Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkеnt davlat
-modul. FOYDALI QAZILMA KONLARINI
Download 4.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari
7-modul. FOYDALI QAZILMA KONLARINI GEOLOGIK-IQTISODIY BAHOLASH Modul boʻyicha reja: 7.1. Foydali qazilma konlarini geo-iqtisodiy baholash tamoyillari, bosqichlari. 7.2. Konditsiyalar. 7.3. Zaxiralarni hisoblash usullari. Tayanch soʻz va iboralar: geologik-iqtisodiy baholash, baholash tamoyillari, baholash bosqichlari, konlarning sanoat uchun ahamiyati, sanoat ahamiyatini aniqlash omillari, ijtimoiy-iqtisodiy omillar, togʻ- geologik omillar, iqtisodiy-geografik omillar, konditsiya, sanoat talabi, minimal sanoatbop miqdor, bort miqdor, minimal qalinlik, zararli komponent, qoʻshimcha komponent, zaxiralar klassifikatsiyasi, zaxira toifalari, B toifa, C 1 toifa, C 2 toifa, bashoratlangan resurslar, P 1 toifa, P 2 toifa, zaxira hisoblash usullari, zaxiralarni chegaralash, statistik usul, geologik bloklar usuli, ekspluatatsion bloklar usuli, qirqimlar usuli. 7.1. Foydali qazilma konlarini geo-iqtisodiy baholash tamoyillari va bosqichlari Umumiy qoidalar Yer osti boyliklari davlat mulki hisoblangan bozor iqtisodiyoti sharoitida, konlarni geologik-iqtisodiy baholashning bosh maqsadi – ularning zaxiralarini hisoblash uchun konditsiyalarni asoslash va mamlakat ehtiyojini qondiruvchi mineral xomashyo manbalari sifatida iqtisodiy ahamiyatini aniqlashdir. Geologiya-qidiruv ishlarining barcha 113 bosqichlarida konlarni toʻgʻri va oʻz vaqtida geologik-iqtisodiy baholash ulardan oqilona foydalanishning asosi boʻlib xizmat qiladi. Foydali qazilmalarni qidirish bosqichidan boshlab konlarni geologik- iqtisodiy baholash geologiya-qidiruv ishlari har bir bosqichining ajralmas tarkibiy qismidir. Qidirish va baholash ishlari tugaganidan soʻng, ularning natijalariga koʻra, tadqiqot obyektida razvedka ishlarini olib borish maqsadga muvofiqligi aniqlanadi yoki obyektni salbiy baholash asoslanadi, razvedka ishlarini olib borish navbatlari va maqsadga muvofiqligi aniqlanadi yoki bundan keyin bajariladigan ishlarning toʻxtatilishi toʻgʻrisida asosli qaror qabul qilinadi. Razvedka ishlari tugaganidan soʻng obyektning iqtisodiy ahamiyati yanada aniqlanadi, zaxiralarni hisoblash uchun konditsiyalar belgilanadi, kondagi zaxiralar tasdiqlanadi va u sanoatda oʻzlashtirishga topshiriladi. Ishlab turgan togʻ-kon korxonalarida oʻtkazladigan ekspluatatsion razvedka ishlari jarayonida konning ayrim uchastkalari va bloklarida ularning togʻ-geologik va texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini aniqlash uchun geologik-iqtisodiy baholash ishlari oʻtkaziladi. Bundan tashqari, tarmoqning mineral xomashyo bazasi oʻzgarganda, togʻ korxonasi mahsulotining narxlari darajasi oʻzgarganda, yangi texnologiyalar paydo boʻlganda va kon sanoati iqtisodiyotini sezilarli oʻzgartirib yuboruvchi boshqa shart- sharoitlar yuzaga kelganda, konlarni geologik-iqtisodiy qayta baholash ishlarini oʻtkazish zarurati tugʻiladi. Geologik-iqtisodiy baholash vazifalariga foydali qazilma konlarining nisbiy xoʻjalik samaradorligi va sanoatda oʻzlashtirishga jalb etish navbatini aniqlash kiradi, shuningdek, ishlab chiqarishga balansdan tashqari zaxiralarni yoki yangi konditsion ma’danlarning zaxiralarini jalb qilish yoʻli bilan ishlab turgan kon korxonalarida ishlab chiqarish hajmini oshirish masalalarini hal qilish kiradi. Foydali qazilma konlarini razvedka qilish va geologik-iqtisodiy baholash jarayonida asosan quyidagi tamoyillarga amal qilinadi. Mineral xomashyoga boʻlgan talabni maksimal darajada qondirish. Ayrim korxonalar va sanoat tarmoqlarining mineral xomashyoga boʻlgan ehtiyoji balans metodi bilan, tovar mahsulotni ishlab chiqarish va ishlatish hajmidan kelib chiqib aniqlanadi. Kerakli darajada samaradorlikni ta’minlay olmaydigan konlar, ularni ishlatish uchun muvofiq texnik va iqtisodiy shart-sharoitlar yaratilgunga qadar rezervda hisoblanadi. 114 Konkret xomashyoga boʻlgan ehtiyojning optimal darajasi. Ushbu tamoyil faqat ushbu xomashyodan foydalanish koʻproq foyda keltiradigan sohalar uchun aniqlanadi. Barcha boshqa holatlarda xomashyoga boʻlgan ehtiyojni qondirish tabiiy resurslarni almashtirish va oʻzaro almashtirishni hisobga olgan holda aniqlanadi. Tovar qiymatiga ega boʻlgan, soʻnggi mahsulotlarni olishda minimal sarf-xarajatlar qilib, tabiiy resurslardan maksimal darajada foydalanish. Konlarni baholash ularning zaxiralaridan toʻliq va kompleks foydalanishni hisobga olgan holda olib borilishi lozim. Buning uchun birinchi navbatda, geologiya-qidiruv ishlarini yuqori sifat bilan bajarish, ayniqsa razvedka qilingan zaxiralar miqdori va sifati haqidagi ma’lumotlarning ishonchliligini ta’minlash zarur. Ikkinchidan, razvedka qilingan mineral xomashyodan optimal darajada foydalanish va atrof muhitni muhofaza qilish zarur. Bu shartlar baholash ishlarini, foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlashning eng mukammal texnika va texnologiyasi bazasida va sarf-xarajatlarning muvofiq darajasini hisobga olgan holda olib borishni taqozo qiladi. Download 4.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling