Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkеnt davlat
Razvedka qilish usullari, bosqichlari
Download 4.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari
6.2. Razvedka qilish usullari, bosqichlari Konlarni razvedka maqsadlarida guruhlash. Oʻrganilayotgan konning konkret sanoat turiga mansubligini aniqlash ma’lum darajada uni razvedka qilish sistemasini tanlashga yordam beradi. Shuning oqibatida qidirish-baholash ishlari bosqichidayoq konning sanoat turini puxta aniqlash masalasini koʻrish lozim boʻladi. Shu bilan birga, bir tomondan, bir xil sanoat turidagi konlar koʻpincha ma’dan tanalarining har xil oʻlchamlari va shakllari bilan, shuningdek, ichki tuzilishining har xil murakkabliklari bilan tavsiflanadi. Ikkinchi tomondan, har xil sanoat turidagi konlarning razvedka qilish metodikalari va razvedka toʻrining zichligini aniqlovchi koʻrsatkichlari koʻp hollarda juda yaqin. Konlarni razvedka qilishning amalda qoʻllanuvchi metodikalari, texnik vositalari, razvedka toʻrlarining geometriyasi va zichligi, namunalash va boshqa ish turlarining metodikalarini aniqlashda, ma’dan jismlari tuzilishining strukturaviy-morfologik xususiyatlari, ularning oʻlchamlari, tuzilishining murakkabligi, shakli va qalinligining oʻzgaruvchanlik darajasi, foydali komponentlarning taqsimlanishi hisobga olinadi. Shuning uchun razvedka qilishning sistemasi, texnik vositalari va metodlarini toʻgʻri tanlash uchun konlarni razvedka qilish va qazib olish jarayonlarida toʻplangan tajribalarni inobatga oluvchi, razvedka qilish maqsadida konlarni geologik tuzilishining murakkabligi boʻyicha guruhlash muhim ahamiyat kasb etadi. Konlarni bunday guruhlash ikkinchi muhim masalani, razvedkaga sarflanadigan xarajatlar va vaqtni qisqartirishni ham hal qiladi. Buning oqibatida konning qidirilganlik darajasiga qoʻyiladigan talablar har xil boʻladi. Bu esa konning sanoatda oʻzlashtirishga tayyorlanganlik darajasini aniqlaydi. Hozirgi vaqtda geologiya-qidiruv ishlari amaliyotida, konlar zaxiralarini va qattiq foydali qazilmalarning bashorat qilingan resurslarini tasniflash hamda ulardan foydalanish yoʻriqnomalarida keltirilgan «konlarni guruhlash»dan foydalaniladi. Bu guruhlash konlar geologik tuzilishining xususiyatlari bilan bir qatorda, iqtisodiy omillarni 102 – geologiya-qidiruv ishlarini oʻtkazishga sarflangan mablagʻ va vaqtni ham hisobga oladi. Tasnifda konlarni guruhlarga ajratishning asosiy tamoyillari keltirilgan va ularning har biri uchun razvedka qilingan har xil toifadagi zaxiralarning me’yoriy nisbatlari aniqlangan. Bu esa konni sanoatda oʻzlashtirishga tayyorlanganlik darajasini belgilovchi asosiy mezonlardan biri deb hisoblanadi. Yoʻriqnomalarda ushbu guruhlarga kiruvchi ayrim konlarning sanoat turlari koʻrilayotgan metall ma’danlarining oʻlchamlari, shakli va ma’dan jismlarining yotish shart-sharoitlarini, ma’dan sifatining oʻzgaruvchanligini, ya’ni oqilona razvedka qilish metodikalarini ta’minlovchi hamma asosiy omillarga bogʻliq ravishda aniqlanadi. Bu guruhlar koʻrsatilgan me’yoriy hujjatlarga binoan quyidagi koʻrinishlarda boʻladi: Download 4.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling