzilishi xususiyatlariga, jumladan ma’danli tanalar 
morfologiyasi va ma’dan vujudga kelishi jarayonlarida hosil boʻlgan 
oʻzgaruvchanligiga toʻla e’tibor berilsa, toʻrlar zichligini kengaytirish 
natijasida, vaqt hamda ketadigan mablagʻlarni unumli tejash mumkin. 

Download 4.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling