3.1. Qayta ishlash usullarini belgilovchi texnologik xususiyatlari
inobatga olingan ma’dan xil va navlarini ajratish toʻgʻrisidagi talab
Geologiya-qidiruv
ishlarini
toʻgʻri
oʻtkazilgan
holatlarda
oʻrganilayotgan kondagi ma’danlarning texnologik navlari va zaxiradagi
ayrim navlarning taxminiy nisbati mufassal baholash bosqichidayoq
aniqlanadi. Razvedka natijalari esa ularga yanada aniqlik kiritish bilan
birga, koʻp hollarda ayrim navlarning makoniy joylashishi xususida fikr
yuritish imkonini yaratadi.
Ma’dan texnologik navlarini ajratish bilan bogʻliq barcha
muammolar razvedka jarayoni tugallangunicha oʻz yechimini topishi
zarur. Aks holda ma’dan sifatini oʻrganishda qoʻyilgan xatoliklar odatda
qoʻshimcha razvedka ishlarini oʻtkazish zaruratini tugʻdiradi.
3.2.
Zaxiralari
hisoblanishi
lozim
boʻlgan
hamroh
komponentlarning
roʻyxati.
Hamroh
komponentlar
roʻyxatiga
muntazam ravishda quyidagilar kiritiladi: asl metallar, (agar ular mis,
qoʻrgʻoshin-rux, polimetall va sulfidli nikel’ ma’danlarida bor boʻlsa);
kadmiy, (agar u mis, qoʻrgʻoshin-rux va polimetall ma’danlarida bor
boʻlsa); selen va tellur (misli kolchedanlarda); reniy (molibden
ma’danlarida); skandiy (volfram va qalayi ma’danlarida).
Koʻrilayotgan roʻyxatga boshqa xalkofil guruhi elementlarini
(margimush, surma, talliy, galliy, indiy, germaniy va boshqalar) kiritish
zarurati ularning ma’dandagi miqdoriga nisbatan aniqlanadi. Bu
elementlarning zaxiralarini hisoblash maqsadga muvofiq boʻladigan
miqdorini aniqlash masalasi tegishli ilmiy-tadqiqot va loyihalash
institutlari bilan maslahatlashgan holda hal qilinadi.
Hamroh komponentlarni sanoat miqyosida jalb etish uchun ularning
ma’danlardagi oʻrtacha miqdori hamda umumiy zaxiralaridan tashqari
ularning turli boyitish mahsulotlari orasida taqsimlanishi toʻgʻrisidagi
ma’lumotlar ham kerak boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |