Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkеnt davlat


Download 4.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/101
Sana22.10.2023
Hajmi4.08 Mb.
#1715196
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   101
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari

 
 
 


111
6.4. Razvedka jarayonida olib boriladigan gidrogeologik va
injener-geologik kuzatishlar 
 
Razvedka jarayonida olib boriladigan gidrogeologik tadqiqotlar 
quyidagi ma’lumotlarni aniqlashdan iboratdir
- suvli gorizontlarning tarqalish maydonlari, ularning joylashish 
sharoitlari va ta’minlanish hududlari; 
- yer osti va yer usti suvlari rejimlarining asosiy belgilari; 
- yer osti suvlari rejimlarining boʻlishi mumkin boʻlgan oʻzgarishlari; 
- kon lahimlariga oqib kelishi mumkin boʻlgan suv miqdori; 
- suv bilan ta’minlash manbalarining tavsifi; 
- kondagi injener-geologik sharoitlar. 
Gidrogeologik tekshirishlar «otkachka», ya’ni suvni soʻrib olish 
yoki «nagnetanie», ya’ni suvni yer ostiga kiritish usullari bilan 
bajariladi. 
Suvli gorizontlardan suvni soʻrib olish bir necha variantlarda
bajarilishi mumkin: 1) namunaviy – taxminiy ma’lumotlarni aniqlash 
uchun; 2) tajribaviy - bir quduqdan yoki quduqlar dastasidan ma’lumot 
olish variantlarida bajariladi. 
Bular natijasida suvlanganlik darajasini va filtrlanish koeffitsiyentini 
aniqlash mumkin boʻladi. 
Suvni yer ostiga kiritish («nagnetanie») yoʻli bilan xuddi shunday 
variantlarda jinslarning suv qabul qilishi mumkinligi baholanadi. 
Bu ishlar natijasida kon lahimlariga oqib kelishi mumkin boʻlgan suv 
miqdori va suv tarkibining mavsumiy oʻzgarishlarini aniqlash bajariladi. 
Razvedka jarayonida olib boriladigan injener-geologik tadqiqotlar 
Bu tadqiqotlar kondagi kon-texnik sharoitlarni tekshirish maqsadida 
bajariladi. Bu tadqiqotlar natijasida quyidagi koʻrsatkichlar aniqlanadi: 
- togʻ jinslarining qattiqligi; 
- togʻ jinslarining mustahkamligi; 
- yer osti kon lahimlarida togʻ bosimi ta’sirida hosil boʻlgan 
deformatsiyalar; 
- Yer usti karyerlaridagi jinslardagi ichki ishqalanish burchagi bilan 
aniqlanadigan deformatsiyalar. 
Injener-geologik tadqiqotlarning asosiy vazifalari quyidagilarni 
aniqlashga qaratilgan: 
1) jinslarning mineralogik-petrografik tarkibi va fizik-mexanik 
xususiyatlarini; 
2) jinslarning granulometrik tarkibini


112
3) 
jinslarning namlik darajasini; 
4) jinslarning gʻovaklik darajasini; 
5) jinslarning maydalanish koeffitsiyentini; 
6) sochiluvchan jinslarning ichki ishqalanish koeffitsiyentini; 
7) gilsimon jinslarning plastiklik xususiyatlarini; 
8) jinslarning namlanish qobiliyatini; 
9) gilli jinslarning boʻkish darajasini; 
10) jinslar monolitlarining ezilish va choʻzilishga qarshiligini
11) jinslarning muzloqlikka chidamliligini; 
12) geotermik kuzatishlar (ayniqsa yongʻinga xavfli konlarda). 

Download 4.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling